Наманган вилоятидаги ФЎЎБОлари тўғрисида маълумот


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING


Download 0.95 Mb.
bet10/12
Sana23.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1383164
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Слайд З.Рўзиев (Охирги) (2)

  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
  • QARORI
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGIGA QABUL QILISHDA DAVLAT TILINI BILISH DARAJASINI ANIQLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
  • (28.09.2020-y., 592-son)
  • 1. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.
  • 2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibini belgilaydi.
  • talabgor — O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish masalalari bo‘yicha vakolatli davlat organiga murojaat qilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan shaxs;
  • chet davlat fuqarosi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, boshqa davlat fuqaroligiga va o‘zining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lgan shaxs.
  • 3. Talabgor davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihonida qatnashish uchun ariza bilan Markaz yoki uning hududiy bo‘linmalariga shaxsan o‘zi yoxud elektron tarzda murojaat qiladi.
  • 4. Sinov imtihoni test, yozma va og‘zaki shakllarda o‘tkaziladi.

  • Davlat tilini bilishga qo‘yiladigan minimal
  • TALABLAR
  • I. Tinglab tushunish
  • 1. Tanish mavzularda ma’lumot beruvchi matnlarning asosiy mazmunini o‘qib tushuna oladi.
  • 2. Sodda xabarlar, sodda yozma yo‘riqnoma yoki ko‘rsatmalarni tushuna oladi.
  • 3. O‘z qiziqishlari doirasidagi tele yoki radio dasturlar va boshqa manbalarni tinglab, asosiy ma’lumotlarni tushuna oladi.
  • 4. Shaxsiy qiziqish, o‘qish yoki kasbga oid sohadagi og‘zaki manbalarni tinglab, asosiy mazmuni hamda maxsus ma’lumotlarni anglay oladi.
  • 5. Til egasi bilan tanish va maxsus mavzuda muloqotga kirishganda uning aksariyat jihatlarini tushuna oladi.
  • II. Gapirish
  • 1. O‘zi haqida og‘zaki ma’lumot bera oladi.
  • 2. Ijtimoiy-maishiy mavzuda taklif etilgan suhbatga kirisha oladi.
  • 3. Fikrini sodda tarzda izchillik asosida mantiqli tushuntirib bera oladi.
  • 4. Tanish mavzularda o‘z fikrini bildira oladi (kitoblar, filmlar, musiqa xususida).
  • 5. Hikoya yoki muhokama mazmunini sodda iboralar bilan qisqacha gapirib bera oladi.
  • III. O‘qish
  • 1. Tanish mavzularda ma’lumot beruvchi matnlarning asosiy mazmunini tushuna oladi.
  • 2. Joy yoki insonlar tasvirlangan qisqacha matnni tushuna oladi.
  • 3. Sodda xabarlarni, masalan oddiy xatlar, elektron xatlarni tushuna oladi.
  • 4. Sodda yozma yo‘riqnoma yoki ko‘rsatmalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi.
  • 5. Munozarali matnning xulosasini aniqlay oladi.
  • 6. Matn mazmunining asosiy g‘oyasini ajrata oladi.
  • IV. Yozish
  • 1. Shaxsiy xatlar (qisqa xabarlar, tabriklar, eslatmalar va hokazolar)ni yoza oladi.
  • 2. Sodda anketalarni shaxsiy ma’lumot bilan to‘ldira oladi.
  • 3. Rasmiy hujjatlar qoliplari asosida sodda shakldagi hujjatlarni yoza oladi.
  • 4. O‘z qiziqishlariga taalluqli mavzuda qisqa, sodda esse yoza oladi.
  • 5. Rasmiy xat, ish yuritish qog‘ozlarini (ariza, rozilik xatlari, rezyume) yoza oladi.
  • 6. O‘z fikrini imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozma shaklda bayon qila oladi.
  • 7. Imlo qoidalariga rioya qilgan holda diktant yoza oladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling