Namangan muxandislik-qurilish instituti


Download 1.18 Mb.
bet10/22
Sana14.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1198928
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish texnalogiyalari

Bajardi:
Qabul qildi:


Laboratoriya ishi № 8.
Mavzu: Bitumning marmarga yoki qumga yopishuvchanligini aniqlash.
Qovushqoq bitumning marmar yoki qum yordamida ikki xil yopishqoqligi aniqlanadi: a) Suv ta’siridagi “Passiv yopishqoqlik” va b) Suv ishtirokida “Aktiv yopishqoqlik”.

Kerakli jixozlar:

diametri №0,7, 2 va 5 mm.li elaklar, temir qoshiq, distillangan suv, filьtr qog‘ozi, oq marmar, qum, diametri 32 mm.li shisha probirkalar, diametri 110 mm.dan balandligi 160 mm.dan kam bo‘lmagan suvli hammom, issiq saqlovchi materialdan chexol, diametri 0,25 yoki 0,5 mm.li setka, quritish javoni, laboratoriya tarozisi



Sinovga tayyorgarlik
Laboratoriya ishi marmar va qum bilan o‘tkaziladi, bunda marmar bilan alohida, qum bilan alohida tajribalar o‘tkaziladi. Marmar maydalanib diametri 5 va 2 mm li elaklardan o‘tkaziladi. Yuzasi yaltiroq donachalar olib tashlanadi. 5 va 2 mm oraliqdagi marmar qoldiqlari va o‘lchamlari 0,5-0,8 mm.li qum namunalari distillangan suvda alohida-alohida yuviladi va 105-110 S0 haroratda quritish javonida marmar 5 soat, qum 2 soat davomida quritiladi. Bitum namunasi 150 S0 haroratgacha qizdirilib oquvchan holatgacha suyultiriladi, shisha tayoqcha yordamida aralashtirib suvsizlantiriladi va №07 mm.li elakdan o‘tkaziladi.
Bitumning passiv yopishqoqligini aniqlash
2 ta shisha probirkaga 30±1 grammdan marmar yoki qum namunalari solinib, ustiga 1,2±0,01 gramm bitum quyiladi. Probirkalardagi namunalar termostatda 130–140 0S haroratda 20 minut ushlab turiladi. Keyin probirkalarni olib bitum bilan marmar yoki qumni metall qoshiq yordamida hamma namuna donachalari bitum bilan bir xilda qoplanguncha aralashtiramiz. Tayyor bo‘lgan qorishmalarni xona haroratida 20 minut davomida sovutiladi.
Probirkalardagi qorishmalarning yarmi olinib, 0,25 yoki 0,5 mm li setkalarga bir xil qalinlikda solinadi. Qorishma bilan birgalikda setkalarni stakanlardagi distillangan qaynoq suvga solinadi, qorishma tagidagi suv balandligi 40-50 mm bo‘lishi kerak.
Stakandagi suv setkadagi qorishma bilan birgalikda 30 minut davomida sekin qaynatiladi. Qaynash jaryonida qorishma tarkibidan ajralib suv yuzasiga chiqib qolgan bitumni filьtr qog‘ozi yordamida avaylab olinadi. So‘ngra setkadagi qorishmani olib 3-5 minut sovuq suvda saqlanadi.
Sovugan qorishmani filьtr qog‘oz ustiga to‘kiladi. Bitumning yopishqoqligi tayyor bo‘lgan namunalarni namunaviy suratlar bilan solishtirib aniqlanadi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling