Namangan xalqaro universiteti
UNIVERSITET QUYIDAGI HUQUQLARGA EGA
Download 132.18 Kb. Pdf ko'rish
|
643a45f026f60958092f492c
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. TALABA QUYIDAGILARNI OZ ZIMMASIGA OLADI
2.2. UNIVERSITET QUYIDAGI HUQUQLARGA EGA:
2.2.1. Talabaning o'z majburiyatlarini bajarishi bo'yicha zarur doimiy monitoringni amalga oshirish; 2.2.2. Agar Talaba tomonidan shartnoma shartlari buzilgan bo'lsa, shuningdek 4.1- bandda ko'rsatilgan hollarda, Universitet rahbariyatining qaroriga asosan ushbu shartnomani bekor qilish huquqiga ega; 2.2.3. Ushbu shartnomaning 2.3-bandida ko'rsatilgan majburiyatlarning buzilishi yoki ta'lim to'lovlarini o'z vaqtida kiritmagan taqdirda, Talabani bino, hudud va Universitet o'quv resurslariga kirishini cheklash va jarimalarni(penya) hisoblash huquqiga ega; 2.2.4. O'qish uchun to'lov qarzlari mavjud bo'lgan taqdirda yoki o'quv soatlariga tashrif buyurmaslikning maksimal miqdori - 20% dan ko’p holatlarda Talabaning imtihonlarga kirishini cheklash. Talabalarni imtihonlarga qabul qilish uchun zarur bo'lgan o'quv soatlari soni qo’shimcha Universitetning Ichki Nizomi bilan belgilanadi va tartibga solinadi; 2.2.5. Talabaning Universitet normativ-huquqiy hujjatlarida ko'rsatilgan ichki tartib qoidalari buzilgan yoki O’zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari buzilgan taqdirda, Talabaning Universitet binosiga, hududiga va o'quv resurslariga kirishini cheklash; 2.2.6. Mazkur shartnomaning 4.1-bandiga muvofiq Talabani ta'lim muassasasidan chetlashtirish/chiqarib yuborish; 2.2.7. Universitet rahbariyatining qaroriga binoan ichki holatga, professor- o'qituvchilar va talabalarga qarab cheklovchi karantin choralarini bir tomonlama joriy etish; 2.2.8. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Universitetning ichki me'yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirish. 2.3. TALABA QUYIDAGILARNI O'Z ZIMMASIGA OLADI: 2.3.1. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oliy o'quv yurtlari talabalariga qo'yiladigan talablarga muvofiq, shuningdek Universitet o'quv jarayoni va faoliyatini tartibga soluvchi Universitetning normativ- huquqiy hujjatlariga muvofiq o'qish; 2.3.2. Universitetning nizomlarida ko'rsatilgan talablarga, shuningdek, Talabaning Universitet hududida va undan tashqarida bo'lgan xatti-harakatlarini tartibga soluvchi boshqa qoidalar va normativ hujjatlar bilan mustaqil ravishda tanishib chiqish va ularga rioya qilish; 2.3.3. Universitetning texnik va boshqa vositalariga, jihozlariga va boshqa mol- mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish; 2.3.4. Shaxsiy talaba profilini Universitet ichki nazorat bazasi orqali rasmiy veb- saytda zarur shaxsiy ma'lumotlar bilan o'z vaqtida to'ldirish va yangilab borish; 2.3.5 Universitetning akademik ustavida ko'rsatilgan keyingi o'quv yili uchun ro'yxatdan o'tish bo'yicha yo'riqnomalarni, shuningdek uning akademik xodimlar tomonidan taqdim etilgan yo'riqnomalarni o'z vaqtida bajarish; 2.3.6. Universitetning ma'muriy va o'qituvchilik tarkibiga hurmat bilan munosabatda bo'lish, shuningdek, Universitetning nizomlarida bayon etilgan boshqa xulq-atvor qoidalariga rioya qilish; 2.3.7. Barcha akademik va intizomiy masalalar bo'yicha ustavlarga, shuningdek Universitetning ichki tartib qoidalari va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qarorlar qabul qilish yakka tartibda (Talaba faqatgina o'zi) amalga oshiradi va javobgar hisoblanadi; 2.3.8. Universitetda o'qish uchun talab qilingan to'lovni o'z muddatida va ushbu shartnomaga muvofiq to'liq to'lanishini ta'minlash; 2.3.9. Universitet Buxgalteriya bo'limiga o'qish uchun to'lov to'langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish; 2.3.10. Tijorat banki (yoki boshqa To'lovchi) bilan ta'lim olish uchun kredit shartnomasi tuzilgan taqdirda, u barcha tomonlar tomonidan rasmiylashtirilgandan so'ng mazkur shartnomaning haqiqiy nusxasini Universitet yuridik bo'limiga taqdim etish; 2.3.11. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan siyosiy, diniy va boshqa tashkilotlarda yoki harakatlarda ishtirok etmaslik; 2.3.12. O'zbekiston Respublikasi hukumat komissiyasi (yoki Universitet) tomonidan karantin izolyatsiyasi e'lon qilinganida va boshqa cheklovli holatlarda, onlayn / masofadan o'qish uchun sharoitlarni mustaqil tashkil etish (barqaror Internet aloqasi, uskunalar va boshqalar); 2.3.13. Tomonlarning kelishuvi bo'yicha boshqa shartlar va kafolatlarni bajarish. Download 132.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling