Namangan shahar
Download 88.5 Kb.
|
4-мактаб буйрук
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAMANGAN
- Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida
- buyuraman
- ҚАРАШЛИ АКАДЕМИК МАХМУД САЛОХИТДИНОВ НОМЛИ 4-СОНЛИ МАТЕМАТИКА ФАНИГА ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН ДАВЛАТ УМУМИЙ ЎРТА ТАЪЛИМ МАКТАБ ДИРЕКТОРИНИНГ БУЙРУҒИ
NAMANGAN SHAHAR XALQ TA’LIMI BO’LIMI MUDIRINING BUYRUG’i 2020 йил 21 октябрь 94-сон Наманган шаҳри Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida Xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etgan holda zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib, kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish hamda o‘quvchilarni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashlariga metodik yordam berish va ko‘maklashish maqsadida buyuraman: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 14 iyul kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 58-son bayonida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish yuzasidan Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 7 avgustdagi 02-46-son nazorat rejasi va O’quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2020 yil 25 sentabrdagi 46-sonli. Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2 oktabrsdagi 113-sonli buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. Quyidagilar: Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni ta’limning keyingi bosqichiga jalb kilish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1 –ilovaga muvofik; “Ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va malakalarin ioshirish bo‘yicha yo‘riqnoma 2-ilovaga muvofiq; umumiy o‘rtata’lim muassasalarida “Kasblar oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi inobatga olinsin. 3. Xalq ta’limi bo‘limlari pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho’ba rahbari (N.Qambarova) ga : tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini barcha ta’lim muassasalariga yetkazish, unda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash. 4. Barcha umumiy o’rta ta’lim maktab raxbarlariga: umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasblar oyligi”, “Ustoz-shogird” an’analarini belgilangan tartibda tashkil etilishini nazorat qilish; hududdagi mahalliy tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda professional ta’lim muassasalarida, ishlab chiqarish korxonalarida “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etish, maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokini ta’minlash; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, yoshlar yetakchisi, sinf rahbarlari, psixolog va fan o‘qituvchilarining kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha ularga belgilangan vazifalari ijrosini nazoratga olish; har chorak yakuniga qadar hududda kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma hisobotlarni xalq ta’limi bo’limi pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho‘basi (N.Qambarova)ga taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin. 5.Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish mudir o’rinbosari J.Lutpillayev zimmasiga yuklatilsin. Namangan shahar xalq ta’lima bo’limi mudiri: Z.Djamalov Kelishildi: Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmatlar ko`rsatish markazi yetakchi yuriskonsulti A.Mamadaliyev
NAMANGAN SHAHAR XALQ TA’LIMI BO’LIMIГА ҚАРАШЛИ АКАДЕМИК МАХМУД САЛОХИТДИНОВ НОМЛИ 4-СОНЛИ МАТЕМАТИКА ФАНИГА ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН ДАВЛАТ УМУМИЙ ЎРТА ТАЪЛИМ МАКТАБ ДИРЕКТОРИНИНГ БУЙРУҒИ Download 88.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling