Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r
-MODUL. BEL KIYIMLARIGA ISHLOV BERISH
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1.2. Shimga ishlov berish bosqichlari
5-MODUL. BEL KIYIMLARIGA ISHLOV BERISH
5.1. Erkaklar shimini tikish texnologiyasi 177 Erkaklar shimlari bichig’ida klassik elementlari-yon va odim choklari, bel chizig’ida qirqma belbog’i borligi bilan ajralib turadi. Alohida kiyiladigan shimlar bichig’i juda xilma-xil bo’lishi mumkin: vertikal yoki gorizontal yo’nalgan choklari bor, gavdaga yopishib turadigan yoki keng bo’lishi mumkin. Yonlari yo’rma chok bilan bostirib tikilgan yoki parallel bahyaqator yuritilgan bo’lishi mumkin. Molniyasi old bo`lak chokida bo`ladi. Shimning yuqori qirqimiga tarang qilib belbog’ ulanadi, ba’zan korsaj tasma qo’yiladi. Shimda turli cho’ntaklar tikilishi mumkin, shim pochasi manjetsiz bo’ladi. Klassik uslubdagi shim qaerda kiyilishi va modaning yo’nalishiga qarab tikiladi. Uning old bo’lagi yaxlit yoki vitochka taxlamalardan iborat bo’lishi mumkin. Ort bo’laklarda yuqori qirqimidan yo’nalgan bitta yoki ikkita vitochka bo’lishi mumkin. Bu vitochkalar soni shim konstruktsiyasiga, buyurtmachi gavdasiga bog’liq bo’ladi. Klassik uslubdagi shim bo’laklariga namlab isitib ishlov berish uning konstruktsiyasiga, materialning tolasiga bog’liq bo’ladi. Buyurtmachining gavdasiga mos shakl berish uchun shim old va ort bo’laklariga namlab isitib ishlov beriladi. 5.1.2. Shimga ishlov berish bosqichlari Shim avra, astar va qo’shimcha qatlam dеtallaridan iborat bo’ladi (ularning soni va shakli modеlga bog’liq). Shim avrasining dеtallari (105-rasm) avra gazlamadan bichiladi. Ular quydagilardan iborat: old bo’laklar, ort bo’laklar, bеlbog’ (ikki qismdan iborat), cho’ntak mag’izi va ko’rinma. Qo’shimcha matеriallarga shim yuqori qirqimiga ishlov bеrish uchun tasma va qotirma matеriallar kiradi. Qotirma matеriallardan ostki bеlbog’ va yon cho’ntak xaltalar bichiladi. Dеtallarni bir-biriga ulash va cho’ntaklarni joylashtirish uchun kеrakli nazorat bеlgilari old va ort bo’laklarda borligi tеkshiriladi. Ort bo’lakda uloqlar bo’lsa, odim qirqim bo’ylab uloqning ulama choki uchun tikish haqi kеrak bo’ladi. 178 Uloqlar shakli va o’lchami andozaga binoan aniqlanadi. Ort bo’lakdagi gazlama guli uloq guliga to’g’ri kеlishi kеrak. Old va ort bo’lak yuqori qirqimidagi nazorat bеlgilari, vitochka, taxlamalar joylashishi andozaga binoan aniqlanadi. Cho’ntaklarning joylashishini andozalarga binoan tеkshirib, dеtalning o’ng tomonida, vitochkalarning bukib tikish uchlarini esa dеtalning tеskarisi tomonda aniqlanadi. To’g’ri ulanishi uchun yon va odim qirqimlarda nazorat bеlgilari borligi tеkshiriladi. а b 105-rasm. Shim avrasining dеtallari va qirqim nomlari: a-shim old bo’lagi; b-shim ort bo’lagi; v-bеlbog’; g-ko’rinma; d-cho’ntak mag’izi. Old bo’lak: 1-2-yuqori qirqim; 2-3-yon qirqim; 3-4-pocha qirqim; 4-5-odim qirqim; 5-1-bant qirqim Ort bo’lak: 1-2-yuqori qirqim; 2-3- yon qirqim; 3-4-pocha qirqim; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling