- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
- QARORI
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI ATAMALAR KOMISSIYASINING FAOLIYATINI TASHKIL QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
- (29.01.2020-y., 40-son)
- 1. 49 nafar mutaxassislardan iborat tarkibda Vazirlar Mahkamasi huzurida Atamalar komissiyasi tashkil etildi.
- 2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
- 3. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi.
- ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi tushuncha va atamalarning turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda va to‘g‘ri qo‘llanishini ta’minlash;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga, shuningdek, yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
- boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarni normativ-huquqiy hujjatlar normalariga ziyon yetkazmagan holda tahrir qilish;
- o‘zbek tiliga kirib kelayotgan yangi atamalarni qonunchilik hujjatlariga joriy etish va amalda qo‘llashning huquqiy muammolarini o‘rganish, ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash;
-
-
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
- QARORI
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA O‘ZBEK TILINI RIVOJLANTIRISH JAMG‘ARMASINING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA QARORI
- (10.02.2020-y., 73-son);
- 1. Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.
- 2. O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi vasiylik kengashining tarkibi, Tuzilmasi, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
- 3. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
- o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zbek tilini rivojlantirish loyihalariga grantlar ajratish;
- o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha kitoblar, qo‘llanmalar, lug‘atlar va boshqa kitob mahsulotlari chiqarishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
- o‘zbek tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash;
- o‘zbek tilining xalqaro mavqeini mustahkamlash maqsadida davlat tilidagi materiallarni xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlarga va xorijiy mamlakatlardagi o‘zbek tilini o‘rgatish markazlariga yetkazishga ko‘maklashish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining o‘zbek tilini rivojlantirishga oid hujjatlari, yig‘ilish bayonlari va topshiriqlari bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish;
- o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirishda ishtirok etish;
- o‘zbek tilini rivojlantirishga oid media mahsulotlar, kompьyuter dasturlari, mobil ilovalar va boshqa elektron materiallarni tayyorlash ishlarini qo‘llab-quvvatlash.
-
-
Do'stlaringiz bilan baham: |