Namoyish etuvchi dasturiy vositalar


Download 43.42 Kb.
bet4/21
Sana13.04.2023
Hajmi43.42 Kb.
#1352588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Pedagogik dasturiy vosita nima

6. PDV qanday turlari bor.
PDVning quyidagi turlari mavjud:

  • namoyish etuvchi(demonstratsion) dasturlar;

  • nazorat (tekshirish) dasturlari;

  • о’rgatuvchi va trinajer dasturlar;

  • kompyuterli о’qitish muhitlari;

  • о’qituvchi dasturlar;

  • kompyuterli texnologik qurilmalar imitatori;

  • о’qitishga mо’ljallangan ekspert – о’qituvchi tizimlar;

Namoyish etuvchi dasturlar о’quv materialini kо’rgazmali taqdim etish uchun hamda о’rganilayotgan qonuniyatlarni, ob'yektlarning о’zaro aloqasi vertuallashtirish va vizuallashtirish uchun mо’ljallangan. Vizuallashtirish bu tasavvurlarni haqiqiy tasvirlarini obrazlarini kо’rinarli holatda yaratishdir[3], vertuallashtirish esa (lotincha virtualis —ehtimol) — aniq mavjud bо’lmagan ma‘lum bir sharoitlarda sodir bо’lishi mukinligi hisobga olingan ob‘ektlarni kо’rinishini kompyuterli ifodalash bо’lib, bunda shu ob‘ektning barsha qirralari hisobga olinadi.
Nazorat qiluvchi dasturlar–о’quv materialini о’quvchilar tomonidan qanday darajada о’zlashtirishini nazorat qilish uchun mо’ljallangan. Bunga asosan test dasturlaridan Easy Quizzy, Adestest, Mytest, Ispring va h.k. dasturlardir. Ba‘zan PDV yaratiluvchi dasturlar tarkibida ham maxsus testlashtiruvchi dasturlar mavjud bо’ladi. Masalan, Moodle, TurboSait va h.k.
О’rgatuvchi dasturlar–yangi materialni о’quvchilar tomonidan о’rganish, о’zlashtirish uchun mо’ljallangan bо’lib, maxsus dasturlar asosida ishlab chiqiladi. Masalan, Autoplay, Adobe Flash, Html va Javascript, Micromedia Dramveawer, Delphi, Visual Basic, C++ va boshqa zamonaviy dasturlash tillari yordamida
Trenajyorlar–о’rganilgan materiallarni takrorlash va mustahkamlash orqali malaka va kо’nikmalar shakllantirish uchun mо’ljallangan; "Trenajer" sо’zi - XX asrning oxirida paydo bо’lgan neologizm(ekchadan, yangi sо’z), madaniyat taraqqiyotining boshlanich bosqichida qо’llanila boshlangan tushunchaning о’zida insonni о’qitish va unda muayyan kо’nikmalarni yaratish uchun qurilma ma‘nosini beradi. «Men kabi bajar » printsipi bо’yicha amalga oshiriladi.
Kompyuterli о’qitish muhitlari – zarur bо’lgan axborotlarni kompyuter orqali о’rganib olish uchun mо’ljallangan; Bunga modellashtiruvchi dasturlar – ob'yekt, jarayon va hodisani о’rganish va tadqiqot qilish maqsadida uning modelini yaratish uchun mо’ljallangan. Imitatsion vositalar – voqelikning biror-bir ma'lum jihati, funktsional xarakteristikalarini cheklangan parametrlar orqali о’rganish uchun mо’ljallangan.
О’yin vositalari –eng maqbul yechim yoki amallar strategiyasini qabul qilish maqsadida о’quv holatlarini ―о’ynash (―boshdan о’tkazish) uchun mо’ljallangan. Hordiq vositalari – о’quv jarayonidan tashqari vaqtda о’quvchi e'tibori, reaktsiyasi, xotirasi va h.k.larni rivojlantirish uchun mо’ljallangan dasturlardir.

Download 43.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling