Namangan tuman 25-umumta’lim maktabi o’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchilarining uslubiy birlashma yig’ilishi qarori


Download 109.5 Kb.
bet9/15
Sana08.01.2022
Hajmi109.5 Kb.
#243835
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Документ1

Kun tartibida:

1.“Navoiy ijodini o’rganishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish” mavzusida ma’ruza (ma’ruzchi: Z. To’xtanazarova)

2. Navoiyxonlik va Boburxonlik haftaliklari natijalari

3. Dars tahlili



ESHITILDI:

Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi

M. Jalilova so’zi tinglandi. U o’z so’zida: Adabiyot insonning ma’naviy dunyosini shakllantirish va axloqiy qiyofasini belgilashda eng samarali ta’sir etuvchi san’at turidir. Bizga ma’lumki, maktabda adabiyot o’qitiushning bosh maqsadi: sog’lom e’tiqodli, o’zga insonning tuyg’ularinni anglaydigan o’tkir hissiyotli, yuksak didli, axloqan barkamol, aqlan yetuk, o’z xatti- harakatiga mas’ul bo’la oladigan komil shaxsning ma’naviy dunyosini shakllantirishdan iborat. Adabiyot o’qituvchilari badiiy asar tahlilining rang- barang usullaridan foydalana olishlari lozim. Aynan mana shu vaziyatda sirtqi sayohat usuli juda qo’l keladi. Bunda o’quvchilar yo’lovchi, o’qituvchi yo’l boshlovchi, navbatchi esa pattachi rolini bajaradi”.

Tajribali o’qituvchi M. Jalilovaning soz’larini O. Usubboyeva tasdiqlab, shuningdek, bu tarzda tashkil etilgan darslar o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirishda, ularni adabiyot darslariga qiziqtirishda ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi

2- masala ham uslubiy birlashma a’zolari tomonidan muhokama qilinib, fevral oyi davomida Navoiyxonlik va Boburxonlik haftaliklari tashkil etilgani, bu ikki adabiyot darg’alarining ijodi maktab o’quvchilarning e’tiboriga havola etilib, ularga nisbatan chuqur hurmat, ehtirom tuyg’ularini shakllantirishda tadbirlar uyushtirilgani aytildi.

Navoiyxonlik va Boburxonlik tadbirlarida maktab o’quvchilari faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, “Yosh tilshunoslar” va “Yosh adabiyotshunoslar” to’garagi a’zolari tomonidan o’tkazilgan tadbirlar alohida diqqatga sazovordir.

Yil davomida Navoiy asarlarini o’rganish oyliklari boshlanganini, shu jumladan fevral oyi Navoiyning “Xazoyin- ul maoniy” asarini o’rganish oyligi ekanligini, bu borada ham tadbirlar , ma’ruzalar tashkil etilganini aytib o’tildi, muhokama qilindi.

Ona tili va adabiyoti fanidan saboq beruvchi O. Usubboyevaning darslari oy davomida kuzatilib, fan o’qituvchilari tomonidan tahlil qilindi, Ustoz o’qituvchidan juda ko’p metodik yordamlar olingani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Ishlariga muvaffaqiyat tilandi

Ona tili va adabiyoti o’qituvchilarining uslubiy birlashmasining keyingi birlashma yig’ilishiga O. Usubboyevaga “Abdulla Qodiriy ijodini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’rganish” mavzusida ma’ruza tayyorlashi haqida aytib o’tildi. Qolaversa, mart oyi davomida fan o’qituvchilari ko’proq S. Sulaymonovaning darslarini kuzatishlari va kelgusi uslubiy birlashma yig’ilishida tahlil qilinishi haqida eslatib o’tildi.

Yuqoridagi masalar yuzasidan yig’ilish




Download 109.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling