Namuna olingan bo‘lsa, uning tarkibidagi kislorodning massasi


Download 1.6 Mb.
bet9/69
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1515816
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
Bog'liq
KImyodan masala ishlash usullari

8.5. ERUVCHANLIK KOPAYTMASI
Suvda va boshqa erituvchilarda mutlaqo erimaydigan moddalar mavjud emas. Modda juda oz bo‘lsa-da, u yoki bu erituvchida eriydi. Kam eriydigan moddalarning eruvchanligini eruvchanlik ko‘paytmasi (Kos) yordamida tasvirlash mumkin. Masalan, BaSO4 ning suvdagi eritmasida quyidagi muvozanatni kuzatish mumkin:
BaSO4Ba2++SO42-.
Bu muvozanatga massalar ta'siri qonuni tatbiq etilsa:

hosil bo‘ladi. Bu tenglamadagi K va [BaSO4] doimiy sonlar bo‘lganligi uchun K·[BaSO4]=Kos=[Ba2+][SO42-]
ni yozish mumkin. Bu erda [Ba2+] va [SO42-] - eritmadagi Ba2+ va SO42- ionlarining muvozanatdagi konsentratsiyalari, mol/l.
Umumiy ko‘rinishda KtaAbKtb++Aa- muvozanat uchun Kos=[Ktb+]a[Aa-]b qiymatni yozish mumkin. Eruvchanlik ko‘paytmasi qiymati qancha katta bo‘lsa, cho‘kma shuncha kam eruvchan bo‘ladi. Bir qator ko‘p tarqalgan kam eruvchan moddalarning 25 oC da suvdagi eruvchanlik ko‘paytmalari qiymatlari 3-ilovada keltirilgan.
Cho‘kmalarning eruvchanligini (mol/l) sc qiymat orqali quyidagicha ifodalash va aniqlash mumkin:
.
ni eruvchanlik koeffitsienti orqali topish uchun uni mol/l (molyar konsentratsiya) orqali ifodalash kerak bo‘ladi.
8.83. Bariy sulfatning 18 oC dagi eruvchanlik koeffitsienti 2,2·10-4 g. Bariy sulfatning shu haroratdagi eruvchanlik ko‘paytmasini hisoblang.
Yechish: Bariy sulfatning shu haroratdagi eruvchanligini mol/l dagi qiymatini topamiz:
mol/l.
BaSO4Ba2++SO42-
muvozanatga ko‘ra eritmadagi BaSO4 konsentratsiyasi Ba2+ va SO42- konsentratsiyalari yig'indisiga teng bo‘lganligi uchun
Kos=[Ba2+][SO42-]=9,44·10-6·9,44·10-6=8,9·10-11.
8.84. Kalsiy gidroksidning 25 oC dagi eruvchanlik koeffitsienti 1,55·10-1 g bo‘lsa, shu moddaning eruvchanlik ko‘paytmasi qanday bo‘ladi?
Yechish: Kalsiy gidroksidning 25 oC dagi eruvchanligi:
mol/l.
Ca(OH)2Ca2++2OH-
muvozanatga ko‘ra [Ca2+]=2,09·10-2; [OH-]=2·2,09·10-2=4,18·10-2 mol/l.
Kos=[Ca2+][OH-]2=(2,09·10-2)·(4,18·10-4)2=3,65·10-6.
8.85. Kalsiy ftoridning 18 oC dagi eruvchanlik koeffitsienti 1,6·10-3 g bo‘lsa, shu moddaning eruvchanlik ko‘paytmasini aniqlang. (Javob: 3,45·10-11).
8.86. Qo‘rg‘oshin ftoridning 18 oC dagi eruvchanlik koeffitsienti 0,064 g bo‘lsa, shu moddaning eruvchanlik ko‘paytmasini aniqlang. (Javob: 7,11·10-8).
8.87. Kumush bromidning 25 oC dagi eruvchanlik koeffitsienti 1,65·10-5 g bo'lsa, shu moddaning eruvchanlik ko‘paytmasini aniqlang. (Javob: 7,7·10-13).
8.88. Kumush karbonatning 20 oC dagi eruvchanlik koeffitsienti 0,0032 g bo‘lsa, shu moddaning eruvchanlik ko‘paytmasini aniqlang. (Javob: 6,24·10-12).
8.89. Kadmiy sulfidning 25 oC dagi eruvchanlik ko‘paytmasi 6,5·10-28 bo‘lsa, uning eruvchanlik koeffitsienti qanday bo‘ladi?

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling