Наммпи “Иқтисодиёт” кафедраси доценти Р
-jadval. Jamg‘ariladigan pensiya tizimidagi mablag‘larga foizlar to‘lash
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
MUHAYYO Kurs ishi materiallari
9-jadval.
Jamg‘ariladigan pensiya tizimidagi mablag‘larga foizlar to‘lash 1 . (foizda) Yillar Majburiy Ixtiyoriy 2005 10 10 2006 10 10 2007 10 10 2008 10 10 2009 9 9 2010 8 8 2011 8 24 2012 8 24 2013 7 24 Aksincha, jamg‘ariladigan pensiya ta’minotiga tushumlarning ko‘payishi daromad solig‘ining pasayishi hisobiga yuz bermasa, u holda, ajratmalarni taqsimlanuvchi va jamg‘arib boriladigan tizimlar o‘rtasida qayta taqsimlashni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrdagi “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy kiritilgan badallariga inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda daromadlar qo‘shib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 1 O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrdagi “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi 1438-sonli Qarori. 74 yil 26 noyabrdagi 1438-son Qaroriga ko‘ra, ixtiyoriy kiritilgan mablag‘larga 2011 yildan boshlab Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 2 baravari miqdorida daromadlar qo‘shib kelinmoqda (9.-jadval). Fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan huquqlari Konstitutsiya bilan kafolatlanib, bu masala uning 39-moddasida aks ettirildi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi huquqiy asosini shakllantirish “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinishi bilan boshlandi. “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 21 dekabridagi 595-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora- tadbirlari haqida»gi “Xalq banki tomonidan fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida shaxsan hisobga olishni yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”, “Fuqarolarning Xalq bankidagi shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish hamda ularga majburiy va ixtiyoriy badallarni to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, “Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridan mablag‘ to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va “Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling