- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
- QARORI
- ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
- (03.03.2020-y., 117-son);
- 1. Universitet oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilarining malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish hamda atamashunoslik bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi etib belgilandi.
- 2. Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi davlat universitetlari hamda pedagogika institutlari huzurida hududiy bo‘linmalariga ega bo‘lgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tashkil etildi.
- 3. Markazining:
- xodimlari umumiy cheklangan soni 53 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi;
- hududiy bo‘linmalarining namunaviy tuzilmasi;
- Markazning hududiy bo‘linmalari tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.
-
-
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
- QARORI
- O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI BO‘YICHA FUNDAMENTAL VA AMALIY TADQIQOTLAR SAMARADORLIGINI YANADA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
- (11.03.2020-y., 139-son);
- 1. O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tuzilmasida qo‘shimcha 5 ta shtat birligidan iborat Sotsiolingvistika bo‘limi tashkil etildi.
- 2. Institutning sotsiolingvistika sohasidagi qo‘shimcha vazifalari belgilandi:
- o‘zbek tilining rivojlanishi bilan bog‘liq fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va kengaytirish;
- o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish borasidagi ilmiy izlanishlarni kuchaytirish;
- o‘zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqish;
- o‘zbek tilining izohli lug‘atlari, davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qo‘llanma va adabiyotlar tayyorlash;
- davlat tilini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish.
-
-
Do'stlaringiz bilan baham: |