1.2.2. KIMYOVIY BIRIKMALARNING FORMULALARINI
CHIQARISH
1.34. Qisman oksidlangan rux metali kukuni tarkibida 0,5 % kislorod borligi aniqlangan bo‘lsa, shu namunadagi rux metalining massa ulushini hisoblang.
Yechish. Ushbu turdagi masalalarni yechishda ma'lum miqdor namuna (ixtiyoriy) tanlab olinadi. Masalan, 100 g namuna olingan bo‘lsa, uning tarkibidagi kislorodning massasi:
m(O)=(O).m=0,005.100=0,5 g
aniqlanadi. So'ngra aralashmadagi metall oksidining massasi quyidagi proporsiya asosida topiladi: 81:x=16:0,5 g; x=2,5 g.
Endi aralashmadagi sof metalning massasini hisoblash mumkin: m(Zn)=m-m(ZnO)=100-2,5=97,5 g.
Metalning massa ulushi:
yoki 97,5 %.
1.56. Natriy gidrofosfat (Na2HPO4.xH2O) kristallgidrati tarkibida 65,67 % kislorod bo‘lsa, kristallgidrat tarkibidagi x ning qiymati nechaga teng?
Yechish: Moddaning molekulyar massasini quyidagi formulalar yordamida hisoblaymiz:
Mr=1Ar(Na)+Ar(H)+Ar(P)+2Ar(O)+x[3Ar(H)+4Ar(O)]:
va Mr=142+18x.
Bu ikkala qiymat teng bo‘lganligi uchun ularni
tarzda yozib, tenglamani yechsak: x=7 bo‘ladi.
EKVIVALENT. EKVIVALENTLAR QONUNI
1.84. Tarkibida 10,4 g massali MeCl2 bo‘lgan eritmaga tarkibida 7,1 g M2SO4 bo‘lgan eritma ta'sir ettirilganda 11,65 g massali MeSO4 hosil bo‘lgan. Qaysi xloridga qanday sulfat ta'sir ettirilgan?
Yechish: Reaksiya tenglamasi:
MeCl2+M2SO4MeSO4+2MCl.
MeCl2 ning molekulyar massasi: Mr=Me+71 va MeSO4 ning molekulyar massasi: Mr=Me+96 dan va berilganlardan foydalanib proporsiya tuzsak:
. Bundan Me=137.
Tenglama bo'yicha proporsiya tuzsak: g/mol.
M2SO4 ning molekulyar massasi: Mr=2M+96. Bundan M=23. Bu natriyga to‘g‘ri keladi. Demak, BaCl2 ga Na2SO4 ta'sir qilingan va natijada BaSO4 olingan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |