35.
|
Reabilitatsiya
|
Maqsadga yo’naltirilgan va vaqt jihatidan cheklangan jarayon bo’lib, uning maqsadi shaxsga o’zining jismoniy, aqliy, ruhiy va/yoki ijtimoiy faoliyatining maqbul darajasiga erishishi uchun imkoniyat yaratib berishdan, shu orqali unga o’z hayotini o’zgartirish hamda mustaqilligi doirasini kengaytirish imkoniyatini berishdan iboratdir.
Reabilitatsiya o’z ichiga funksiyalarni ta’minlash va/yoki qayta tiklashga yoxud funksiyalar yoki funksional cheklovlar yo’qolishi yoki mavjud emasligining o’rnini qoplashga qaratilgan choralarni olishi mumkin. Reabilittatsiya jarayoni faqat tibbiy yordam ko’rsatishnigina nazarda tutmaydi. U o’z ichiga boshlang’ich va nisbatan umumiy reabilitatsiyadan boshlab, maqsadga yo’naltirilgan faoliyat, masalan kasbiy mehnatga yaroqlilikni tiklashdan iborat keng qamrovli choralar va faoliyatni oladi.
|
36.
|
Ijtimoiy reabilitatsiya
|
Nogironlarning ijtimoiy integratsiyasi uchun sharoitlarni yaratish va ta’minlashga, ijtimoiy-muhitli yo’naltirish va ijtimoiy-maishiy moslashuv, turli xil patronaj va ijtimoiy ta’minot xizmatlari vositasida ularning mustaqil jamoatchilik va oilaviy-maishiy faoliyat olib borish uchun ijtimoiy maqom va qobiliyatlarini qayta tiklashga yo’naltirilgan chora tadbirlar kompleksi.
|
37.
|
Ijtimoiy-maishiy reabilitatsiya
|
Bemor va nogiron tomonidan o’z o’zigak xizmat ko’rsatish, o’zini o’zi parvarishlash hamda maishiy masalalarda jismoniy jihatdan birovga qaram bo’lmaslik ko’nikmalarining egallanishi (yoki kasallik oqibatida yo’qotilgan ana shunday ko’nikmalarning tiklanishi)
|
38.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |