Sinovga tayyorlash:
Bitum +150 0S haroratda qizdirib, doimiy ravishda aralashtirib turish yo‘li bilan suvsizlantiriladi. So‘ngra №0,7 mm elakdan o‘tkaziladi, havo pufakchalari yo‘qolguncha aralashtiriladi.
Shisha yoki metall plastinka ustiga 4 ta xalqa o‘rnatiladi. Plastinka yuzasiga va xalqalarning ichki yuzasiga gliserin + dekstrin (3:1) aralashmasi suriladi. So‘ngra xalqalarning ichiga bitum quyiladi va xona haroratigacha, ya’ni 25 ºS gacha sovutiladi. Xalqalardagi bitumlar sovugandan so‘ng xalqa qirrasi bo‘ylab issiq pichoq bilan qirqib tekislanadi va 10 minut davomida suvli idishga solib harorti +5 ºS gacha yana sovutiladi.
Sinov o‘tkazish:
Bitumli xalkalar asbobning maxsus shtativiga o‘rnatiladi, xalqadagi bitum o‘rtasiga po‘lat sharlar o‘rnatiladi. Termometr asbobning maxsus joyiga xalqalardagi bitumning tag yuzasi bilan barobar tarzdao‘rnatiladi.
Ishchi holatga keltirilgan asbob harorati +5 ºS bo‘lgan distillangan suv quyilgan stakanga tushiriladi, bunda stakandagi suvning balandligi 76 mm.dan kam bo‘lmasligi kerak. So‘ngra stakanni isitish manbaiga qo‘yib harorat minutiga +5 ºS dan oshirib boriladi. Buning natijasida bitum yumshab boraveradi va sharlar o‘z og‘irligining bosimi ostida bitumdan o‘tib asbobning nazorat diskiga borib tushadi. Ushbu vaqtdagi harorat bitumning yumshash harorati deb qabul qilinadi.
Bitumning yumshash harorati sifatida sharlarning nazorat diskiga tekkandagi haroratlarining o‘rtacha qiymati qabul qilinadi.
Bitumni yumshash harorati____________ ºS ga teng.
Bajardi:
Qabul qildi:
Laboratoriya ishi № 6.
Mavzu: Bitumning cho‘ziluvchanligini aniqlash.
Qovushqoq bitumning cho‘ziluvchanligi Duktilometr asbobida aniqlanadi. Bunda bitum ipining ma’lum haroratlarda va ma’lum tezliklarda cho‘zish natijasida uzilgandagi uzunligi sm.larda qabul qilinadi. Yo‘lbop bitumlar 25 0S va 0 0S haroratlarda aniqlanib, cho‘zish tezliklari mutanosib ravishda 5 sm/min. va 0,5 sm/min. qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |