|
Turli tashkilot va idoralar tasarrufidagi muassasalar tizimi bo’lib, reabilitatsiya xizmatlarini ko’rsatadi. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari, nogironlarning kasbiy reabilitatsiyasi markazlari, bandlik xizmati, ta’lim, sog’liqni saqlash, dam olish va madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalari kiradi.
|
10.
| Daktilologiya (daktil nutq) |
Nutqning o’ziga xos shakli bo’lib, so’zlar qo’l barmoqlari yordamida ifodalanadi; eshitish qobiliyati borlarning karlar hamda karlarning o’zaro muloqotida og’zaki nutqning o’rniga qo’llaniladi.
|
11.
| Daltonizm (protanopiya) |
Ba’zi bir (aksariyat hollarda qizil) ranglarni ajrata olmaslikda namoyon bo’ladigan rang bilmaslik kasalligi.
|
12.
| Daun kasalligi (Daun sindrom, trisomiya-21) |
Oligrofeniyaning shakllaridan biri hisoblangan tug’ma anomaliya, unda qo’shimcha uchinchi 21-xromosoma bo’ladi hamda bunda aqliy rivojlanmaganlik tashqi ko’rinishning o’ziga xosligi bilan birga keladi.
|
13.
| Nogiron mustaqilligi deklaratsiyasi |
Faol shaxsning, o’z hayoti va ijtimoiy o’zgarishlar sub’ektining pozitsiyasini aks ettiradi. «Mening nogironligimni muammo sifatida qabul qilmanglar. Menga achinmanglar, men sizlar o’ylaganchalik ojiz emasman. Menga bemor sifatida munosabatda bo’lmanglar, men shunchaki sizlarning vatandoshingizman. Meni o’zgartirishga urinmang, bunga haqqingiz yo’q. Meni boshqarishga urinmang, boshqa shaxslar singari men ham shaxsiy hayot huquqiga egaman. Meni itoatkor, yuvosh va muloyim bo’lishga majburlamang, menga iltifot ko’rsatmang. Nogironlar duch keladigan asl muammo ularning kasalligida emas, balki ularning ijtimoiy jihatdan past baholanishi va kamsitilishida, ularga nisbatan mensimay munosabatda bo’linishida namoyon bo’ladi. Kuchim yetganicha jamiyatga foyda keltirishga urinishlarimda meni qo’llab-quvvatlang. Menga bilmaganlarimni bilishimda yordam bering. Vaqtini ayamay g’amxo’rlik qiladigan inson bo’ling. Bir birimiz bilan tortishgan paytimizda ham men bilan birga bo’ling. Garchi bu sizga huzur bag’ishlasa ham, menda zarurat bo’lmagan paytda yordam bermang. Menga xayrat bilan boqmang, to’laqonli hayot kechirishga intilish xayratlanishga arzimaydi. Meni yaxshiroq bilishga harakat qiling, balki shunda do’st bo’lib qolarmiz. Mendan o’z maqsadlari yo’lida foydalanayotganlarga qarshi kurashda mening ittifoqchim bo’ling. Keling, bir birimizni hurmat qilaylik; axir hurmat tenglikni nazarda tutadi; meni tinglang, qo’llab-quvvatlang va harakat qiling».
|
14.
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |