Laboratoriya ishi № 3.
Mavzu: Qovushqoq bitumga ignaning botish chuqurligini aniqlash.
Tashqi kuch ta’sirida zarralari surilishiga suyuq muhitning qarshilik ko‘rsatish xossasi qovushqoqlik deb ataladi.
Bitumning qovushqoqligi penetrometr ignasining botish chuqurligi bilan aniqlanadi. Asbobdagi har bir gradus ignaning bitumga 0,1 mm ga botganligini ko‘rsatadi.
Penetrometr ignasining +25 0S haroratda bitumga botishi, standart ko‘rsatkichda P25 bilan va 0 0S haroratda esa P0 bilan belgilanadi. Yo‘l qurilishida ishlatiladigan qovushqoq bitumlar uchun bu ko‘rsatkich 25 0S da 41-200 oralig‘ida, 0 0S da esa 5 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Kerakli jihozlar:
|
Penetrometr asbobi, bitum, metall idish, termometr, suv hammomi, sekundomer, 0.7 mm li elak, byuks: d=55 mm h=45 mm.
|
Sinovga tayyorlash:
Bitum +150 0S haroratda qizdirib, doimiy ravishda aralashtirib turish yo‘li bilan suvsizlantiriladi. So‘ngra № 0,7 mm elakdan o‘tkaziladi va yuqori qirrasiga 5 mm yetkazmay byuksga quyiladi va havo pufakchalari yo‘qolguncha aralashtiriladi. Bitum byuks bilan birgalikda suvli hammomda 60-75 minut davomida harorati 25 0S va 0 0S haroratgacha sovutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |