Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar
Kuchli fiskal dizbalans valyuta inqirozini keltirib chiqaradi
Download 1.58 Mb.
|
pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bosqich. To`liq moliyaviy inqiroz.
Kuchli fiskal dizbalans valyuta inqirozini keltirib chiqaradi.Ko`rib o`tganimizdek, kuchli fiskal dizbalans bank balansining yomonlashuviga olib keladi, o`z navbatida yuqorida tasvirlanganidek valyuta inqirozini yuzaga kelishiga olib keladi. Fiskal dizbalans bevosita valyuta inqirozini keltirib chiqaradi. Davlat byudjeti defitsiti nazoratdan chiqib ketsa, xorijiy va maxalliy investorlarda davlat qarzini to`lash borasida muammolar mavjudligi to`g`risida shubhalanisha boshlaydi. Bu holat xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan mamlakatdan pulni olib chiqib ketish va milliy valyutani sotish jarayoni boshlanadi. Fiskal holatning nazoratdan tashqarida ekanligini tan olinishi valyutaga nisbatan spekulyativ hujumni keltirib chiqaradi. Natija valyutaning sinishiga olib keladi. Uchinchi bosqich. To`liq moliyaviy inqiroz.Odatda qarzdorlikni milliy valyutada ifodalovchi ko`plab rivojlangan iqtisodiyotlarga qaramaqarshi rivojlanayotgan davlatlar ko`pgina qarzdorlik shartnomalarini valyuta nomuvofiqligiga olib keluvchi xorijiy valyutada ifodalashadi. Rivojlanayotgan davlatlardamilliy valyutaning kutilmaganda qadrini oshishi yoki tushishi (masalan, peso)milliy valyutaga nisbatan hisoblanganda mahalliy firmalarning qarzdorlik yukini oshiradi. Qiymati dollarda ifodalangan qarzlarni qaytarishda ko`p peso talab qilinadi. Ko`plab firmalar o`zlari ishlab chiqargan tovar va xizmatlarini milliy valyutada baholashganligi sababli firmalarning aktivlari pesoga nisbatan qiymati oshmaydi, balki ularning xorijiy valyutadagi qarzlari o`sadi.Milliy valyuta qadrining pasayishi aktivlarga nisbatan qarzlarning qiymatini oshiradi va firmalarning sof qiymati tushadi. Sof qiymatning pasayishi ilgari tasvirlangantanlovning qiynlashishiga va psixologik risk muammosini murakkablashtiradi. 79
Valyutaning sinishi yuqori inflyasiyani keltirib chiqaradi. Ko`plab rivojlanayotgan davlatlarda markaziy banklar rivojlangan davlatlardan farqli ravishdainflyasiya xurujiga nisbatan mustahkamlikka ega emas.Bundan ko`rishimiz mumkinki, valyuta inqirozidan so`ngmilliy valyutaning keskin qadrini tushib ketishi import tovarlar narxiga yuqori darajada bosimni keltirib chiqaradi. Haqiqiy va kutilayotgan inflyasiyani keskin ko`tarilishi bevosita mahalliy foiz stavkalarning oshishiga olib keladi. Foizli to`lovlarning oshishi natijasida firmalarning pul oqimini qisqartiradi. Firmalar o`zlarining investitsion faoliyatini moliyalashtirish uchuntashqi moliyalashtirish fondlariga haddan ortiq bog`liqligi yuqori darajada assimetrik ma‘lumotlar muammosini keltirib chiqaradi. Assimetrik ma‘lumotlar tahlili ko`rsatadiki, tanlovning qiyinlashishi va psixologik risk muammosi natijasida investitsion va iqtisodiy faoliyat pasayadi. Bunday shart- sharoitda banklarning bankrotlikka uchrashi bank tizimini inqiroz holatiga tushiradi. (Buyuk Depressiya davrida AQSHda bo`lganidek). Bank inqirozi va kredit bozoridagi inqirozni keltirib chiqaruvchi omillar tanlovning yomonlashuvi va psixologik risk muammosi, inqirozning salbiy ta‘siri oqibatida kreditlash va iqtisodiy faoliyatning xonavayron bo`lganligini anglatadi. Biz hozir so‘nggi yillarda rivojlanayotgan davlatlarda sodir bo`lgan ko`plab moliyaviy inqirozlarning ikkitasini tahlil qilamiz. Dastlab, moliyaviy liberallashuv/globallashuv jarayoni noto`g`ri boshqarilishi natijasida yuzaga kelgan birinchi yo`lni tasvirlovchi 1997-1998 -yillardagi Janubiy Koreyada sodir bo`lgan moliyaviy inqirozniko`rib chiqamiz. Ikkinchidan, kuchli fiskal dizbalansning ikkinchi yo`li natijasida yuzaga kelgan 2001-2002- yillardagi Argentinada sodir bo`lgan inqirozni tahlil qilamiz. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling