Наргис косимова


O’qitishda muammolari bor bolalar


Download 0.72 Mb.
bet33/49
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1427513
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
Bog'liq
BMI 23

O’qitishda muammolari bor bolalar


Bilimlarni o’zlashtirish jarayonida qiyinchiliklarni boshdan kechiradigan va xatti-harakatida muammolar mavjud bolalar. O’qitishda muammolari bor bolalar, shuningdek o’qitishda maxsus extiyoji bor bolalar deb ham ta’riflanadi. Ayrim hollarda sinonim sifatida «o’qitib bo’lmaydigan» jumlasi qo’llaniladiki, bunga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Mazkur jumlaning qo’llanilishi bolaning huquqlarini buzadi. Xalqaro amaliyotning ko’rsatishicha, ba’zi hollarni istisno qilganda barcha bolalarni o’qitsa bo’ladi, bolaning rivojlanishidagi muvaffaqiyat esa yaqin kishilarining g’amxo’rligi va e’tiboriga, bunday bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarning kasbiy mahoratiga bog’liq bo’ladi.

18.

OIV/OITS natijasida zaif bo’lib qolgan bolalar


Mazkur tushuncha OIV tashuvchisi bo’lgan va OITS bilan kasallangan 18 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlarni; ota-onasining OITS bilan kasallanishi oqibatida yetim bo’lib qolgan bolalarni; yashab qolishi va farovonligi yoki rivojlanishi OIV/OITS oqibatida xavf ostida qolgan zaif bolalarni o’z ichiga oladi. OIV/OITS bolalar o’z bolaligi va hayotini yo’qotishiga sabab bo’lmoqda. Bola tug’ilganidan keyingi bir yil ichida ota-onasi yoki unga g’amxo’rlik qilayotgan kishining kasalga chalinishi yoki o’limi uning bazaviy huquqlari (tibbiy-sanitariya yordamidan foydalanish, zarur darajadagi sanitariya sharoitlari va ovqatlanishning ta’minlanishi) qondirilishini hamda aksariyat hollarda bolaning yashab qolish huquqini xavf ostida qoldiradi. OIV/OITS bolani oila davrasida yashash huquqidan mahrum qiladi. Mazkur kasallik bolalar ixtisoslashgan muassasalarga joylashtirilishi, ko’chada qolishi, yoki kun kechirish uchun ishlashga majbur bo’lishi extimolini oshiradi. Ota-onasi, vasiy yoki bolaning o’zi kasal bo’lishi bolani kamsitish extimolini keltirib chiqaradi. Bunday bolalar aksariyat hollarda zo’ravonlikka, shafqatsiz muomalaga va ekspluatatsiyaga duch kelishadi.

19.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling