- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
- FARMONI
- “MAMLAKATIMIZDA O‘ZBEK TILINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA TIL SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”
- (2020-yil 20-oktabr, PF-6084-son)
- 7. 2025-yilga qadar 14 ta onlayn dastur ishlab chiqish, 2030-yilgacha esa ushbu ko‘rsatkichni 25 taga yetkazish;.
- 8. 2030-yilga qadar xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘rgatuvchi markazlar sonini amaldagi 17 tadan 60 tagacha ko‘paytirish;.
- 9. 2025-yilga qadar “O‘zbek tilining do‘stlari” klublari sonini 30 taga, 2030-yilgacha esa 40 taga yetkazish;.
- 10. 2025-yilga qadar davlat maktabgacha ta’lim tizimida o‘zbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish;
-
-
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
- QARORI
- MAMLAKATDA DAVLAT TILIDA ISH YURITISHNI SAMARALI TASHKIL QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
- (20.01.2020-y., 34-son);
- 1. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya qilish, ish yuritishni davlat tilida tashkil etishga shaxsan mas’ul ekanliklari belgilandi.
- 2. Barcha vazirlik va idoralarda rahbarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.
- 3. Maslahatchi o‘z maqomiga ko‘ra davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining o‘rinbosariga tenglashtirildi;.
- 4. Maslahatchi lavozimiga nomzod ustuvor ravishda filolog (o‘zbek tili) va jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma'lumotli hamda yetarli bilim va tajribaga ega shaxslar orasidan tanlab olinadi;
- 5. Maslahatchi har uch yilda bir marta ish o‘rni va ish haqi saqlangan holda, Malaka oshirish markazi va uning hududiy bo‘linmalarida malaka oshiradi.
-
-
Do'stlaringiz bilan baham: |