Sinovga tayyorlash:
Bitum 150 0S haroratgacha doimiy ravishda aralashtirib qizdirish yo‘li bilan suvsizlantiriladi. So‘ngra №0,7 mm elakdan o‘tkaziladi va havo pufakchalari yo‘qolguncha aralashtirib turiladi. Gliserin surilgan shisha plastinkaga ichki devorlariga dekstrin+gliserin (1:2) aralashmasi surilgan 3 ta qolip o‘rnatiladi.
Sinov o‘tkazish:
Bitum namunasi uchta qolipga ingichka oqimda bir chekkadan ortiqchasi bilan quyiladi. 30-40 minut davomida xona haroratigacha sovutilgach issiq pichoq bilan qolip qirrasi bo‘ylab o‘rtasidan chekkaga qarab ortiqchasi olib tashlanadi. Plastinka, qolip, bitum 1-1,5 soat davomida 25 0S (0 0S) haroratli va namunaning ustida 25 mm.dan kam bo‘lmagan suvda saqlanadi.
So‘ngra qolip bitum bilan birga duktilometr ichiga ko‘chiriladi va qolip yechib olinadi. Bitum namunasi maxsus vintlarga qistirib mahkamlanadi. Harakatlanuvchi vintning surilish tezligi 5 sm/min. (0,5 sm/min.) bo‘lishi lozim. Asbob ichidagi suvning harorati 25 0S (0 0S), balandligi esa namunaning ustida 25 mm.dan kam bo‘lmasligi kerak.
Bitumning cho‘ziluvchanligi deb bitum ipining uzilish vaqtida harakatlanuvchi vintning lineyka ko‘rsatkichidagi uzunligiga aytiladi va u sm.larda qabul qilinadi. Tajriba 3 ta namunada aniqlanadi va yakuniy natija sifatida ularning o‘rtacha arifmetik qiymati qabul qilinadi.
Bitumning cho‘ziluvchanligi_________________sm ga teng.
Bajardi:
Qabul qildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |