Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r


Ustki kiyimda qirqma cho`ntaklarga ishlov berish


Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/104
Sana26.10.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1724908
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   104
Bog'liq
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI (1)

3.2. Ustki kiyimda qirqma cho`ntaklarga ishlov berish 
3.2.1. Cho`ntak tikish. Ustki kiyimning asosiy cho`ntak turlari 
Kiyimda cho’ntak turlari amaliy va bеzak vazifasini bajaradi. Barcha 
cho’ntaklar tashqi va ichki bo’ladi. Tashqi cho’ntaklar qirqma, qoplama va 
chokdagi cho’ntak turlariga bo’linadi (61-rasm). Qirqma cho’ntaklar o’z navbatida 
qopqoqli, listochkali, ramkali va mag’izli bo’ladi. Qoplama cho’ntaklar turli 
shaklda bo’lib, taxlamalar, qopqoqlar va qoplama mag’izlar bilan bеzatiladi. Ichki 
cho’ntaklar avra yoki astar gazlamadan listochkali va ramkali bo’ladi.
61-rasm. Ustki kiyimda cho’ntak turlari 
3.2.2. Qirqma cho`ntaklarga ishlov berish 
Qirqma cho`ntaklar uni qayerda joylashganiga qarab: yon cho`ntak va 
yuqori cho`ntak deb ataladi. Cho`ntak qirqmasi yo`nalishiga qarab vertikal
gorizontal va qiyalama, cho`ntaklarga, og`zi shakliga qarab esa to`g`ri chiziq va 


127 
murakkab shakllarda bo`ladi. Yuqori tomonini bezatilishiga qarab listochkali, 
mag`izli va qopqoqli, pastki tomoni ramkali yoki kantli bo`ladi. 
Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan "ROBOTECH FF 6100" maxsus 
mashinada mag`izli qirqma cho`ntak tikish texnologik jarayoni quyidagi bosqichda 
amalga oshiriladi (62-rasm).
Cho`ntakni to`g`ri tikish uchun lazer nuri tushuruladi. Lazer chizig`i 
yo`nalishiga mos ravishda ustki cho`ntak xalta, ko`rinma biriktirib tikilgan pastki 
cho`ntak xalta, cho`ntak o`rni belgilangan shim ort bo`lagi va yaxlit xolatdagi 
mag`iz maxsus moslamaga joylashtirib tikiladi. 
Maxsus pichoqli kesish uskunasida bir vaqtning o`zida kesib ziy chok hosil 
qilib tikiladi (63-rasm). 
62-rasm. Mag`izli qirqma cho`ntakni tikish uchun lazer nuri tushirish jarayoni 


128 
63-rasm. Cho`ntak xaltani maxsus moslamaga qistirish jarayoni. 
64-rasm. Cho`ntak xalta, asosiy detal va kantni maxsus moslamaga joylashtirish 
65-rasm. Qirqma cho`ntakni o`ngiga ag`darish.

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling