Namuna olingan bo‘lsa, uning tarkibidagi kislorodning massasi


MURAKKABLASHTIRILGAN MASALALAR


Download 1.6 Mb.
bet21/69
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1515816
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69
Bog'liq
KImyodan masala ishlash usullari

13. MURAKKABLASHTIRILGAN MASALALAR
13.1. Tarkibida 3 % bornit (Cu5FeS4) va 2,5 % xalkopirit (CuFeS2) bo'lgan rudadan 64 kg mis olish uchun qancha ruda talab etiladi?
Yechish: Tarkibiy qismlarning molyar massalari asosida proporsiyalar tuzamiz, buning uchun bornitdagi misning massasini m1 va xalkopiritdagi misning massasini m2 deb olamiz: 504:320=m1:a; kg va 184:64=m2:b; kg. a va b qiymatlar yig‘indisi olinishi kerak bo‘lgan misning massasiga teng:
(320·m1:504)+(64·m2:184)=64.
Hosil qilingan ikki noma'lumli tenglamani bir noma'lumli tenglamaga aylantirish uchun unga qiymatlarni qo‘yamiz:
(320·0,03·m:504)+(64·0,025·m:184)=64.
Bundan m=2307 kg.
13.4. Oltingugurt bilan uglerodning 4 g aralashmasi yondirilganda massasi 12 g bo‘lgan oltingugurt (IV) oksid va karbonat angidrid aralashmasi hosil bo‘lgan. Dastlabki aralashmadagi oltingugurt va uglerodning massa ulushlarini toping.
Yechish: Masalanani bir yoki ikki noma'lumli tenglama tuzish orqali yechish eng qulaydir.
Birinchi usul: Ikki noma'lumli tenglama tuzish orqali yechish uchun oltingugurtning massasini x, uglerodning massasini y deb olamiz. Bunda x+y=4 bo‘ladi. Endi reaksiyalarning tenglamalarini tuzamiz:
S+O2=SO2; C+O2=CO2.
Bu tenglamalar asosida quyidagicha proporsiyalar tuzamiz: va . Bulardan a va b lar topiladi va ular yig‘indisi 12 g bo‘lganligini bilgan holda ikkinchi tenglamani tuzamiz: . Bu ikki tenglamadan tenglamalar sistemasini hosil qilsak:

Ushbu tenglamalar sistemasi yechilsa, x=1,6 g va y=2,4 g bo‘ladi.
Ikkinchi usul: Bir noma'lumli tenglama tuzish orqali yechish uchun oltingugurtning massasini x, uglerodning massasini 4-x deb olamiz. Reaksiya tenglamalari bo‘yicha quyidagi proporsiyalarni tuzamiz:

Hosil bo‘lgan gazlar yig‘indisi 12 l ni tashkil etganligi uchun bu proporsiyalardan a va b ni topib, ularning yig‘indisini hisoblasak:
bo‘ladi. Bundan x=1,6 g.
13.9. Tarkibida 4,8 % rux sulfid bo‘lgan 4,5 t ruda kuydirildi, natijada hosil bo‘lgan gaz natriy ishqorining mo'l miqdoriga yuttirildi. Hosil bo‘lgan mahsulot orqali kislorodga boyitilgan havo o‘tkazildi. Oxirgi reaksiya mahsulotiga mo‘l bariy xlorid qo‘shilganda cho'kma tushdi. Agar har bir bosqich reaksiyasining unumi 96 % (oxirgi bosqich unumi 100 %) bo‘lsa, qancha cho‘kma tushgan?
Yechish: Rux sulfidning massasi: mZnS=0,048·4,5=0,216 t=216 kg.
Quyidagi reaksiyalar amalga oshirilgan:
2ZnS+3O22ZnO+2SO2 2NaOH+SO2Na2SO3+H2O
2Na2SO3+O22Na2SO4 Na2SO4+BaCl2=BaSO4+2NaCl.
Ushbu reaksiyalar tenglamalari asosida sxematik tenglama tuzamiz:
ZnSSO2Na2SO3Na2SO4BaSO4.
Xulosaviy sxematik tenglama ZnSBaSO4 asosida proporsiya tuzsak: 97:216=233:x; x=518,85 kg. Reaksiyaniing umumiy unumi bosqichlar unumlari ko‘paytmasiga teng bo‘ladi:
=1.2.3.4=0,96.0,96.0,96.1,0=0,884736.
Shu asosda massa: mam=518,85.0,884736=459,04 kg.
13.10. Agar CO va CO2 aralashmasida uglerod massasining kislorod massasiga nisbati 1:2 bo‘lsa, aralashmadagi gazlarning hajmiy ulushlari qanday bo‘ladi?
Yechish: Har bir gaz tarkibidagi uglerod va kislorodning massalarini topamiz:

Masala shartiga kora bolganligi uchun uglerod massasi yigindisini kasrning suratiga, kislorod massasi yigindisini kasrning maxrajiga qoysak:

va tenglamani yechsak: x=38,9 % CO va 61,1 % CO2 kelib chiqadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling