1.4. KIMYOVIY REAKSIYALARNING TENGLAMALARI
1.118. 5,4 g massali alyuminiy kukuni qanday massali kalsiy karbonat bilan qizdirilganda reaksiya mahsulotlari massalari yig‘indisi dastlabki aralashma massasiga teng bo‘ladi?
Yechish: Reaksiya tenglamalari:
4Al+3O22Al2O3 va CaCO3CaO+CO2 yoki
4Al+3O2+CaCO32Ca(AlO2)2+CO2.
Reaksiya uchun olingan aralashmaning massasi atmosfera kislorodining birikishi hisobiga tenglashganligi uchun reaksiyaga kirishgan kislorodning massasini topamiz: . 4,8 g. Qo‘shilishi kerak bo‘lgan CaCO3 massasini bilan belgilasak, hosil bo‘ladigan Al2O3 va massalari yig‘indisi:
Tenglamadagi massalarni m=vM bilan almashtirsak:
hosil bo‘ladi.
Yoki
,
bundan v=0,1 mol va m=0,1100=10 g CaCO3.
KIMYOVIY ELEMENTLAR DAVRIY QONUNI.
ATOM TUZILISHI. YADRO REAKSIYALARI
2.1. KIMYOVIY ELEMENTLAR DAVRIY
QONUNI VA SISTEMASI
Davriy jadvalda elementlarning xossalari, asosan, quyidagi tartibda o‘zgarib boradi:
Xossalar
|
Guruhlar bo‘yicha
yuqoridan pastga tomon
|
Davrlar bo‘yicha
chapdan o‘ngga tomon
|
Metallik
|
Kuchayadi
|
Susayadi
|
Metallmaslik
|
Susayadi
|
Kuchayadi
|
Qaytaruvchilik
|
Kuchayadi
|
Susayadi
|
Oksidlovchilik
|
Susayadi
|
Kuchayadi
|
Elektronga moyillik
|
Susayadi
|
Kuchayadi
|
Ionlanish energiyasi
|
Kamayadi
|
Ortadi
|
Nisbiy elektr manfiylik
|
Kamayadi
|
Ortadi
|
Atom radiusi
|
Ortadi
|
Kamayadi
|
2.2. ATOM YADROSINING TUZILISHI. IZOTOPLAR
2.23. Nisbiy atom massasi 10,81 bo‘lgan tabiiy bor 10B izotopining molyar ulushi 19,6 % bo‘lsa, borning yana qanday izotopi bo‘ladi?
Yechish: va bundan x=11 bo'ladi va izlanayotgan izotop 11B ekan.
2.49. Atomlarning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi energetik pog‘onalarida maksimal nechta elektron bo‘lishi mumkin?
Yechish: Har bir pog‘onadagi elektronlarning maksimal soni (2.4.1) formula yordamida topiladi: 1-pog‘ona: N=212=2 ta; 2-pog‘ona: N=2·22=8 ta; 3-pog‘ona: N=2·32=18 ta; 4-pog‘ona: N=2·42=32 ta.
2.56. 56-elementning 3d pog‘onachasi oldin to‘ladimi yoki 4s pog‘onasi?
Yechish: n+l=3+2=5 va n+l=4+0=4. Demak, 4s pog‘onacha 3d-pog‘onachadan oldin to‘ladi.
2.66. Atom tarkibidagi elektronlarning holati uchun quyidagi kvant sonlar (n, l, ml, ms) to‘plamlarining qaysilari to‘g‘ri keladi? a) (3;1;1;+1/2); b) (3;2;1;-1/2); c) (-3;2;3;+1/2); d) (1;0;0;-1/2); e) (1;1;1;+1/2).
Yechish: 1ilovaga ko‘ra a, b va d holatlar bo‘lishi mumkin, c va e holatlar bo‘lishi mumkin emas.
2.67. Germaniy atomi valent elektronlarining kvant sonlarini (n, l, ml, ms) aniqlang.
Yechish: 32-raqamli element germaniyning elektron konfiguratsiyasi 1s22s22p63s23p63d104s24p2 bo‘lib, uning oxirgi 4s24p2 elektronlari valent elektronlardir. Bu elektronlarning bosh kvant sonlari 4, 4, 4, 4 dir. Orbital kvant sonlar 0, 0, 1, 1, magnit kvant sonlar 0, 0, +1, 0, spin kvant sonlar +1/2, -1/2, +1/2, -1/2 bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |