Namangan xalqaro universiteti
TALABA QUYIDAGI HUQUQLARGA EGA
Download 132.18 Kb. Pdf ko'rish
|
643a45f026f60958092f492c
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. HISOB - KITOB TARTIBI
2.4. TALABA QUYIDAGI HUQUQLARGA EGA:
2.5. Universitet Ustaviga muvofiq tegishli talablarni bajarayotganda talaba quyidagi huquqlarga ega bo'ladi: 2.5.1. Tanlangan dastur bo'yicha o'qish uchun ushbu shartnomaning 1.1- va va 3.1- bandlariga muvofiq bo'lish; 2.5.2. Davlat ta'lim standarti va Universitetning akademik talablariga javob beradigan bilimlarni olish; 2.5.3. Har bir kursni muvaffaqiyatli tugatganda va dastur bo'yicha barcha imtihonlarni topshirganda, mashg'ulot tugagunga qadar tanlangan yo'nalish bo'yicha keyingi kursga erkin o'tish; 2.5.4. Universitet Ustavi doirasida Universitet xodimlari va o'qituvchilari tomonidan akademik xarakterdagi masalalar yuzasidan qo'llab-quvvatlash; 2.5.5. Quyidagi hollarda akademik ta'til uchun murojaat qilish mumkin: 2.5.5.1. Sog'lig'i sababli, tegishli dalillarni, tibbiy ma'lumotnomani va sog'lig'i holatini tasdiqlovchi davlat namunasidagi boshqa hujjatlarni majburiy taqdim etish bilan; 2.5.5.2. Homiladorlik yoki bolani tarbiyalash/parvarish qilish davri munosabati bilan; 2.5.5.3. Yaqin qarindoshini yo'qotish yoki boshqa shunga o'xshash vaziyatlar. Bunday holatlarda ruxsat berish huquqi Universitet ma'muriyati zimmasida qoladi; 2.5.5.4. Armiyadagi majburiy harbiy xizmat munosabati bilan tegishli tasdiqnomani majburiy taqdim etilsa; 2.4.5.5. Boshqa hollarda Universitet rahbariyatining ruxsati asosida amalga oshiriladi. 3. HISOB - KITOB TARTIBI 3.1. 2022/2023 o'quv yili uchun ta'lim xizmatining narxi 9,000,000 (to'qqiz million ) so'mni tashkil etadi. 3.2. Ta'lim uchun to'lov quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi: - 2022-2023 o'quv yili dastlabki 1-semestri uchun: - - shartnoma miqdorining 50% talaba/to'lovchi tomonidan Universitet dasturiy ta'minoti orqali yuborilgan shartnoma qabul qilingandan so'ng 10 (o'n) ish kuni mobaynida amalga oshiriladi; 2022-2023 o'quv yili 2-semestr uchun shartnoma miqdorining 50% talaba/to'lovchi tomonidan 2023-yil 15-mayga qadar amalga oshiriladi; - Har bir keyingi akademik o'quv yilning 1-semestri uchun: - 15 sentabrgacha - Joriy o'quv yil uchun shartnoma miqdorining 50%; - Har bir keyingi o'quv yilning 2-semestri uchun; - 15 fevralgacha - Joriy o'quv yil uchun shartnoma miqdorining 50%; 3.3. Agar shartnoma uchun to'lov Talaba/to'lovchi tomonidan shartnoma tuzilgandan (imzolanganidan) keyin 10 (o'n) ish kunidan kechiktirilsa yoki o'qish uchun ro'yxatdan o'tish muddati tugagandan so'ng qilinsa, bu Universitetga kirish kafolatini bermaydi. To'lov muddati tugagandan so'ng, Talaba Universitetga qabul qilish uchun ariza berishga majburdir, ammo Talabani qabul qilish huquqi/qarori faqat Universitet zimmasida bo'lib qoladi; 3.4. Agar to'lovning oxirgi kuni ushbu shartnomaning 3.2- bandiga muvofiq dam olish kuniga to'g'ri keladigan bo'lsa, to'lovning oxirgi kuni keyingi ish kuni hisoblanadi; 3.5. O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, shuningdek boshqa tegishli qonun hujjatlariga sezilarli tarkibiy o'zgartirishlar kiritilgan taqdirda (bazaviy hisoblash miqdori, mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori o'zgarganda va boshqa hollarda), akademik yil uchun o'qitish narxi Universitet tomonidan bir tomonlama tartibda o'zgartirilishi mumkin. Bunday holda, Universitet talabani kamida 15 kalendar kun oldin o'zgarish haqida xabardor qilish majburiyatini oladi; 3.6. Agar Talabaning qoniqarsiz o'zlashtirshi tufayli kursni yoki bir nechta fan qayta o'qitilsa, o'rganilayotgan (qayta o'qitiladigan) akademik kreditlar miqdori bo'yicha to'liq ta'lim xarajatlari Talaba tomonidan to'lanadi; 3.7. Talabani birinchi/keyingi yil uchun o'qishga qabul qilish/o'tish haqidagi buyruq faqat Universitetning akademik Nizomiga muvofiq, shuningdek, birinchi/keyingi akademik yil uchun to'lovning birinchi qismini to'laganidan so'ng va o'tgan yilining muvaffaqiyatli tugatilganidan so'ng amalga oshiriladi; 3.8. Buyruq kuchga kirgandan so'ng, ushbu shartnomaning 3.7-bandiga muvofiq va o'qish davri boshlangandan so'ng, oldindan to'langan pul miqdori to'liq miqdorda qaytarilmaydi. Shartnoma miqdorini qaytarish tartibi ushbu shartnomaning 3.9- bandiga muvofiq amalga oshiriladi; 3.9. Shartnoma ushbu shartnomaning 4.1-bandiga muvofiq bekor qilinganda, shartnoma summasini qaytarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 3.9.1. Talabalarga - akademik o'quv semestri uchun to'langan va hali boshlanmagan mashg'ulotlar (semestr) uchun pulni qaytarish arizasini bergan payt, hali boshlanmagan semestr to'lovini qaytarishi mumkin. Buning uchun talaba keyingi o'quv davri (semestr) boshlanishidan kamida 10 kalendar kuni oldin shartnoma summasini qaytarish to'g'risida yozma so'rov yuborishga majburdir. Bunda shartnoma summasi 30 kalendar kuni ichida to'lovning umumiy miqdoridan 10% chegirib qaytariladi; 3.9.2. O'qish davri (semestr) mashg'ulotlar boshlanishidan 10 kalendar kun oldin boshlangan hisoblanadi; 3.9.3. Agar talaba keyingi o'quv davri (semestr) boshlanishidan 10 kalendar kun oldin shartnoma miqdorini qaytarish to'g'risida so'rov yubormagan holatda, bu muddat uchun to'langan summa qaytarilmaydi. 3.10. Talabaning mazkur shartnomaning 4.1-bandiga muvofiq shartnoma o'z xohishiga ko'ra bekor qilingan taqdirda, talaba mazkur shartnoma bo'yicha o'qish uchun haq to'lash bo'yicha moliyaviy majburiyatlardan ozod etilmaydi; 3.11. Talabaning va shaxsning (to'lovchi, bank, homiy va h. k.) ta'limini to'lagan shaxsning yuridik va moliyaviy majburiyatlari ikki tomonning alohida shartnomalari bilan tartibga solinadi, uning bajarilishi uchun Universitet hech qanday majburiyatlarga ega emas; 3.12. Xizmat ko'rsatish joyi Universitet hududi hisoblanadi. Ba'zi hollarda (ushbu shartnomaning 2.1.6-bandiga muvofiq mamlakatdagi siyosiy yoki epidemiologik vaziyat tufayli) Universitet masofaviy/onlayn ta'lim shakliga o'zgartirish huquqiga ega. Ushbu o'zgarish shartnoma to'lov miqdoriga ta'sir qilmaydi. Download 132.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling