Namuna olingan bo‘lsa, uning tarkibidagi kislorodning massasi


Download 1.6 Mb.
bet7/69
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1515816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69
Bog'liq
KImyodan masala ishlash usullari

7.2. KIMYOVIY MUVOZANATNI SILJITISH
Kimyoviy muvozanat reaksiyaga kirishuvchi va hosil bo‘luvchi moddalarning xossalari, konsentratsiyalari, bosim, harorat va boshqalarga bog‘liq. Gaz fazadagi kimyoviy reaksiya kam miqdor modda hosil bo'lishi tomonga siljiydi. Kimyoviy reaksiyalarning haroratga bo‘lgan munosabati har xil bo‘lib, ekzotermik reaksiyalarni o‘ngga siljitish uchun haroratni pasaytirish, endotermik reaksiyalarda esa haroratni ko‘tarish kerak.
7.18. N2(g)+O2(g)NO(g)180,7 kJ/mol muvozanatning siljishiga bosim va harorat qanday ta'sir ko‘rsatadi?
Yechish: Reaksiyaga kirishuvchi N2 va O2 miqdorlari reaksiya mahsuloti miqdoriga teng bo‘lganligi uchun muvozanatga bosim ta'sir qilmaydi. Reaksiya endotermik bo‘lganligi uchun haroratning ortishi muvozanatni o‘ngga, haroratning pasayishi chapga siljitadi.
7.21. Quyidagi reaksiyalarga bosimning oshirilishi qanday ta'sir ko‘rsatadi:
a) CO(g)+O2(g)CO2(g); b) SO2(g)+O2(g)SO3(g);
c) C2H6(g)+O2(g)CO2(g)+H2O(g); d) N2O4(g)NO2(g);
e) NO(g)+O2(g)NO2(g); f) C2H2(g)+O2(g)CO2(g)+H2O(g;
g) CO(g)CO2(g)+C(q).
(Javob: o'ngga: a, b, e, f, g; chapga: c, d).
7.22. Quyidagi reaksiyalarning yo'nalishiga haroratning ko‘tarilishi qanday ta'sir ko‘rsatadi?
a) Fe3O4(q)+CO(g)Fe(q)+CO2(g)-Q; b) CO(g)+O2(g)CO2(g)+Q;
c) H2(g)+S(c)H2S(g)+Q; d) NO(g)+Cl2(g)NOCl2(g)+Q;
e) N2(g)+O2(g)NO(g)-Q; f) H2(g)+O2(g)H2O(g);H0=483,6kJ;
g) CaCO3(q)CaO(q)+CO2(g); H0=179 kJ;
h) SO3(g)+NO(g)SO2(g)+NO2(g)-Q.
(Javob: o‘ngga: a, e, g, h; chapga: b, c, d, f).
7.23. Quyidagi reaksiyalarning yo'nalishiga hajmning ortishi qanday ta'sir etadi?
a) NO(g)+O2(g)NO2(g); b) SO2(g)+O2(g)SO3(g);
c) SO3(g)+NO(g)SO2(g)+NO2(g); d) NO2(g)N2O4(s);
e) CO(g)+Cl2(g)=COCl2(g); f) N2O(g)+S(q)N2(g)+SO2(g);
g) C3H8(g)+O2(g)CO2(g)+H2O(g); h) CH4(g)+S(q)CS2(g)+H2S(g);
i) H2(g)+O2(g)H2O(g); j) C(q)+O2(g)CO2(g);
k) CO(g)+O2(g)CO2(g); l) H2(g)+S(c)H2S(g);
m) CaCO3(q)CaO(q)+CO2(g); n) CO2(g)+N2(g)NO(g)+C(q);
o) N2(g)+H2(g)NH3(g); p) PCl5(g) PCl3(g)+Cl2(g);
q) N2H4(s)+O2(g)N2(g)+H2O(g); r) H2(g)+Cl2(g)HCl(g);
s) C(q)+O2(g)CO(g); t) CH4(g)+Cl2(g)CH3Cl+HCl(g).
(Javob: o‘ngga: f, g, h, m, p, q, s; chapga: a, b, d, e, i, k, o; ta'sir etmaydi: c, j, l, n, r, t).
7.24. A+BC+D muvozanatdagi sistemada moddalar konsentratsiyalari mos ravishda 8, 3, 2, 12 mol/l dan bo‘lgan. Muvozanatdagi sistemadan C moddadan 2 mol/l chiqarib yuborilgan. Yangi muvozanat o‘rnatilgandan keyingi A, B, C va D moddalarning konsentratsiyalarini hisoblang.
Yechish: Reaksiyaning muvozanat konstantasi:

bo‘ladi. Muvozanatdagi sistemadan 2 mol/l C modda chiqarib yuborilsa, muvozanatdagi A va B moddalar ta'sirlashib, yangi miqdor C modda hosil bo‘lib, yangi muvozanat o‘rnatiladi. Hosil bo‘lgan C moddaning konsentratsiyasini x deb olsak: [A]=8-x; [B]=3-x; [D]=12+x bo‘ladi. Bu qiymatlarni muvozanat konstantasi formulasiga qo‘ysak:

Tenglamani yechsak: x=1,04 bo‘ladi. Bundan
[A]=8-x=8-1,04=6,96 mol/l, [B]=3-x=3-1,04=1,96 mol/l,
[C]=x=1,04 mol/l, [D]=12+x=12+1,04=13,04 mol/l.
7.25. A+BC+D muvozanatdagi sistemada moddalar konsentratsiyalari mos ravishda 6, 2, 4, 3 mol/l dan bo‘lgan. Sistemaga B moddadan 4 mol/l qo'shilgandan keyin A, B, C va D moddalarning yangi muvozanat holatidagi konsentratsiyalarini hisoblang.
Yechish: Reaksiyaning muvozanat konstantasi:

bo‘ladi. Muvozanatdagi sistemaga 4 mol/l B moddadan qo‘shilsa, muvozanatdagi A modda B modda bilan ta'sirlashib, yangi miqdor C va D moddalar hosil bo‘ladi, A va B moddalarning konsentratsiyalari kamayadi. Bunda moddalarning yangi hosil bo‘lgan konsentratsiyalarini x deb olsak: [A]=6-x; [B]=2+4-x; [C]=4+x, [D]=3+x bo‘ladi. Bu qiymatlarni muvozanat konstantasi formulasiga qo‘ysak:

Tenglamani yechsak: x=1,26 bo‘ladi. Bundan
[A]=6-x=6-1,26=4,74 mol/l, [B]=2+4-x=6-1,26=4,74 mol/l,
[C]=4+x=4+1,26=5,26 mol/l, [D]=3+x=3+1,26=4,26 mol/l.
8. DISPERS SISTEMALAR
Bir modda muhitida (dispers muhit) ikkinchi moddaning juda mayda zarrachalari (dispers zarracha) taqsimlangan mikrogeterogen sistemalarga dispers sistemalar deyiladi. Dispers muhit gaz, suyuq yoki qattiq bo‘lishi mumkin. Dispers zarrachalar ham har xil agregat holatda bo‘ladi. Dispers zarrachalarning o‘lchamiga (disperslik darajasi) qarab dispers sistemalar quyidagilarga bolinadi: dag‘al dispers sistemalar (suspenziya, emulsiya - 100 nm dan yirik, 1 nm=10-9 m), kolloid eritma (1-100 nm) va chin eritmalar (1 nm dan kichik, molekula va ionlar olchamlarigacha).
Dispers sistema u yoki bu turining hosil bo‘lishi muayyan agregat holatning yuzaga kelishidagi molekulalararo, ionlararo, atomlararo va boshqa o‘zaro ta'sir kuchlari tufayli bo‘ladi. Bir xil agregat holatda faqat bir xil turdagi modda zarrachalari ta'sirlashuvi uchrasa, dispers faza hosil bo‘lishida har xil moddalar zarrachalarining ta'siri kuzatiladi. Kimyoda chin eritmalar ko‘proq ahamiyatli.
Ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan o‘zgaruvchan tarkibli bir fazali (gomogen) sistemalarga eritmalar deyiladi. Eritma hosil bo‘lishida agregat holati o‘zgarmaydigan tarkibiy qism erituvchi deb ataladi. Bir xil fazadagi eritmalarda erituvchi, ko‘pincha, ko‘p miqdorli bo‘ladi. Ayrim hollarda buning aksi ham uchraydi. Masalan, konsentrlangan kislotalar, jumladan, sulfat, fosfat kislotalarda erituvchi - suv atigi 2 % ni tashkil etadi. Eritmalar gaz, suyuq va qattiq eritmalarga bo‘linadi.


8.1. ERITMA TARKIBIY QISMINING MASSA ULUSHI
8.28. Massa ulushi 12 % bo‘lgan natriy gidroksid eritmasini tayyorlash uchun 300 g suvga 25 %li eritmadan necha gramm qo‘shish kerak?
Yechish: Birinchi usul formuladan foydalanishga asoslangan. va , m - qo‘shilishi kerak bo‘lgan 25 %li eritmaning massasi, m - undagi NaOH massasi, dan topiladi, m=·m=0,25·m. Bu qiymatlar birinchi ifodaga qo‘yilsa: 0,12=0,25·m/(300+m) hosil bo‘ladi. Bundan: m=276,92 g.
8.34. 700 g massali 20 %-li kalsiy xlorid eritmasi tayyorlash uchun CaCl2·6H2O kristalgidrati va tarkibida 7 % kalsiy xlorid bo‘lgan eritmadan qancha massadan olish kerak?
Yechish: Bunday turdagi masalalarni yechish uchun kristallgidrat tarkibidagi CaCl2 ning massa ulushi topiladi:
yoki 50,68 %.

50,68 13 16,02 208,3
20 13+30,68=43,68 700:43,68=16,02
7,0 30,68 16,02 491,7

Demak, 208,3 g kristallgidrat va 491,7 g 7 %-li eritma olinishi kerak ekan.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling