Наммпи “Иқтисодиёт” кафедраси доценти Р
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
MUHAYYO Kurs ishi materiallari
58 II BOB bo‘yicha xulosa Tadqiqotlar natijasida ikkinchi bob yuzasidan quyidagi xulosalar tayyorlandi: 1. Investitsiyalashdan maqsad kapitalni joylashtirish va undan foyda olishdir. Jamg‘armalar esa investitsiyalarning manbai bo‘lib xizmat qiladi. Investitsiya vositasida ishlab chiqarish kengaytiriladi, texnik va texnologik jihatdan takomillashtiriladi. Investitsiya tadbirkorlik faoliyatining moddiy-iqtisodiy negizi hisoblanadi. 2. Investitsion faoliyat turlari, xususan, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga mumkin bo‘lgan investitsiya faoliyati turlari bo‘yicha shug‘ullanish bu - moliyaviy investitsiyalar yo‘naltirishdir. 3. Moliyaviy investitsiyalar – ma’lum davr davomida iktisodiy foyda ko‘rish maqsadida quyilgan pul ko‘rinishidagi kapitalni bildiradi. «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli 12-son BXMS standartida qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan investitsiyalarni foiz, royalti, dividentlar va ijara haqi shaklida daromad olish, investitsiya qilingan kapitalning o‘sishi yoki investitsiya qilayotgan tomonidan foyda olish maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida bo‘lgan aktivlar sifatida ta’riflaydi. Moliyaviy investitsiyalarni joriy va uzoq muddatli investitsiyalarga ajratiladi. 4. Qimmatli qog‘ozlar bozorining mohiyati iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larini talab mavjud joyga tez va samarali etkazishni ta’minlashdir. Demak, qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘lari miqdori bilan uzviy bog‘liq. Mamlakat iqtisodiyotidagi pul massasini oshirishga qaratilgan makroiqtisodiy siyosat ta’sirida milliy qimmatli qog‘ozlar bozorini barqaror sur’atlarda rivojlanishiga erishilmoqda. 5. Moliyaviy qo‘yilmalarni qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltiriladi. Qimmatli qog‘ozlarni ikki guruhga ajratish mumkin: qimmatli qog‘ozlar bozorida doimiy muomalada bo‘layotgan va doimiy muomalada bo‘lmayotgan 59 qimmatli qog‘ozlar. Tijorat banklari asosan bozorda doimiy muomalada bo‘layotgan qimmatli qog‘ozlar bilan ish olib boradi, ularni istalgan paytda sotib yuborish mumkin. Bu qimmatli qog‘ozlarni likvidligi yuqori bo‘ladi. Bozorda muomalada bo‘lmayotgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bank uchun xatar darajasi ancha yuqori bo‘ladi, bunday qog‘ozlarni ishonchliligiga emitent ahvolidagi har qanday o‘zgarish ta’sir etadi. 6. Investor sotib olayotgan qimmatli qog‘oz kafolatlangan daromadlilik stavkasiga ega bo‘lsa, kutilayotgan daromad darajasi bo‘yicha xatar mavjud bo‘lmaydi. Lekin, daromad darajasi oldindan belgilab va kafolatlab qo‘yilmagan hollarda kutilayotgan daromadlilik bo‘yicha xatar yuzaga keladi. Albatta, kutilayotgan daromadlilik emitentning kelajakdagi moliyaviy ahvoliga bog‘liq. 7. Qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalar uchun muayyan xatarlar xos ekanligi investitsion portfelni shakllantirish va boshqarishda e’tiborga olinishini zarur qilib qo‘yadi. Qimmatli qog‘ozlar portfelini tarkibi xatar bilan daromad o‘rtasidagi muayyan nisbat bilan xarakterlanadi. Odatda, daromadligi yuqori qimmatli qog‘ozlar uchun xatarning ham yuqori darajasi xos bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlar portfeli tarkibini shakllantirishdagi maqsad alohida olingan qimmatli qog‘ozga investitsiyalashda erishib bo‘lmaydigan investitsion xususiyatlarga ularning kombinatsiyasi orqali erishishdir. O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozorida portfel investitsiyalar asosan banklar tomonidan amalga oshiriladi. Bankning daromadi investitsiyalardan olingan daromad bilan kreditorlar oldidagi majburiyatlarini bajarishdagi xarajatlar o‘rtasidagi tafovut sifatida hosil bo‘ladi. 8. Pensiya jamg‘armasiga mumkin bo‘lgan investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi holatni tahlil qilish kerak. Mamlakatimizda kuzatilayotgan makroiqtisodiy o‘sish va qimmatli qog‘ozlar bozorida erishilayotgan yutuqlarni o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilishda korrelyatsion tahlildan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling