Namangan muxhandislik-qurulish instituti


Download 225.21 Kb.
bet4/4
Sana17.02.2023
Hajmi225.21 Kb.
#1205030
1   2   3   4
Bog'liq
Toshkent

Asosiy maqola: Yakkasaroy tumani
Yakkasaroy tumani — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1936-yil Frunze tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992-yil maydan Toshkent deb ataldi. Tuman Toshkentning janubiy va qisman markaziy kismida joylashgan. Shimolida Oʻzbekiston koʻchasidan janubida Urta Osiyo temir yoʻl liniyasigacha choʻzilgan. Maydoni 1,39 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan hududi 0,144 ming ga. Aholisi 112,3 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 156. Asosiy magistrallari: Bobur, Usmon Nosir, Nukus, Uzbekistan, Shota Rustaveli, Afrosiyob koʻchalari. 17 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 24 sanoat korxonasi va 32 qurilish tashkiloti joylashgan. 3 avtotransport korxonasi, yuk ortishtushirish temir yoʻl styasi, avtovokzal ishlab turibdi. Yirik sanoat korxonalaridan „Toshtoʻqimachi“ kombinati, „Toshkent yogʻochni qayta ishlash zavodi“, Temirbeton mahsulotlari zavodi, „Agama“ korxonasi, poyabzal, Sanoatindustriya birlashmalari va boshqa faoliyat koʻrsatadi. 26 ilmiy tadqiqot instituta, loyihalash tashkilotlari va konstruktorlik byurosi, 4 oliy oʻkuv yurti (Nizomiy nomidagi Pedagogika universiteti, Toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Mannon Uygʻur nomidagi Sanʼat instituti, Toshkent Xoreografiya oliy maktabi), 6 ta kasbhunar kolleji va litseylar, 19 umumiy taʼlim, 2 sport, 2 musiqa maktablari, 8 kutubxona mavjud. Tuman aholisi salomatligi muhofazasini 14 davolash muassasasi va 5 ta oilaviy shifoxona taʼminlaydi. „Toʻqimachi“ stadioni, 4 suzish havzasi, 29 sport zali, 89 korxona va muassasalarga qarashli sport maydonchalari, 2 megʻmonxona, 1 kinoteatr, 9 kutubxona, Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogi, Respublika Baynalminal madaniyat markazi, qoʻgʻirchoq teatri, Amaliy sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining koʻrgazmalar zali mavjud. Aholiga 97 oziq-ovqat, 60 sanoat mollari doʻkoni, 188 umumiy ovqatlanish korxonasi, 129 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, „Askiya“ dehqon bozori xizmat koʻrsatadi.
Yashnobod tumani — Toshkentdagi maʼmuriy hududiy birligidir. 1968-yilda tashkil qilingan tumanga Hamza nomi qoʻyilgan. Gʻarbda Amir Temur xiyoboni va Yoʻldosh Oxunboboyev koʻchasidan boshlab sharqda Ohangaron yoʻligacha davom etadi. Xududi 3,46 ming ga shu jumladan, koʻkalamzorlar — 172 ga. Aholisi 208,7 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 220 ta. Asosiy magistrallari: Jarqoʻrgʻon, Lisunov, Hamza, Yoʻldosh Oxunboboyev koʻchalari va Fargona, Ohangaron yoʻllari. Toshkentda 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 2152 ta tashkilot, shu jumladan, 34 sanoat korxonasi (Toshkent aviatsiya ishlab chikarish birlashmasi oʻrnida Texnopark, „Toshqishloqmash“, „Toshmargyogʻ“, „Toshkentvino“, „Oʻzbek qogʻozi“, „Oʻzbekiston shampani“, „Toshdonmahsulot“, „Toshkentguruch“ aksiyadorlik jamiyatlari korxonalari va boshqalar); 168 kurilish tashkiloti; temir yoʻl transporti korxonalari — teplovoz va vagon depolari, Toshkent yuk ortishtushirish temir yoʻl stansiyasi bor. Shuningdek, tumanda 37 transport va aloqa korxonalari joylashgan.
Keyingi yillarda tashkil qilingan „Farm Glase“ Uzbekistan-Britaniya, „Tufin“ Oʻzbekiston-Isroil, „LokKolorSintez“ Oʻzbekiston — Shveysariya, „XobasTapo“ Oʻzbekiston-Germaniya-Shveysariya, „NWA“ — Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonalarida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Yashnobod tuminida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumi, 3 ilmiy tadqiqot instituta, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, 25 umumiy taʼlim maktabi, 50 ta maktabgacha tarbiya muassasasi, 5 musiqa maktabi, 4 kasb-hunar kolleji, Toshkent birinchi tibbiyot instituti va biznes maktabi bor. 9 ta kasalxona, 30 poliklinika va ambulatoriya muassasasi, 1 qon kuyish stansiyasi faoliyat koʻrsatadi. Aholiga 359 oziq-ovqat, 595 sanoat mollari doʻkonlari, 197 umumiy ovqatlanish, 324 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat kiladi. 16 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr, 2 madaniyat saroyi, 4 madaniyat uyi, „BaxtRohat“ dam olish zonasi bor. Turar joy fondining umumiy maydoni 2,5 mln.m2 ga yaqin.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Toshkentda Oʻzbekistonning boshqa viloyat va shaharlarida boʻlgani kabi boshqaruvning tarixiy-milliy shakli — hokimlik oʻrnatildi. 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri maqomi va davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq Toshkentda hokim lavozimi joriy etildi. Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shahardagi tumanlarning hokimlari shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Download 225.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling