Namangan xalqaro universiteti


Download 132.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana07.05.2023
Hajmi132.18 Kb.
#1437880
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
643a45f026f60958092f492c

4. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
4.1. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
4.1.1. Tomonlarning o'zaro roziligi bilan;
4.1.2. Universitetning akademik va talabalar nizomlari, xodimlari va qoidalariga
rioya etilmasligi, intizomiy buzilishi yoki hurmatsizlik munosabati bilan Talaba ta'lim
olishdan chetlashtirilganda;
4.1.3. Agar tomonlardan biri shartnoma shartlarini bajarmasa;
4.1.4. Talaba o'quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan dalil asosida;
4.1.5. Akademik ta'tildan keyin yoki o'qishni to'xtatishdan keyin o'qishni davom
ettirishda uzoq vaqt kechiksa. Kechikishning haddan tashqari ko'pligi Universitet
rahbariyati tomonidan alohida ko'rib chiqiladi;
4.1.6. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqa hollarda.
4.1.7. Talaba Universitetning ichki hujjatlarida belgilangan qoidalarni bir marta
qo'pol yoki muntazam ravishda buzgan, huquqbuzarlik va/yoki jinoyat sodir etgan
hollarda shartnomani bir tomonlama bekor qilish;
4.1.8. Talaba tomonidan qabul imtihonlarida ayyorlik, tovlamachilik, firibgarlik va
boshqa shunga o'xshash belgilangan tartibga zid yo'llar bilan o'qishga qabul
qilinganligi aniqlanganda


4.1.9. Talaba o'qish davrida korrupsiya yoki korrupsiya holatlari bilan bog'liq
huquqbuzarlikni amalga oshirgani aniqlanganda.
4.1.10. Talaba vafot etsa;
4.1.11. Universitetning boshqa bino/joyga ko'chirilishi, masofaviy ta'lim shakliga
o'tishi taraflar ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan holat hisoblanmaydi va Talaba
Universitetning talabiga ko'ra boshqa bino/joyga va/yoki masofaviy ta'lim shaklida
o'qishni davom ettirishi kerak bo'ladi. Ushbu holatda Talaba ushbu shartlarga rozi
bo'lmasa va o'qishni davom ettirmasa Universitet shartnomani bir tomonlama bekor
qilib amalga oshirilgan to'lovni qaytarmaydi. Agar Talaba ungacha muddatda ushbu
shartnomada belgilangan (1-semestr to'lovi miqdorida; agar shartnoma 2-semestr
davrida bekor qilinsa – 1-yillik to'lov miqdorida) to'lovni amalga oshirmagan bo'lgan
taqdirda Talaba ushbu qarzdorlikni to'lashni o'z majburiyatiga oladi.

Download 132.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling