- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
- QARORI
- O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
- (1995-yil 24-avgust,339-son)
- 1. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlandi.
- 2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy qilish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish belgilandi.
- 2019-2023-yillarda davlat tilini rivojlantirish sohasida
- qabul qilingan qonunchilik hujjatlari:
- 14 ta
- 1 tа – Qonun
- “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”, 10.04.2020 y., O‘RQ-615.
- 2 tа – Prezident Farmoni
- 1. “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 21.10.2019 y., PF-5850-son;
- 2. “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 20.10.2020 y., PF-6084-son.
- 1 tа – Prezident qarori
- “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 04.10.2019 yildagi PQ-4479-son;
- 10 tа – Vazirlar Mahkamasining qarori
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
- O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA
- 1-modda. 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
- DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TO‘G‘RISIDA
- (2022-yil 8-avgust, O‘RQ-788-son)
- 28-modda. Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish shartlari
- Davlat fuqarolik xizmatiga davlat tilini biladigan, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tegishli malaka talablariga va boshqa talablarga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |