Namuna olingan bo‘lsa, uning tarkibidagi kislorodning massasi
Download 1.6 Mb.
|
KImyodan masala ishlash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.4. KOMPLEKS BIRIKMALAR
12.3. TUZLAR
12.30. Tarkibida 31,84 % bir valentli metall, 39,18 % kislorod va qolgani xlordan iborat tuzning formulasini toping. Yechish: Masalani yechish uchun ifodaning birinchi qismi tanlab olinib, , undan Ar topilsa, Ar=39 kelib chiqadi. Demak, bir valentli metall kaliy ekan. 12.31. CaCO3 va Ca2(PO4)3 aralashmasi havosiz joyda qizdirilganda, uning massasi 11 % kamaygan bo‘lsa, tuzlarning dastlabki aralashmadagi massa ulushlarini toping. Yechish: CaCO3 va Ca2(PO4)3 aralashmasi havosiz joyda qizdirilganda CaCO3 parchalanadi va shuning hisobiga aralashmaning massasi kamayadi. Masalani yechish uchun aralashmaning ixtiyoriy massasini, masalan, 100 g tanlab olamiz. 100 aralashmadagi CO2 massasi: g. 11 g CO2 karbonat angidrid qancha CaCO3 ga to‘g‘ri kelishini topamiz: 44:100=11:x, x=25 g, demak, uning massa ulushi: . Shu asosda ikkinchi moddaning massa ulushi: ekanligi kelib chiqadi. 12.4. KOMPLEKS BIRIKMALAR Kompleks birikmalar kristall holida ham eritmada ham mustaqil mavjud bo‘la oladigan oddiyroq zarralardan tuzilgan murakkab tuzilmalardir. Masalan, K2[HgJ4] kompleks birikma bo‘lib, u Hg2+ va KJ dan hosil bo‘ladi: Hg2++4KJK2[HgJ4]+2K+. Kompleks birikmalarning tuzilishi haqida 1893 yilda Verner tomonidan olg‘a surilgan koordinatsion nazariyaga ko‘ra kompleks birikma ichki va tashqi sferalardan iborat bo‘lib, ichki sferaga kompleks hosil qiluvchi markaziy atom va zaryadlangan yoki neytral ligandlar kiradi. Ular kompleks hosil qiluvchiga tortilgan bo‘ladi. Ichki sfera musbat yoki manfiy zaryadlangan bo‘lishi mumkin. Masalan, K4[Fe(CN)6] kompleks birikmada K+ tashqi sferani, [Fe(CN)6]4- ichki sferani tashkil etadi. Ichki sferadagi Fe markaziy atom, CN ligand, 6 koordinatsion son. Koordinatsion son markaziy atomning tabiatiga mos ravishda 2, 4, 6 va 8 bo‘lishi mumkin. Kompleks ionning zaryadi markaziy atom va ligand zaryadlarining arifmetik yig‘indisi bo‘yicha aniqlanadi. Ichki sferada bitta yoki bir nechta markaziy atom bo‘lishi mumkin. Agar ichki sferada bitta markaziy atom bo‘lsa, kompleks bir yadroli, ikkita va undan ortiq markaziy atomlar bo‘lsa, poliyadroli komplekslar haqida gapiriladi. Ligandlar markaziy atom bilan -, (,)- yoki faqat - bog‘lanishlar bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Markaziy atom bilan shakllanadigan - yoki (,)- bog‘lanishlarning soni ligandning dentantligini (denta tish) belgilaydi. Masalan, va komplekslar qarab chiqilsa, birinchi kompleksdagi ligand (NH3) monodentant bo‘lib, ikkinchi kompleksdagi ligand (NH2CH2OCO) bidentantdir. Kompleks birikmalarni nomlashda undagi ichki sfera (kompleks ion) ning zaryadiga asosiy e'tibor qaratiladi. O'zbek tili qoidalariga ko‘ra oldin musbat zaryadli ion, so‘ngra manfiy zaryadli ion aytiladi. Masalan, K4[Fe(CN)6] kompleksini olsak, u kaliy geksatsianoferrat (II) deb nomlanadi. [Cu(NH3)4]SO4 kompleksi Mis (II) tetraammin sulfat deb ataladi. Ayrim komplekslarda ligand ko‘p atomli bo‘lsa va bu atomlarning har biri muayyan sharoitda bog‘lanishda qatnashsa, bundan ligand ambidentant ligand deb ataladi. Bunday ligandli komplekslar nomlanganda qaysi atom orqali bog‘lanish mavjudligi ma'lum bo‘lsa, shu atom ko‘rsatiladi. Masalan, [Co(NCS)4]2- va [Hg(SCN)4]2- kompleks ionlar berilgan bo‘lsa, ulardan birinchi tetrakis(tiotsianato-N) kobaltat (II), ikkinchisi tetrakis(tiotsianato-S) merkurat (II) deb nomlanadi. NO2- ligandi ambidentant bo'lib, u NO2 holatida nitro-, ONO holatida esa nitrito-ligand deb ataladi. 12.34. Quyidagi kompleks ionlardagi markaziy atomning oksidlanish darajasini aniqlang: [PtCl4]2-; [Co(NO2)6]3-; [Fe(CN)6]4-; [Cu(NH3)4]2+; [AlF6]3-; [Fe(CN)6]3-; [Fe(CNS)6]3-. (Javob: +2, +3, +2, +2, +3, +3, +3). 12.35. Quyida keltirilgan kompleks birikmalarni nomlang: a) K2[PtCl4]; b) Na3[Co(NO2)6]; c) K4[Fe(CN)6]; d) [Cu(NH3)4]Cl2; e) Na3[AlF6]; f) K3[Fe(CN)6]; g) (NH4)3[Fe(CNS)6]. (Javob: a kaliy tetraxloroplatinat(II), b natriy geksanitritokobaltat(III), c kaliy geksatsianoferrat(II), d mis (II) tetraammin xlorid, e natriy geksaftoroalyuminat, f kaliy geksatsianoferrat(III), g ammoniy geksarodanoferrat(III)). 12.36. Quyida nomlari keltirilgan kompleks birikmalarning formulalarini yozing: a) natriy geksaftorovanadat (V), b) natriy tetratiostannat(IV), c) temir (II) geksatsiano-N-ferrat (III), d) kaliy geksaftoromolibdat (III). (Javob: a Na[VF6], b Na4[SnS4], c Fe3[Fe(NC)6]2, dK3[MoF6]). Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling