Наргис косимова


Yaxshi ko’rmaydigan kishilar


Download 0.72 Mb.
bet46/49
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1427513
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
BMI 23

Yaxshi ko’rmaydigan kishilar

  1. Ularga qo’l bering. Uni yo’lga solmang, qo’lini qattiq siqib olmang, odatda qanday yursangiz, shunday yuring.

  2. Agar yordamingizni rad etishsa, xafa bo’lmang.

  3. Qaerda ekanliklaringizni qisqacha ta’riflab bering. Masalan: «Xona o’rtasida sizdan taxminan olti qadam narida stol turibdi» yoki «Eshikdan kirganda, chap tomonda kichkina stolcha bor».

  4. Bayon etishda tovush, hid va masofani anglatuvchi jumlalardan foydalaning.

  5. Yo’l boshlovchi itlar bilan xuddi oddiy uy hayvonlaridek muomala qilib bo’lmaydi. Ularga teginmang, ular bilan o’ynamang.

  6. Yaxshi ko’rmaydigan odamning qo’lidan hassasini tortib olmang va uni siqib ushlamang.

  7. Har doim suhbatdoshingiz ma’lumotni qanday shaklda: Brayl alifbosi, yirik harflar, audioyozuv ko’rinishida olishni istashini aniqlashtirib oling. U odatda ma’qul ko’radigan shaklga ishonib qolmang.

  8. Garchi suhbatdoshingiz sizni ko’rmasa ham bevosita unga qarab gapiring.

  9. Agar siz ko’zi yaxshi ko’rmaydigan yoki umuman ko’rmaydigan odamga biror narsa o’qib berayotgan bo’lsangiz, oldiniga nimani o’qib bermoqchiligingizni ayting. Odatiy ohangda gapiring. Agar suhbatdoshingizning o’zi iltimos qilmasa, biror bir ma’lumotni tashlab ketmang.

  10. Har doim o’zingizni tanishtiring.

Yaxshi eshitmaydigan kishilar

  1. Yaxshi eshitmaydigan odam bilan gaplashganda doim unga tik qarang.

  2. Yuzingizni qo’lingiz, sochlaringiz yoki boshqa buyumlar bilan to’sib olmang.

  3. Yaxshi eshitmaydigan odamlar bilan muloqot qilishning yo’llari juda ko’p. Agar siz ulardan qay birini tanlashga ikkilansangiz, buni suhbatdoshingizdan so’rang.

  4. Yaxshi eshitmaydigan odamning diqqatini tortish uchun uni ismini aytib chaqiring. Agar u javob bermasa, qo’liga sekingina turtib qo’yishingiz yoki yuzi oldida qo’lingizni silkitishingiz mumkin.

  5. Ravon va aniq gapiring. Bir nimalarni alohida ta’kidlash shart emas.

  6. Agar sizdan bir necha marta biror gapni takrorlashni so’rashsa, uni boshqacharoq shaklda bayon etishga urinib ko’ring.

  7. Agar siz o’z ichiga raqam yoki manzilni olgan ma’lumot to’playotgan bo’lsangiz, uni yozib bering, faks yoki elektron pochta orqali yoxud istalgan boshqa usul bilan yetkazing, muhimi u aniq va tushunarli bo’lishi kerak.

  8. Og’zaki muloqotda qiyinchiliklar yuzaga kelsa, suhbatdoshingizdan yozma tarzda gaplashish oson bo’lishi mumkinligini so’rang. Xabarlar oddiy va tushunarli bo’lishi kerak.

  9. Sizni o’rab turgan muhitni ham yoddan chiqarmang. Katta va odam ko’p joylarda yaxshi eshitmaydigan kishilar bilan suhbatlashish qiyin kechadi. Yorqin quyosh nuri va quyuq soya ham to’siq bo’lishi mumkin.

  10. Ogohlantirmasdan suhbat mavzusini o’zgartirmang. Buning uchun «Yaxshi, endi ... masalada gaplashamiz» kabi jumlalardan foydalaning.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling