Наммпи “Иқтисодиёт” кафедраси доценти Р


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/38
Sana22.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1648219
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
MUHAYYO Kurs ishi materiallari

10.-jadval.
O‘zbekiston moliya bozoridagi portfel investitsiyalarga muvofiq 
investitsiyalar yo‘nalishlarini taqsimlash mezonlari
1
 
Investitsion portfelning
maqsadi 
Aktsiyalar 

Obliga- 
tsiyalar 

Pul 
rezervlar
i, % 
Kapitalni asrab qolish 
10 
55 
35 
Joriy daromadlilikka erishish 
30 
60 
10 
Uzoq muddatli o‘sish 
70 
25 

Daromadlilikni oshirish va istiqbollarini 
ta’minlash 
40 
50 
10 
Chayqovchilik 
50 
35 
15 
1
Imomov X.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. O‘quv qo‘llanma. –T.: “TDIU”. 2010. –B.78. 


80 
Xatarning eng past darajasini ta’minlangan holda eng yuqori daromadga 
erishish murakkab vazifadir, uni hal etishda investor o‘z investitsion portfelini 
har kuni qayta ko‘rib chiqishi va zarur o‘zgarishlarni kiritishi lozim. Buning 
uchun qimmatli qog‘ozlar bozori holatini, iqtisodiy konyunkturani va 
mamlakatdagi hamda jahondagi siyosiy vaziyatni uzluksiz tahlil etib borish talab 
qilinadi 10.-jadval). 
Iktisodchilardan E. Smirnova riskni yuzaga kelishini quyidagicha ta’riflab 
o‘tadi: risk – bu dinamik holatda paydo bo‘lib, u doim harakatda va 
rivojlanishda bo‘ladi. Bunday rivojlanishni “risk mexanizmi” deb ataladi, 
mazkur mexanizm riskni o‘zgarishini va vaqtini belgilab beradi. Demak,
Pensiya fondi o‘z investitsion siyosatini ishlab chiqishi va pensiya tizimini 
takomillashtirib borishi talab etiladi. Bu siyosat Fuqarolik kodeksiga, Budjet 
kodeksiga, «Investitsion faoliyat to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar va fond 
birjasi to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatining mexanizmi 
to‘g‘risida» qonunlarga, shuningdek investorlarning qimmatli qog‘ozlar 
bozoridagi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarga asoslanadi. 
Pensiya fondining investitsion siyosati fond faoliyati barqarorligini 
ta’minlash, operatsiyalaridan foydani ko‘paytirish, xatar darajasini pasaytirish, 
fond balansi likvidligini ta’minlab turish maqsadlarida fondning portfel 
investitsiyalarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishga 
qaratiladi. Investitsion siyosat pul mablag‘larini fondning moliyaviy 
ehtyojlarini qondirishga safarbar etadi. Pensiya fondi faoliyatidagi xatar 
darajasini minimallashtirishda pul mablag‘lari kelib tushishi va mablag‘lar 
sarflanishini vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirish juda muhim vazifadir. Davriy 
ravishda, to‘lovlarni bajarishi muddatlari etib kelganda fond pul mablag‘larining 
bir qismini portfel investitsiyadan bo‘shatib oladi. Bu maqsadda fond 
investitsiyalarni ham, jalb etilgan mablag‘larni ham vaqti va hajmi bo‘yicha 
diversifikatsiyalaydi. Masalan, fond resurslari muddatlariga mos ravishda
portfelni ham mablag‘larni shu muddatlarda daromadlarini boy bermasdan 
portfeldan bo‘shatib olishni rejalashtirib shakllantirishi lozim. Soliqqa 


81 
tortiladigan bazani kamaytirish maqsadida Pensiya fondi bo‘sh pul mablag‘larini 
turli moliyaviy dastaklarga joylashtiradi. Bu dastaklar orasida soliqqa 
tortilmaydiganlari ham bo‘ladi, masalan, davlat obligatsiyalari.
Qimmatli qog‘ozlardan daromadlar qanchalik darajada maqbul ekanligini 
aniqlash uchun Pensiya fondi ularni boshqa qo‘yilmalar bilan taqqoslaydi. 
Daromadlilik qo‘yilgan mablag‘lar bir yilga aylantirib hisoblanganda qancha 
foiz 
foyda 
keltirayotganligini bildiradi. 
Turli 
moliyaviy 
dastaklarga 
qo‘yilmalardan sof daromadni taqqoslash natijasida daromadlilik nuqtai 
nazaridan eng afzal moliyaviy dastaklarni aniqlash mumkin. Hozirgi paytda 
mamlakatimiz iqtisodiyotining moliyaviy mablag‘lari pensiya fondi ixtiyorida 
ham to‘plangan. Bu mablag‘lardan xatarning minimal darajasida maksimal 
foyda olib foydalanishni ta’minlanishi zarur. Xatarni pasaytirishning eng 
ta’sirchan omili esa aktivlarni iqtisodiyotning turli sohalariga investitsiyalashdir. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling