122
59-rasm. KANSAL NW 2202 G tikuv mashinasining ko`rinishi
3.1.4.
Asosiy detallarga qotirma yopishtirish
Ustki kiyim ya`ni erkaklar pidjagining old bo`lak
yelkasiga lentasimon
qotirma, yoqa o`rniga yoqa shaklida bichilgan yelimli qotirma, yeng o`mizi uchun
mo`ljalab bichilgan qotirmalar yopishtirib chiqiladi. Asosan qotirmalar old bo`lak,
cho`ntak qopqoqqa dublirin yopishtiriladi. Old bo`lak yon detali (bachogi) yeng
boshi va yeng uchiga, ort bo`lak yelka va etak qirqimlari hamda old bo`lak
mag`izlariga flezilin qotirmasi yopishtiriladi. Adipga, old bo`lak
yoqa stoykasiga
dublyaj yopishtiriladi. Cho`ntak qopqoq o`rnatish joyi tayyor bo`lgach dublyaj
bilan yopiladi.
Bort qotirmasida tanda ipi bort qirqimiga tik yo’nalishda
yoki adip
qaytarmasi bukilish chizig’iga parallel bo’ladi. Gazlama kamroq ketishi uchun bort
qotirmasi bo’ksa chizig’idan pastroqda uloq soladigan qilib bichilishi mumkin.
Bort qotirmasini old bo’lak shakliga moslab, lekin
ishlov berishni va gazlama
kirishishini hisobga olib, adip qaytarma bo’ylab 1,2-1,5 sm, yeng o’mizi, yoqa
o’mizi bo’ylab va yelka qirqimi bo’ylab 0,8-1,0 sm keng qilib bichiladi.
Ostki yoqa qotirmasi ikki qismdan iborat qilib bichiladi:
tanda ipi ostki
yoqada qanday bo’lsa, shunday yo’nalishda bo’lishi kerak. Qotirmaning hamma
123
tomonining o’lchami ostki yoqaga nisbatan ishlov
berishga va kirishishga
keragicha (0,7-1,0 sm) kengroq bo’lishi kerak.
Yelka tagligi bort qotirmasi yuqori qismining shaklida tanda ipini yelka
qirqimiga nisbatan burchak hosil qilib bichiladi.
Ust kiyim bo’laklarini gazlamaga joylash va bichish 3 bosqichda bajariladi:
- avra bo’laklarini bichish;
- astar bo’laklarini bichish;
- qotirma bo’laklarini bichish.
Do'stlaringiz bilan baham: