Наммпи “Иқтисодиёт” кафедраси доценти Р


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/38
Sana22.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1648219
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Bog'liq
MUHAYYO Kurs ishi materiallari

1
. Bizning fikrimizcha, mamlakatimida nodavlat 
pensiya jamg‘armalarining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va
amaliyotga joriy etish natijasida bu boradagi iqtisodiy islohotlarning
ko‘lami yanada chuqurlashdi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimiz bank-
1
Axmedov M. Iqtisodiyotda “uzun” moliyaviy resurslar salmog‘ini oshirishda nodavlat pensiya
jamg‘armasining ahamiyati. // Moliya. -Toshkent. 2012. №2. – B.132. 


67 
moliya tizimi moliyaviy barqarorligini mustahkamlaydi. Iqtisodiyotning
strategik tarmoqlardagi investitsion loyihalarni amalga oshirishda yana bir 
turtki vazifasini bajaradi. Mamlakatimizda fuqarolarning jamg‘arib 
boriladigan pensiya ta’minoti mablag‘lari ham muddatiga ko‘ra “uzun” 
moliyaviy resurslar sifatida qaraladi. Chunki ish beruvchi tomonidan
xodimga ish haqi hisoblanib, uni to‘lash bilan bir vaqtda jamg‘arma
hisobiga tegishli summa o‘tkaziladi. Hozirda jamg‘armani shakllantirishda
ixtiyoriy badallar ulushi sezilarisiz salmoqqa ega, shu jihatidan ushbu 
tizimni yanada takomillashtirish va nodavlat pensiya jamg‘armalari bilan 
shug‘ullanuvi moliyaviy tashkilotlar tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, Evropa mamlakatlarida xususiy fondlar pensiya 
fondlarining mablag‘larini boshqaruvchi kompaniyalar raqobat asosida 
boshqarish huquqini qo‘lga kiritadilar. Bu esa, pensiya fondlari mablag‘larini 
to‘lov qobiliyati darajasi yuqori bo‘lgan kompaniyalar ixtiyoriga berish 
imkonini yuzaga keltiradi. Boshqaruvchi kompaniyalar mablag‘larni ishonchli 
va daromadli investitsiyalash ob’ektlariga yo‘naltiradilar. Pensiya fondlarining 
mablag‘laridan samarali foydalanishlari uchun boshqaruvchi kompaniyalar 
o‘zlarining moliyaviy mablag‘lari va mulklari bilan javob beradilar. 
Evropaning taraqqiy etgan mamlakatlarida pensiya fondlarining aktivlari 
katta miqdorda bo‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan yuqori salmoqni 
egallaydi. Bu esa, ularda pensiya fondlari faoliyatining yaxshi yo‘lga 
qo‘yilganligidan dalolat beradi. Ko‘p pog‘onali pensiya tizimi ijtimoiy 
risklardan sug‘urtalanish imkonini beradi. Buyuk Britaniya va Gollandiyada 
pensiya fondlarining katta miqdorda aktivlarga ega ekanligi ularning investitsion 
faoliyatini Evropaning boshqa mamlakatlariga qaraganda samarali ekanligidan 
dalolat beradi. Ammo shu bilan birga ayrim Evropa mamakatlarida pensiya 
fondlarini nisbatan kichiq miqdordagi aktivlarga ega ekanligi aholi sonini 
kamligi, xususiy pensiya tizimiga ishlovchilarning sezilarli qismini jalb 
etilganligi kabi omillar bilan izohlanadi. 


68 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling