Namangan tuman 25-umumta’lim maktabi o’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchilarining uslubiy birlashma yig’ilishi qarori
Download 109.5 Kb.
|
Документ1
Kun tartibida:
Bilimlar bellashuvi va 9-sinf olimpiadasini maktab bosqichini yakuniy natijalari tahlili va bo’shliqlar bo’yicha ishlash vazifalari (S. Sulaymonova) Dars tahlillari va o’qituvchilarga berilgan yordam. Ochiq darslar tahlili Oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun materiallarni tayyorlash uning natijalari Sinf jurnalining yuritilishi va qo’yilgan ballarning tartibi “Ot – so’z turkumini ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida o’rganish” S. Sulaymonova ESHITILDI: Kun tartibidagi masala yuzasidan ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi S. Sulaymonova so’zi tinglandi. U o’z so’zida: “Bilimlar bellashuvi va 9-sinf olimpiadasini maktab bosqichini yakuniy natijalari tahlili va bo’shliqlar bo’yicha ishlash vazifalari haqida to’xtaldi. Unga ko’ra dekabr oyi davomida maktab fan olimpiadalari o’tkazilishi va o’quvchilardan eng iqtidorlilarini tanlab olingani tuman olimpiadalarida qatnashish uchun tavsiya qilingani, bilimlar bellashuvi nizomi bilan tanishib, shu nizom asosida sinflar kesimida eng iqtidorli o’quvchilarni tanlab olish va ularni tuman bosqichida ishtiroklarini ta’minlash masalalari ko’rib chiqildi. Muzokaraga tajribali o’qituvchi O. Usubboyeva va M. Jalilovalar chiqdilar Ular ham o’z fikrlarini bildirdilar Kun tartibidagi 2-3-4masala ham ko’rib chiqildi. Kun tartibidagi 5-masala yuzasidan S. Sulaymonova so’zi eshitildi. U “Ot – so’z turkumini ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida o’rganish” mavzusi yuzasidan ma’ruzalar qildi. “Nutqiy faoliyada har bir til hodisasining o’z o’rni, o’z vazifasi bor. Yoshlar til imkoniyatidan vaziyatga qarab foydalanish malakasiga ega bo’lishlari, o’z fikrini aniq ifodalashga, zarur bo’lgan so’z va gap shaklari, ibora va tasviriy ifodalarni tanlay va qo’llay bilishlari davr talabidir. Buning uchun ona tili o’qituvchisi o’z ixtisosligini puxta bilishi, ilg’or pedagogic texnologiya hamda zamonaviy oquv-texnik vositalaridan yaxshi xabardor bo’lishi lozim. Shundagina ta’lim samarasi ham, o’qitish darajasi ham yuqori bo’ladi” Qolavesa, yanvar oyi davomida fan o’qituvchilari ko’proq M. Jalilovaning darslariga kirishlari va kelgusi uslubiy birlashma yig’ilishida tahlil qilinishi haqida eslatib o’tildi. Yuqoridagi masalar yuzasidan yig’ilish qaror qiladi: 1. Har bir fan o’qituvchilariga ona tili darslarida sifatdoshlarning muhim belgilarini o’quvchilarga o’rgatish yuklatilsin. 2.Maktab va tuman fan olimpiadalariga tayyorlanayotgan o’quvchilar bilan qo’shimcha mashg’ulotlar olib borilsin. 3. “Bilimlar bellshuvi” tanlovi nizomi bilan tanishib chiqilsin 4. Bilimlar bellashuvi tanlovi belgilangan muddatda maktab miqyosida o’tkazilb, iqtidorli o’quvchilarni aniqlab olinsin 5. To’garak mashg’uloti ishlari jonlantirilsin va to’garak a’zolari ishtirokida tadbirlar tayyorlansin Yig’ilish raisi: S. Sulaymonova Kotibi: M. Jalilova
Rishton 26-yanvar Yig’ilishda barcha uslubiy birlashma a’zolari qatnashdi.
Download 109.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling