Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r


 Shim detallariga dastlabki ishlov berish


Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/104
Sana26.10.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1724908
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104
Bog'liq
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI (1)

5.1.3. Shim detallariga dastlabki ishlov berish
Shim yon qirqimini, odim qirqimini va og’ qirqimlarini maxsus mashina 
yordamida yo’rmalanadi. Shim old bo’laklarining o’ngini ichkariga qaratib
qirqimlarini to’g’rilab, shim pochasini o’ng tomonga, yon qirqimini ichkariga 
qaratib qo’yiladi, yon va odim qirqimlarini shimning pocha qirqimigacha cho’zib, 
old bo’lak o’rta chizig’ida hosil bo’lgan salqi kirishtirib dazmollanadi. Old bo’lak 
yon qirqimidagi qirqma cho’ntakning o’rnini belgilab va belgilangan joydan 0,5 
sm qaychida kertim qo’yiladi. Yelimli tasmani yon qirqimdagi cho’ntakka kertim 
qo’yilgan joyga yelimli tasmani qo’yib dazmollanadi.
Cho’ntak xaltaning teskarisini cho’ntak belgilangan o’rniga, teskari bel 
qismiga, yon qirqimiga tekislab belgilangan chiziqdan 1,0 sm kenglikda mashinada 
bezak baxyaqator yuritiladi, yaxlit bichilgan mag’iz cho’ntak xaltaga qirqimdan 
0,3-0,4 sm kenglikda bostirib tikiladi. Cho’ntak xaltaning va ko’rinmaning tepa va 
yon qirqimlarini tekislab, ko’rinmaning 0,5-0,7 sm ichki qirqimini buklab cho’ntak 
xaltaga buklangan joydan 0,1-0,2 sm bostirib tikiladi. Old bo’lak shimni cho’ntak 
xalta ko’rinmasiga qo’yib, cho’ntak xaltaning bel qirqimi, yon qirqimi va etak 
qirqimlari tekislanadi. 1,0-1,5 sm chok haqqi qo’yib to’g’rilab, biriktirib tikiladi. 
Cho’ntak boshi va oxiri puxtalanadi. Cho’ntak xaltaning qirqimlari maxsus 
mashina yordamida yo’rmalanadi. Old bo’lak yon qirqimdagi qirqma cho’ntakni 
nam mato orqali dazmolda teskari tomondan dazmollanadi. Ort bo’lak yon 
qirqimini, odim qirqimini, og’ qirqimini o’ngidan maxsus mashina yordamida 
yo’rmalanadi. Ort bo’laklarni uzunasiga ikki bukib, yon va odim qirqimlarini etak 
qismidan boshlab bir biriga to’g’ri keltirib, ziy tomonidagi solqi egri chiziq hosil 
bo’lguncha kirishtirib dazmollanadi. Belbog’ o’ngi ichkariga qaratib yon tomoni 
0,7 sm chok haqqi kenglikda biriktirib tikiladi.
Belbog’ yon tomon choklarining orasini ochib teskari tomondan namlangan 
mato orqali dazmollanadi. Shim bel qismiga belbog’ni o’ngini o’ngiga qo’yib, 
belbog’ choklarini shim yon chokiga to’g’nog’ich to’g’nab, qirqimlari tekislanib, 


180 
ko’klanadi. To’g’nog’ich olib tashlanadi. Belbog’ni shimga ko’klangan tomondan 
1,0 sm chok haqqi bilan biriktirib tikiladi. Belbog’ qirqimlarini shimga qaratib nam 
mato orqali dazmollanadi. 

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling