Namangan muxandislik-qurilish instituti
Download 1.18 Mb.
|
Avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish texnalogiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: Qabul qildi: Laboratoriya ishi № 15. Mavzu: Asfalьtbeton qorishmasidan nazorat namunalarini tayyorl
- Zaruriy jixozlar
So‘ngra ma’lumotnoma (me’yoriy xujjat)larda berilgan tayyor jadvaldan tavsiya etilgan qorishma turi uchun mineral materiallarning chegaraviy to‘liq qoldiq ko‘rsatkichlarini 10-qatorga yozamiz. Chaqiqtosh, qum va mineral kukunlarning o‘zaro nisbatlari ikki shart asosida aniqlanadi: 1. Zichlangan mineral qorishma jadvalda berilgan g‘ovaklikka ega bo‘lishi kerak. 2. Mineral qorishma egrisi yassi tekis va namunaviy grafik chegarasida bo‘lishi kerak. 10 qatordan ixtiyoriy ravishda chaqiqtosh (36%) va mineral kukun (7%) uchun qiymatlar olamiz. Qorishmada chaqiqtoshning umumiy miqdori quyidagicha aniqlanadi unda ikkinchi qatorga asosan Agar qorishmada <0.071 mineral kukun 7 % olinganda, kukunning qorishmadagi umumiy miqdori quyidagicha aniqlanadi Shunga asoslanib kukunning alohida donalarining miqdorlarini aniqlanadi: Qorishma tarkibidagi qumning umumiy miqdorini quyidagicha aniqlaymiz Yuqoridagi formuladan foydalangan holda turli fraksiyalar uchun qumning miqdorini aniqlaymiz: Bitumning maqbul (optimal) miqdorini aniqlashda erkin (ixtiyoriy) ravishda belgilangan: masalan 5,5%, 6,5%, 7% miqdordagi bitum qo‘shib asfalьtbeton qorishmasidan namuna tayyorlanib uning R20 va R50, ya’ni 20 ºS va 50 ºS dagi siqilishga bo‘lgan mustahkamligi va suvga to‘yinuvchanligi sinash orqali aniqlanadi. Olingan natijalar me’eriy hujjatda shu turdagi asfalьtbeton uchun berilgan ko‘rsatkichlardan kam bo‘lmagan bitum miqdori olinadi. Agar bu ko‘rsatkichlar talabga javob bermasa, tarkib qayta ishlanadi va sinaladi. Bajardi: Qabul qildi: Laboratoriya ishi № 15. Mavzu: Asfalьtbeton qorishmasidan nazorat namunalarini tayyorlash.
Ish tartibi Chaqiqtosh, qum va mineral kukunlar quritilgan bo‘lishi hamda bitum qizdirib suvsizlantirilgan bo‘lishi lozim. Loyihalangan tarkibda va miqdorda olingan mineral to‘ldiruvchi (material)lar qozonchaga solib isitiladi va talab qilingan miqdordagi bitum ma’lum haroratgacha qizdirilgan holda qo‘shiladi. Mineral to‘ldiruvchilar qorishmasi bitum bilan aralashtiriladi, bir xil rangdagi qora massa hosil bo‘lgandan keyin ushbu qorishmadan namunalar tayyorlanadi. Agar qorishma takibidagi chaqiqtosh miqdori 50% gacha bo‘lsa, unda namunaga gidravlik press orqali 40±0,5 MPa bosim beriladi. Bosim qolipga ikki tomonlama, yuqori va pastki tomonlaridan 3±0,1 minut davomida beriladi. Qolip vkladishlari bosim ostida qolip ichida bir-biri tomon harakatlanadi va shu bilan qolip ichidagi qorishmani zichlaydi. Qorishma tayyorlangandan keyin 30 minut o‘tgach namunalar tayyorlana boshlanadi. Qolip va uning vkladishlari 90-1000C gacha isitiladi va yog‘lanadi. Keyin gidravlik pressning maxsus tagligiga pastki vkladish o‘rnatiladi va ustiga qolip o‘rnatilib, qolipga oldindan tayyorlangan qorishma solinadi va zichlanadi, so‘ngra ustki vkladish kiydiriladi. Pressning ustki plitasi ustki vkladishga tekkuncha tushiriladi, elektrodvigatel yoqiladi va siquvchi kuch 40 MPaga yetkaziladi va 3 minut shu kuch ostida ushlab turiladi. Keyin gidravlik press o‘chirilib qolip namuna chiqaruvchi uskuna ustiga qo‘yiladi va press yordamida namunalar qolipdan chiqarib olinadi hamda namunaning balandligi 0,1 mm. aniqlikkacha shtangen sirkul yordamida o‘lchanadi. Namunaning balandligi diametriga teng bo‘lishi lozim. Agar namunaning balandligi kichik bo‘lsa, bu namuna qorishmasining kerakli hajmda bo‘lmaganligini anglatadi. Bunday holda namunaga qo‘shimcha qorishma qo‘shib qayta zichlanadi. Namunaga qo‘shiladigan qo‘shimcha qorishmaning massasi quyidagi formula orqali aniqlanadi: , Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling