Namangan muxhandislik-qurulish instituti


Download 225.21 Kb.
bet2/4
Sana17.02.2023
Hajmi225.21 Kb.
#1205030
1   2   3   4
Bog'liq
Toshkent

Geografik joylashishi
Toshkent vohasi Tyan-Shanning gʻarbiy yonbagʻirlaridan boshlanib Sirdaryo etaklariga tushadigan keng togʻoldi tekisligining bir qismida joylashgan. Sharqda u uchta — Ugom, Piskom va Chatqol togʻ tizmalari bilan oʻralgan boʻlib, bu tizmalarni shu nomlar bilan ataluvchi daryolar oqib oʻtuvchi daralar ajratib turadi. Bu daryolar qoʻshilib Chirchiq daryosini hosil kiladi. Chirchiq daryosi Chorvoq havzasining tor darasidan oʻtib, Gʻazalkentdan quyiroqqa tushganda kengligi baʼzi joylarda 20 kmdan oshadigan qadimiy tekislik boʻylab oqadi. Gʻarbda Chirchiq vodiysiga Qizilqumning qaynoq nafasi uriladi. Bu qayirning bir qismini Chirchiq daryosining hozirgi oʻzani egallagan. Janubiy qismida esa vodiyga kirib boruvchi Ohangaron daryosi yastangan. Ushbu tekislik shimolida joylashgan Aris daryosining vodiysi bilan birga bu tabiiy suv tarmoqlari Oʻrta Osiyo dehqonchilik vohalarining chekka mintaqasini tashkil etadi. Undan shimol tomonga qarab esa, yaylovlarga boy boʻlgan poyonsiz choʻl yastanib yotadi.
Chirchiq daryosi havzasi Oʻrta Osiyoning qadimiy dehqonchilik va shahar madaniyatlari beshiklaridan biridir. Uning hududida Toshkentning markazi paydo boʻlgan. Joydan joyga koʻchib turgan bu markaz qadimda va oʻrta asrlarda Choch yoki Shosh, keyin esa Toshkent nomi bilan mashhur boʻlgan.
Toshkent vohasida barcha tarixiy davrlarda suv moʻl-koʻl boʻlgan. Tarixan tarkib topgan kanallar tarmogʻi shaharni suv bilan taʼminlab turgan. Shu bois shahar xech qachon suv taqchilligini sezmagan. Buni oʻrta asrlardan to XIX asrgacha Toshkent toʻgʻrisida yozgan mualliflar xamisha taʼkidlab kelganlar. Bu yerdagi iqlim hozirgi odamlarning ajdodlari paydo boʻlgan, yaʼni bir necha oʻn ming yil muqaddam mavjud boʻlgan iqlimdan farq qilgan. Issiq quruq yoz bilan yillik yogʻin miqdorining asosiy qismi yogʻadigan qahraton qish almashinib turgan.
Toshkentning togʻ yonbagʻirlari va tekisliklar oʻsimliklarga boy boʻlib, ibtidoiy odamlar ovlaydigan yovvoyi hayvonlar juda koʻp boʻlgan. Ularning aksariyati, jumladan, arxar, jayron, qulon va asl bugʻu kabi hayvonlar yaqin vaqtda yoʻqolib bitgan boʻlsa, junli karkidon, gʻor ayigʻi, arslon singari hayvonlar esa ancha ilgari yoʻqolib ketgan. Ular haqida ibtidoiy odamlar manzillarini qazib oʻrganish chogʻida topilgan qoldiqlar orqali maʼlumot olish mumkin.
Bu yerlarda bir necha yuz ming yil avval ovchilik va termachilik bilan kun kechiruvchi ibtidoiy jamoalar gʻorlar va togʻ bagʻri bostirmalarini, yoki daryo sohillari va chashmalar yonidagi ochiq manzillarni egallab makon qilganlar. Bunday joylar hozirgi Toshkent shahri hududida ham mavjud boʻlgan.
Jumladan, Boʻz suv yoqasidagi Qoʻshilish manzilgohidan birmuncha nozik ishlangan chaqmoqtoshlar, pichoqlar, bigizlar, ibtidoiy ustalar tomonidan bundan toʻqqiz ming yil avval yasalgan ov va mehnat qurollari topildi. Topilmalar orasidan yovvoyi buqa tur suaklarining uchrashi, mutaxassislar fikricha, ularning oʻsha vaqtlardayoq xonakilashtirilgan deb taxmin qilishga asos boʻldi. Hayvonlarni xonakilashtirish jarayoni Toshkent vohasi hududida ham kechgan.
Miloddan oldingi uchinchi ming yillikdan boshlab, bu hudud dastlabki chorvadorlar tomonidan oʻzlashtira boshlashgan. Ular ish asboblari va jezdan qurollar tayyorlashni oʻrganganlar. Arxeologlar Toshkent shahri hududi va uning atrofida chorvadorning koʻpdan koʻp qabrlari hamda qoʻrgʻonli dahmalarini topganlar. Bu joylarda dafn etilganlarning yoniga jezdan yasalgan ish asboblari, qurollar, zeb-ziynatlar va qoʻlda yasalgan idishlar ham qoʻyilgan.
Toshkent shahri hududida bunday qabristonlar hozirgi shampan vinosi zavodi yaqinidan, shuningdek, Qoraqamish arigʻi boʻyidan topilgan. Sirgʻalida esa dasht chorvadorlari va yilqichilarining manzili boʻlganligi aniqlangan. Bu yerdan ish qurollaridan tashqari burama halqali jez bilaguzuklar ham topilgan
Iqlimi
Shaharning iqlimi kontinental, jazirama, quruq yoz kunlari hamda sovuq qish iqlimi bilan Shahar boshqa dunyo shaharlaridan ajralib turadi. Yillik oʻrtacha harorat 13,5 °C. Yozda esa harorat 35 °C gacha yetish bilan birga, qish oylarida buning aksini kuzatish mumkin. Havo harorati −25… −30 C° gacha boradi. Asosiy yogʻinlar noyabr hamda mart oylarida kuzatiladi.
Toshkent iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha temperaturada 13,3°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,1°, eng past temperatura — 29°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,5°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 360-390 mm yogʻin yogʻadi. Chirchiq daryosidan chikarilgan va butun shahar boʻylab oʻtadigan Boʻzsuv, Salor, Anhor, Qorasuv, Oqqoʻrgʻon, Boʻrijar, Oktepa, Qoraqamish va boshqa kanallar uning mikroiklimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Download 225.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling