Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar
Bank balansining yomonlashshuvi valyutani inqirozini keltirib chiqaradi
Download 1.58 Mb.
|
pul va banklar
Bank balansining yomonlashshuvi valyutani inqirozini keltirib chiqaradi.Banklar va boshqa moliya institutlarining moliyaviy ahvoli yomonlashsa, hukumatda ular faoliyatini sog`lomlashtirish bo`yicha kam tanlov qoladi. Foiz stavkalarini ko`tarish orqali o`zlarining valyutasini himoya qilish kapitalni mamlakatga oqimini qo`llabquvvatlashi lozim. Biroq xukumat foiz stavkalarni oshirsa, banklar resurslarga ega bo`lishi uchun ko`p to`lashiga olib keladi. Xarajatlarni oshib ketishi banklarning foydasini kamaytirishi natijasida to`lovga layoqatsizlikni keltirib chiqaradi. Demak, bank tizimining moliyaviy holati og`irlashsa, xukumat va markaziy bank ikki o`t o`rtasida qolib ketadi. Agarda ular foiz stavkani keskin oshirishsa, allaqachon kuchsizlangan bank tizimini barbod 78 qilishadi, o`z navbatida, iqtisodiyotning ahvoli og`irlashadi. Agarda foiz stavkalarni ko`tarmaydigan bo`lishsa, o`z valyutasining qadrini belgilay olishmaydi. Valyuta bozoridagi spekulyantlar mamlakatning moliya sektoridagi qiynchiliklarni his qilishadi va hukumatning foiz stavkalarni oshirish va valyutani himoya qilish katta xarajat talab qilishiga to`g`ri baho berishadi. Natijada xukumat valyutani himoya qilish siyosatini amalga oshira olmasligi bois valyuta qadrsizlanishga ruxsat beradi. Valyutaning qadri faqat pasayganligi bois spekulyantlar deyarli xatosiz kursda bitimlarni amalga oshiradi. Spekulyantlar qattiq raqobatga kirishishadi va valyutani qadri tushishini oldindan aniqlashib sotishadi. Bu holat ularga katta foyda keltiradi. Ammo mamlakat milliy valyutasi qadrini saqlab turish uchuno`z zaxirasini ishlatishi shart. Natijada ushbu sotuvlar mamlakat xorijiy valyutadagi zaxirasini tezda emirilishiga olib keladi. Qachondir markaziy bank xorijiy valyuta zaxirasini ishlatib bo`lsa, sikl tugaydi. Markaziy bankda resurslar mavjud bo`lmaganligi boisvalyuta bozorida intervensiyani amalga oshira olmasligi oqibatida milliy valyutaning qadrini tushib ketishiga ruxsat berishi shart bo`lib qoladi: bunday vaziyatda hukumat milliy valyutaning devalvatsiyasiga rozilik berishi shart. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling