Namangan muxhandislik-qurulish instituti


Download 225.21 Kb.
bet3/4
Sana17.02.2023
Hajmi225.21 Kb.
#1205030
1   2   3   4
Bog'liq
Toshkent

Maʼmuriy boʻlinishi
Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1977-yilda Chilonzor va Oktabr (hozirgi Shayxontohur) tumanlarini ixchamlashtirish maqsadida, ular hududida tashkil etilgan. Davlat arbobi Akmal Ikromov nomiga qoʻyilgan. 1977-yildan hozirgi chegarasida janubiy va janubiy sharqdan Zargarlik va Qatortol koʻchalari bilan boshlanib, gʻarb va shimoliy gʻarbda avtomobil halqa yoʻliga tutashadi. Maydoni 2797 ga, jumladan, koʻkalamzor yerlari — 1124 ga. Aholisi 228,3 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 424 tani tashkil etib, shundan 8 tasi markaziy hisoblanadi. Asosiy avtomagistrallari: Lutfiy, Hamroqul Tursunqulov, Farhod, Sulton Segizboyev, Uygʻur, Nazarbek, Beshqayragʻoch, Toʻqimachi koʻchalari va Kichik halqa yoʻli. Tumanda 50 ta mahalla mavjud.
Tuman hududida quyidagi sanoat korxonalari: zargarlik zavodi, bulkakonditer, sut kombinatlari, „Toshkentsut“ aksiyadorlik jamiyati, „Fonon“ zavodi, „OsiyoFud“ non mahsulotlari korxonasi, „Chevar“ tikuvchilik ishlab chiqarish. birlashmasi, „Gazavtomatika“ korxonasi, „Toshinterm“ Oʻzbekiston — Xitoy, „Shayxontohurtekstil“ qoʻshma korxonalari, Toshkent mexanizatsiya vositalari va jihozlari hamda stanoksozlik tajriba eksperimental mexanika zavodi, toʻqimachilik kombinatining 4-yigiruv toʻquv fabrikasi, 13 avtotransport va 5 qurilish tashkiloti mavjud. Tumanda Jahon tillari universiteti, Davlat soliq akademiyasi, yuridik kolleji, sanʼat internat maktabi, 3 ta akademik litsey, 5 kasb-hunar kolleji, 37 umumiy taʼlim maktabi, 53 bolalar bogʻchasi va yaslisi, 8 davolash yaslisi, 6 davolash profilaktika muassasasi, 22 poliklinika, 6 oilaviy poliklinika, 5 kasalxona va dispanser bor. Tuman aholisiga 512 oziq-ovqat va 550 sanoat mollari doʻkoni, 420 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat qiladi. 2 madaniyat uyi, 8 jamoat kutubxonasi, „Vatan“ kinoteatri, Akmal Ikromov nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi bor. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 3486 ming m² (2004). Tumanda qurilish ishlari 1966-yildan boshlangan. Toshkentni rekonstruksiya qilish va rivojlantirish Bosh planiga muvofiq tumanda katta qurilish ishlari olib borilmoqda; 270, 272 ATS, stomatologiya poliklinikasi, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, „Karvonsaroy bozori“, „Oʻrikzor“, „Guliston“ turar joy massivlari, bolalar bogʻchalari, maktablar qurilib ishga tushirildi. Farhod va Uygʻur koʻchalari kengaytirildi.
Bektemir tumani (1990-yilgacha Narimonov) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1960—1981-yillar Bektemir shaharchasi:
1973-90 yillarda shahar,
1981-90 yillarda davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Narimon Kerbalay Najaf oʻgli Narimonov (1870—1925) nomi bilan yuritilgan.
1990-yildan Toshkent tarkibidagi Bektemir tumani.
Chirchiq daryosining chap sohilida. Bu daryo Bektemir tumanini boshqa tumanlardan ajratib turadi.
Maydoni 1,83 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan hududi 0,012 ming ga.
Aholisi 29,9 ming kishi (2004).
Koʻchalar soni 45 ta. Asosiy yirik koʻchalari: Husayn Boyqaro, Ohangaron shohkoʻchasi, Bektemir.
12 ta mahalla mavjud.
Tuman hududida „Oʻzsmatana“, „Agrokeramika“, „Mirmaks“ qoʻshma korxonalari, 17 sanoat korxonasi, shu jumladan, Toshkent motor, „Irgidromash“ va boshqalar, 9 transport muassasasi, „SredazVNIIgidromash“ ilmiy tadqiqot instituta, 5 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, bolalar sport maktabi, 13 bolalar bogʻchasi, 16 tibbiyot davolash muassasasi, 4 poliklinika bor. Tumanda 522 yirik hamda kichik oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatadi, shundan 44 tasi xorijiy investitsiyalar ishtirokida tuzilgan korxonalardir. Tuman aholisiga 11 oziq-ovqat, 4 sanoat mollari, 7 aralash mollar doʻkonlari, univermag, 30 ovqatlanish korxonasi, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat qiladi. 5 jamoat kutubxonasi, klub, madaniyat uyi, kinoteatr, 10 dan ziyod bolalar sport maydonchalari, tennis korti, 2 futbol maydoni bor.
Tumanda Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan „Golfklub“ tashkil etilgan.
Mirzo Ulugʻbek tumani[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mirzo Ulugʻbek tumani (1935-yilgacha — Proletar tumani, 1992-yilgacha Kuybishev tumani; 1992-yil maydan Mirzo Ulugʻbek tumani) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929 i. tashkil qilingan. Hozirgi chegarasi 1978-yildan buyen oʻzgarmagan. Toshkentning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Toshkent markazi (Amir Temur xiyoboni)dan boshlanib, shimoli-sharqiy tomonga, Toshkent avtomobil halqa yoʻligacha boradi. Feruza mavzesi, Toshkent traktor zavodi, Ulugʻbek shaharchasi gʻam tuman hududiga kiradi. Maydoni 3,2 ming km², shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan hudud — 0,579 ming ga. Aholisi 247,6 ming kishi (2004). Tuman hududida tarixiy va madaniy yodgorliklardan Kirxa (1892) saklangan. Koʻchalar soni 532 ta. Asosiy magistrallari: Pushkin, Parkent, Temur Malik, Oqqoʻrgʻon koʻchalari, Buyuk ipak yoʻli shohkoʻchasi, Habib Abdullayev koʻchasi, Kichik halqa yoʻl. 49 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 377 yirik korxona, shundan 28 sanoat korxonasi (shu jumladan, „Toshkentkabel“, traktor zavodlari, „Oʻzbekiston paxtachilik mashinasozligi“, lokboʻyoq zavodlari.), 3119 kichik va oʻrta biznes subyektlari bor. 27 ilmiy tadqiqot instituta, 10 loyiha instituti, 4 oliy oʻquv yurti (Madaniyat instituti, Jahon iktisodiyoti va diplomatiya universiteti va boshqalar) xamda umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti, harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, yozuvchilar, kompozitorlar, meʼmorlar ijodiy uyushmalari va teatr jamiyati, 33 umumiy taʼlim maktabi, 12 kasbxunar kolleji, 4 bolalar musiqa maktabi va sanʼat maktabi, 10 kasalxona va dispanser, „Ona va bola“ markazi, 11 oilaviy poliklinika, 2 tibbiysanitariya qismi ishlab turibdi.
Aholiga 176 oziq-ovqat doʻkoni, 244 sanoat mollari doʻkoni, 304 umumiy ovqatlanishkorxonalari, 517 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat qilmoqda. Muxtor Ashrafiy, Sergey Yesenin uymuzeylari, 28 jamoat kutubxonasi, 3 madaniyat uyi va saroyi, 3 madaniyat va istirohat bogʻi, hayvonot bogʻi va boshqa ishlab turibdi. Turar joy fondining umumiy foydalanish maydoni 2579 ming m2.
Mirobod tumani (1992-yilgacha Lenin tumani) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929-yil Shayxontohur tumani bilan birgalikda tashkil etilgan. Hozirgi chegarasi 1977-yildan buyon oʻzgarmagan. Tuman Toshkentning janubiy qismida joylashgan. Shimolida Amir Temur xiyobonidan halqa yoʻligacha choʻzilgan. Maydoni 1,71 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan hududi −0,356 ming ga. Aholisi 123,8 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 103 ta, shundan 8 tasi markaziy koʻcha hisoblanadi. Bularga Fitrat, Movarounnahr, Nukus, Kosmonavtlar koʻchasi, Taras Shevchenko, Fargʻona yoʻli va boshqa kiradi. 39 ta mahalla mavjud. Toshkent janubdan Bektemir, sharqdan Hamza, shimoldan Yunusobod, shimoli-gʻarbdan Yakkasaroy, janubi-gʻarbdan Sergeli tumanlari bilan chegaradosh. Tuman chegaralari Sharof Rashidov, Istiqlol, Oxunboboyev, Fargʻona yoʻli, Toshkent Katta halqa yoʻli, Beshkent, Fitrat, Turgʻunboyeva,. Oq yoʻl, Kichik Beshyogʻoch, Nukus, Kunayev koʻchalaridan oʻtadi. Toshkent metropolitenining „Oybek“, „Toshkent“ stansiyalari Mirobod tumani hududidadir. Tuman hududidan 4 ta kanal (Baratxoʻja, Qorasuv, Salor, Tolariq) oqib oʻtadi.
Mirobod tumanida 3167 korxona va tashkilot faoliyat koʻrsatadi, shundan 349 tasi yirik, 818 tasi kichik va oʻrta biznes subyektlaridir. Toshkent shahri boʻyicha sanoat ishlab chiqarish. umumiy hajmidagi tumanning ulushi 10,5 % ni tashkil etadi. „Oʻzelektroapparat“, „Oʻzkimyofarm“, „Foton“, „Tong“ aksiyadorlik jamiyatlari, „Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir“, „Uchqun“ kabi yirik sanoat korxonalari respublika ahamiyatiga ega.
Mirobod tumanida asosiy doiradagi sanoat korxonalari soni 31 tani tashkil qilib, sanoatning 8 ta tarmogʻi boʻyicha faoliyat yuritadilar, bular yengil sanoat, oziqovqat, tibbiyot, matbaa sanoati, mashinasozlik va metallni qayta ishlash sohasi, yogʻochni qayta ishlash va qogʻoz ishlab chiqarish. sanoati, kimyo va neft kimyosi sanoati, qurilish ashyolari ishlab chiqarish. tarmoqdaridan iborat. Xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish. hajmlarining eng yuqori oʻsish surʼatlari yengil, oziq-ovqat sanoat sohalarida kuzatiladi.
Tuman eksport salohiyatining asosiy qismi „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ va „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ kompaniyalariga toʻgʻri kelib, Toshkent shahri boʻyicha eksportning 1/3 qismi tuman ulushiga toʻgʻri keladi.
Tumandagi oʻzida chiqarilgan mahsulot eksporti bilan shugʻullanuvchi korxonalar „Oʻzelektroapparat“, „Foton“ aksiyadorlik jamiyatlari, „Kvark“, „Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir“, „Toshelektroapparat“ korxonalari va boshqadir.
Mirobod tumanida Mirobod bozori, aeroport, temir yoʻl vokzali, 17 umumiy taʼlim, 2 musiqa, 3 sport maktabi, 8 kasb hunar kolleji, 3 akademik litsey, 6 oliy oʻquv yurti (Toshkent Vestminster universiteti, Toshkent davlat aviatsiya, Toshkent farmatsevtika, Toshkent temir yoʻllari transporti muhandislari, Toshkent sharqshunoslik, Toshkent avtomobil va yoʻllar institutlari), 5 oʻrta maxsus bilim yurti faoliyat koʻrsatadi. Aholiga 778 savdo va 180 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat koʻrsatadi. Ulardan 108 oziq-ovqat, 55 sanoat mollari doʻkonlari, 227 ovqatlanish, 160 nooziq, 160 aralash, 58 nostatsionar savdo shoxobchalaridir.
Toshkent shahar, viloyat hokimiyatlari, Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek davlat akademik opera va balet katta teatri, Toshkent davlat rus akademik drama teatri, shuningdek, 4 madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, Le Meridian otel Tashkent Palace, „Poytaxt“ mehmonxonalari, 7 kutubxona, Sanʼat, Temir yoʻl texnikasi, Tibbiyot muzeylari, Oʻzbekiston Badiiy akadimyasi Markaziy koʻrgazma zali mavjud. Tumanda 1 klinik shifoxona, bolalar kasalxonasi, shahar klinik ruhiy kasalliklar shifoxonasi, 2 tugʻruq majmuasi (4 va 5 sonli), 40 oilaviy poliklinika, Temir yoʻl, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy konsultativ tashhis poliklinikalari, stomatologiya poliklinikasi (7-sonli), shahar jismoniy tarbiya dispanseri, teritanosil kasalliklari dispanseri (1-sonli), Toshkent shahar yoʻlovchitransport tibbiyot sanitariya qismi, shahar bolalar ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi va sanatoriy ishlab turibdi. Turar joy fondining umumiy maydoni 1432,1 ming m2.
Sergeli tumani — shahardagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1967-yilda tashkil etilgan. Toshkent shahrining janubiy gʻarbiy qismida. Toshkent hududi markaziy temir yoʻl trassasidan Chirchiq daryosi qayirlarigacha boʻlgan yerlarni, janubiy gʻarbda Choshtepa, Noʻgʻayqoʻrgʻon, Toshkent aeroporti atrofi, Qoʻyliq 5-7, Sergeli 1 — 8, Sputnik (Yoʻldosh), Doʻstlik, Quruvchilar mavzelari, Eski Sergeli, Sanoat zonasini qamrab oladi. Shimoliy gʻarbdan Toshkent viloyatining Zangiota, janubi-sharqsan Yangiyoʻl tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 5,19 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzor yerlar 0,347 ming ga. Aholisi 154,4 ming kishi (2004). Mahallalar va uyjoy shirkatlari soni 33 ta boʻlib, 14 ta mavze va Yoʻldosh (Sputnik) shaharchasidagi (1966-yilda tashkil etilgan) 17 ta kichik mavzedan iborat. Koʻchalar soni 147 ta. Asosiy magistrallari: Toshkent avtomobil halqa yoʻlining janubiy qismi, Yangi Sergeli, Choshtepa, S. Tolipov, Qipchoq koʻchasi; Toshkent- Angren temir yoʻl ham tuman hududidan oʻtadi.
Sergeli tumanida 1101 korxona boʻlib, shulardan 167 tasi yirik, 252 tasi kichik va boshqa korxonalardir. 330 ta sanoat korxonasida: mebel, ikkilamchi kora va rangli metall, porshen, gigroskopik paxta, asfalt, rezina va plastmassa buyumlari, yogʻochni qayta ishlash, charm va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. „Fayz“ xolding kompaniyasi, „Mebel“ korxonasi, aviatsiya taʼmirlash zavodi, „Novator“ (traktor porshenlari), „BarakatAlfa“ (gigroskopik paxta), „Grinvord“ (bolalar oziq-ovqati, meva sharbatlari), Toshkent temir yoʻl masofasi (konteynerlar joʻnatadi) korxonalari, Quyoshdan himoyalash buyumlari zavodi (plastmassa romlar va boshqalar), „Toshkent“ xalqaro aeroporti, Sergeli aviaotryadlari, 3 avtokombinat, „RAF“ avtokorxonasi (yoʻlovchilarga kichik avtobusda xizmat koʻrsatiladi), 4, 12avtobus saroylari mavjud. Shuningdek, 973 ta tadbirkor faoliyat koʻrsatadi. Tumanda 27 umumiy taʼlim maktabi, 5 ta maktabdan tashqari taʼlim markazi, 6 kasbhunar kolleji, 2 bolalar sport maktabi bor. Sogʻliqni sakdash sistemasida 491 oʻrinli 3 ta shahar kasalxonasi, 5 poliklinika, tugʻruqxona, teritanosil kasalliklari dispanseri, 33 dorixona Aholiga xizmat koʻrsatadi. St.da Oʻzbekiston Respublikasi tashki iqtisodiyot milliy banki, Sanoat qurilish banki, „Asakabank“, Uyjoy jamgʻarma banki, Xalq banki boʻlimlari mavjud. Shahardagi eng yirik savdo majmualaridan dexdon bozori, Sergeli, „Avtomakon“ bozori, Poytaxt Sergeli savdo markazi ishlab turibdi. 8 kutubxona, 3 madaniyat uyi, Usmon Nosir va Yangi Sergeli madaniyat va istirohat bogʻlari, musiqa maktabi bor. 106 sport inshooti, shu jumladan, stadion, 5 suzish havzasi, 43 sport zali, 51 sport maydonchasi, 4 sogʻlomlashtirish sport majmuasi mavjud.
Tumanda qurilish ishlari, asosan, Toshkent zilzilasi (1966-yil)dan keyin boshlangan boʻlib, 1 va 2 qavatli yogʻoch uylar qurilgan. Sergeli turar joy dahasidagi 4 va 9 qavatli binolar 1980- 90 yillarda qad koʻtargan. St. turar joy fondining umumiy foydali maydoni 2718,5 ming m2 (2004).
Tumanning asosiy yoʻnalishi — umumshahar markazi bilan bogʻlaydigan Yangi Sergeli koʻchasi. Tuman hududida Choshtepa va Noʻgʻayqoʻrgʻon arxeologik yodgorliklari bor.
Olmazor tumani[tahrir | manbasini tahrirlash]
Olmazor (sobiq Sobir Rahimov) tumani — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1970-yilda tashkil kilingan. Sobir Rahimov nomi bilan atalgan. 1980-yildan hozirgi chegarasida. Toshkentning shimoli-gʻarbida joylashgan. Shimoli-gʻarbda Toshkent viloyati Zangiota tumani, shimoliy va shimoliy sharqda Toshkent tumani, sharqda Yunusobod tumani, janubiy va janubi-gʻarbda Shayxontohur tumani bilan chegaradosh. Maydoni 3,4 ming ga, shu jumladan koʻkalamzor yerlari 1,01 ming ga. Aholisi 283,6 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 290 ta. Asosiy magistrallari: Beruniy, Niyozov, Kichik halqa yoʻl, Forobiy, Ziyomov, Chimboy, Us t a Shirin, Tansiqboyev, Hasanov, Oybek va Qorasaroy koʻchalari. 58 ta maxalla mavjud.
Tuman hududida „Kolorfleks“, „Imperial“, „Osiyobatareya“ qoʻshma korxonalari, 30 sanoat korxonasi, shu jumladan, „Toshkentmarmar“ ishlab chiqarish. birlashmasi, „Mikond“, agregat, tajribamexanika, ekskavator taʼmirlash, „Kompressor“, „Oniks“ va chinni zavodlari, „Toshkent mebel“ ishlab chiqarish birlashmasi, „Tola“ (pillakashlik) korxonasi, bosh kiyimlar fabrikasi, 10 avtotransport va 10 kurili sh tashkiloti faoliyat koʻrsatadi. Tumanda 19 ilmiy tadqiqot instituti, 4 loyihalash tashkiloti („Oʻzgazloyiha“, „Oʻzqishloqxoʻjalik loyiha“, Xalq taʼlimi Vazirligining loyihakonstruktorlik byurosi, „Tash. ZNIIEP“), 3 oliy oʻkuv yurti (OʻzMU, ToshDTU, 2Toshkent tibbiyot instituti), 1 litsey, 1 kasbxunar kolleji, 37 umumiy taʼlim maktabi, 1 sanʼat, 1 ta musika maktabi, 60 ta maktabgacha tarbiya muassasasi bor. Tuman aholisiga 47 oilaviy poliklinika, 20 ta kasalxona, 8 madaniyat uyi va saroyi, 10 ta kutubxona, yosh tomoshabinlar teatri, tabiat muzeyi, 3 ta bozor, 5 ta stadion, 6 ta suzish havzasi, 57 sport zali, 10 ta tennis majmuasi xizmat koʻrsatadi. Tuman xududida „Oymomo“ madaniyat va istirohat bogʻi, bir necha kichik dam olish maskanlari, „Oʻzekspomarkaz“ xalqaro koʻrgazmalar majmui, „Olimpiya“ mexmonxonasi faoliyat koʻrsatadi. 110 oziqovkat va 51 sanoat mollari dukoni, 196 umumiy ovqatlanish korxonasi, 467 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud.
Mustaqillik yillarida Sagʻbon, Qorasaroy, Forobiy koʻchalari kengayib, Moyqoʻrgʻon, Beshqoʻrgʻon mavzelari tashkil qilindi, uz. 1 km dan ziyod koʻprik bunyod etildi.
Tuman xududida meʼmoriy yodgorliklardan Barokxon madrasasi, Qaffol Shoshiy maqbarasi bor. Beruniy, Furqat, Sobir RahimovvaL. B. Shastri, Berdaq, A. Kodiriyga haykal oʻrnatilgan. Shahar metropolitenining Beruniy metro styasi tuman xududida joylashgan.
Chilonzor tumani — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1963-yilda tashkil kilingan. Toponimistlarning fikricha tuman nomi chilon (jiyda) oʻsimligidan olingan. Toshkent zilzilasi (1966)dan keyin tumanda qurilish ishlari avj oldi. Toshkentning janubiy gʻarbiy qismida joylashgan. Shimolida Oqtepa kanali, sharqda Boʻrijar kanali, janubiy gʻarbda Oʻrta Osiyo temir yoʻl boʻylab Toshkent avtomobil halqa yoʻli va Bobur koʻchasigacha davom etgan. Maydoni 2994 ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 1,334 ming ga. Aholisi 217,1 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 262 ta. 45 ta mahalla mavjud. Tumandagi baʼzi joylar Toshkent tarixi bilan bogʻliq. Chilonzor Oktepasi arxeologik yodgorligi (4-8-asrlar, 10- 11-asrlar), Abulqosim Shayx madrasasi, Xayrobod Eshon meʼmoriy majmuasi kabi meʼmoriy yodgorliklar shu tuman xududida joylashgan.
Asosiy magistrallari — Xalqlar doʻstligi, Muqimiy, Choʻponota, Farhod, Gavhar, Chilonzor, Qatortol, AlXorazmiy koʻchalari. Hududida qoʻshma korxonalar („Sovplastital“ Oʻzbekiston — Italiya qoʻshma korxonasi, „Oʻzbegiminterneshnl“ qoʻshma korxonasi va boshqalar), 24 sanoat korxonasi (shu jumladan, 3 poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi, koʻrlar jamiyatining ishlab chiqarish kombinati, „Rele va avtomatika“, „Algoritm“ korxonalari, elektr roʻzgʻor buyumlari zavodlari); 8 ilmiy tadqiqot instituta, 8 loyihalash instituti, konstruktorlik byurosi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 38 umumiy taʼlim maktabi, 20 akademik litsey va kollej, 65 maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasi; 9 kasalxona va 31 ta poliklinika bor. Aholiga 152 oziqovqat, 64 sanoat mollari doʻkonlari, 121 umumiy ovqatlanish korxonasi, 96 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, Chilonzor buyum bozori xizmat kiladi. Mukimiy nomidagi musiqa va drama teatri, Davlat musiqali komediya (operetta) teatri, 2 kinoteatr, Navoiy nomidagi Milliy bogʻ, Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, Xalqlar doʻstligi saroyi faoliyat koʻrsatadi. 4 stadion, 101 sport zali, 166 sport maydonchalari, 6 suv havzasi, otchopar majmuasi bor. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 3178 ming m2.
Shayxontohur tumani — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929-yil Oktabr tumani nomi bilan tuzilgan. 1992-yilda Shayxontohur (Shayx Xovandi Tohur) tumani deb oʻzgartirilgan. 1978-yildan hozirgi chegarada. Shimoli-gʻarbda Zangiota tumani, shimolida Sobir Rahimov, shimoli-sharqda va sharqda Yunusobod, janubida Chilonzor va Yakkasaroy, gʻarbda Akmal Ikromov tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,73 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 0,832 ming ga. Aholisi 263,1 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 622 ta. Asosiy magistrallari: Abdulla Qodiriy, Navoiy, Uzbekistan, Beruniy shohkoʻchalari, Furqat, Uygʻur, Samarkand darvoza koʻchalari. Xalqlar doʻstligi, Xadra, Chorsu, Otstepa maydonlari, 48 ta mahalla bor.
Tumanda 3379 korxona va tashkilot mavjud. 9 sanoat korxonasi, shundan „Sharq guli“ badiiy, Toshkent tikuvchilik, „Orzu“ ishlab chiqarish birlashmalari, Toshkent matbaa kombinati, koʻnmoʻyna zavodi va boshqa ishlab turibdi. 3069 kichik va oʻrta biznes subyektlari qayd etilgan. Toshkentda 18 vazirlik, davlat qoʻmitalari va yirik idoralar, meʼmorlik va shaharsozlik bosh boshqarmasi, 11 loyihalash instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, Seysmologiya, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Mikrobiologiya institutlari, Arxitektura va qurilish, kimyotexnologiya institutlari, 16 oʻrta maxsus oʻquv yurti, 42 umumiy taʼlim maktabi va boshqa muassasa, tashkilotlar bor. 10 ta oilaviy va stomatologiya shifoxonasi, 18 poliklinika va ambulatoriya, 8 kasalxona xizmat koʻrsatadi. Mustaqillik yillarida tuman hududida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Islom universiteta, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litsey qurildi, Oʻzbek milliy akademik drama teatri, „Chorsu“ savdo markazi binolari hamda Eski joʻva bozori kayta taʼmirlandi.
Eng yirik guzarlari: „Gulzor“, „Ipakchi“, „Koʻkcha“, „Islomobod“. Tumanda „Yangi Kamolon“, „Huvaydo“, „Bogʻkoʻcha“, „Choʻponota“, „Ipakchi“ mahallalarida katta sport maydonlari mavjud. 562 oziq-ovqat, 346 sanoat mollari doʻkonlari, 174 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, „Chorsu“ savdo markazi tuman aholisiga xizmat koʻrsatadi.
Oʻzbek milliy akademik drama teatri, Abror Hidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama teatri, Satira teatri, Rus yosh tomoshabinlar teatri, sirk, „Sanʼat saroyi“, „Oʻzkoʻrgazmasavdo“ saroyi, 9 madaniyat uyi va muassasasi, Kino uyi, 22 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr va boshqa, „Paxtakor“ stadioni, „JAR“ sport majmui, „Sharq“, „Xadra“, „Yoshlar uyi“, „Sun Shine Tyron“ mehmonxonalari ishlab turibdi. Tuman hududida meʼmoriy yodgorliklaridan Koʻkaldosh madrasasi (16-asr), Yunusxon (15-asr), Shayx Zayniddinbobo (13-14alar) maqbaralari saklangan.
Yunusobod tumani — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birligi boʻlib, 1936-yilda Kirov tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992-yil may oyidan Yunusobod tumani qayta nomlandi. Yunusobod nomining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (akademik A. Muhammadjonov) fikricha, joyning nomi juda qadimgi boʻlib, asli „Yunusrabot“ deb atalgan. Bu oʻrinda „rabot“ karvonsaroy maʼnosida qoʻllangan (qarang Rabot). Shimoliy tomondan shaharga kiruvchilar shu joyda qoʻnib oʻtishgan. Mahalliy ziyolilarning fikricha, joyning nomi sebzorlik tadbirkor Yunushoji Nodirhoji oʻgʻli (19-asr, Yunusobod Oktepasida bogʻrogʻlari boʻlgan) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. Tuman shaharning shimoliy qismida joylashgan. Amir Temur xiyobonidan boshlanib shimoliy tomonga, Toshkent katta halqa yoʻligacha davom etadi.
Maydoni 4,14 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan maydoni 1,073 ming ga. Aholisi 289,0 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 441 ta. Asosiy magistral koʻchalari: Sharof Rashidov, Amir Temur, Ahmad Donish, Xurshid, Gʻani Mavlonov, Jahon Obidova, Gvardiya polkovnigi Xoʻjayev. 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 3547 korxona va tashkilot boʻlib, kichik va oʻrta biznes subyektlarining sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 36,3 %, qurilishda 64,2 %, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 50,9 % ni tashkil etadi. Ular orasida 155 ta qoʻshma korxona faoliyati ishlab chiqarish va aholiga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan.
Sanoat korxonalaridan „Uzbekqishloqmash“, „Yulduz“ tikuvchilik, „Asbobsoz“, „Raupxon“ korxonalari; vagon taʼmirlash zavodlari, kitobjurnal fabrikasi, „Oʻzbekenergotaʼmir“ ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa ishlab turibdi. Chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan „Dilek interprays“, „Aylin Gida Sanayi“, „Aziya Silk“ shoʻʼba korxonalari, „Rastr“, „Supertekstil“ korxonalari, shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi 3 ta kushma korxona bor.
20 ga yaqin ilmiy tadqiqot instituta, loyihalash institutlari, 6 litsey, 6 kasbhunar kolleji, 4 oliy oʻquv yurti, 42 umumiy taʼlim maktabi, 3 musiqa maktabi, 70 maktabgacha tarbiya muassasasi, 8 ta kasalxona, 40 poliklinika va ambulatoriya muassasalari, 1 sanatoriy bor. 2 kinoteatr, „Turkiston“ kinokonsert zali, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston xalklari tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi, hayvonot bogʻi, „Interkontinental“, „Dedeman Silk Road“, „Sheraton“ mehmonxonalari, Shahidlar xotirasi majmuasi, 5 madaniyat uyi, 12 kutubxona, 186 sport inshootlari, Olay, Yunusobod bozorlari, 1785 ta savdo, 356 ta umumiy ov~ qatlanish va 467 ta maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turipti. Toshkentning asosiy televizion minorasi tuman hududida joylashgan. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 5223 ming m2. Toshkent hududida T. metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining Yunus Rajabiy, Abdulla Qodiriy, Minor, Habib Abdullayev styalaridan elektr poyezdlar qatnaydi. 2005-yilgacha yana 3 stya (F. Xoʻjayev, „Yunusobod“, „Turkiston“)ni ishga tushirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
Yakkasaroy tumani[tahrir | manbasini tahrirlash]

Download 225.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling