Namangan tuman 25-umumta’lim maktabi o’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchilarining uslubiy birlashma yig’ilishi qarori
Download 109.5 Kb.
|
Документ1
Kun tartibida:
3-chorak yakuni va 4-chorakdagi vazifalar Oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun tayyorlangan materiallar va ularning muhokamasi, o’tkazish natijalari Sinf jurnalining yuritilishi va qo’yilgan ballarning tartibi va to’g’riligi “Abdulla Qodiriy ijodini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’rganish” mavzusida ma’ruza (ma’ruzchi:O. Usubboyeva) ESHITILDI: Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi S. Sulaymonova so’zi tinglandi. U o’z so’zida: 3-chorak yakuni va 4-chorakdagi vazifalar haqida to’xtaldi. ” 2- 3-masala ham uslubiy birlashma a’zolari tomonidan muhokama qilindi Kun tartibidagi 4-masala yuzasidan O. Usubboyeva so’zi tinglandi U o’z so’zida: O’zbek adabiyoti jahon adabiyotining tarkibiy qismidir. 0‘zbek adabiyoti boshqa adabiyotlar singari, milliy zaminda tug‘ilgan va shu zaminda rivojlanib keladi. 0‘zbekiston jahon hamdo‘stligining to’laqonli a’zosi bo’lgan hozirgi kunda faqat o‘zbek adabiyotini o‘rganish uchun yetarli emas. Jahon adabiyotining turli adabiy-tarixiy davrlarda yaratilgan eng yaxshi asarlari va shu asarlarning mualliflari haqida bilimga ega bo’lish, bir tomondan o’quvchilarga o’zbek adabiyotining milliy o’ziga xosligini tushinish imkonini beersa, ikkinchi tomondan ularning adabiyot haqidagi bilimlarini boyitadi. Shuning uchun adabiyot darslilarida boshqa xalqlar adabiyotining ayrim xarakterli namunalari berilgan. Adabiyotning ijtimoiy fan tarmog’i sifatida shu kecha – kunduzda tug’ilib va shakllanib kelayotgab avlodlarni milliy g’oya asosida tarbiyalash ishiga xizmat qilishi zarur. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid (masalan, diniy va milliy totuvlikka raxna soluvchi) milliy g’oyaga zid (masalah, panturkizm, shovinizm, ksenofoniyani targ’ib qiluvchi), milliy iftixor tuyg’usini tarbiyalsh tamoyiliga mos kelmaydigan, (Masalan, g’oyasizlik, tushkunlikka moyillik, kosmopolitizm ruhidagi) asarlar darslikdan joy olmasligi kerak. Odatda adabiyot fani bo’yicha tuzilgan dasturlarda, mumtoz va zamonaviy adabiyot tarixida katta mavqega ega bo’lgan, tarix g’alviridan o’tgan milliy adabiyot taraqqiyotiga muhim hissa qo’shgan yozuvchilar va ularning sara asarlari o’quvchilarga o’rganish uchun tavsiya etib kelinadi. Shaxsni tarbiyalashda ayniqsa, adabiyot fanining o’rni katta. Adabiyotni insonshunoslik deb atalishi bejiz emas. Prezidentimiz I. A. Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida adabiyotga alohida to’xtalib o’tib, “Adabiyot so’z san’ati, azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi”, - deb baho bergan. Shu o’rinda ulug’ adib Abdulhamid Sulaymon og’li Cho’lponning “Adabiyot yashasa, millat yashaydi”, - degan fikrlarini eslash kifoya. Shunday ekan, buyuk ajdodlardan qolgannodir meros-adabiy merosni avlodlar ongiga singdirish, ulardan faxrlanish tuyg’ulari bilan birga, mas’uliyat hissini uyg’otish, buyuk ajdodlarga munosib avlod bo’lish tushunchasini singdirish biz adabiyot fani o’qituvchilarining bosh vazifamizdir. Adabiyot fanlarini o’tishda bir xillik, bir qolipda dars o’tish o’quvchini zeriktiradi, adabiyotdan uzoqlashtiradi. Shuning uchun ham adabiyot darslarini o’tishda yangi pedagogik texnoilogiyalardan foydalanib boorish o’qitishning samaradorligini oshiradi. O. Usubboyevaning soz’larini S. Sulaymonova tasdiqlab, shuningdek, bu tarzda tashkil etilgan darslar o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirishda, ularni adabiyot darslariga qiziqtirishda, o’quvchilarni vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalashda ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi Ona tili va adabiyoti fanidan saboq beruvchi S. Sulaymonovaning darslari oy davomida kuzatilib, fan o’qituvchilari tomonidan tahlil qilindi. Ishlariga muvaffaqiyat tilandi Ona tili va adabiyoti o’qituvchilarining uslubiy birlashmasining keyingi birlashma yig’ilishiga O. Usubboyevaga “Davlat ta’lim standartlari asosida ega va uning ifodalanish mummolarini o’rganish ” tog’risida ma’ruza tayyorlashi haqida aytib o’tildi. Qolavesa, aprel oyi davomida fan o’qituvchilari ko’proq O. Usubboyevaning darslarini kuzatishlari va kelgusi uslubiy birlashma yig’ilishida tahlil qilinishi haqida eslatib o’tildi. Yuqoridagi masalar yuzasidan yig’ilish
Download 109.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling