Наргис косимова


Atamalardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar


Download 0.72 Mb.
bet45/49
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1427513
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
BMI 23

Atamalardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar

Qo’llash mumkin

Qo’llash tavsiya etilmaydi

Nogironligi bor inson

Nogiron

Nogironligi bor inson

kasal, cho’loq

Bemor inson

Mayib-majrux

Rivojlanishida buzilish bo’lgan bola

deformatsiyalangan

Alohida extiyojli inson

nuqsonli

O’ziga xos rivojlanishli bola

Kamchiligi bor

Nogironligi bo’lmagan inson

Aqli raso

Oddiy inson

Sog’lom

Nogironlik aravachasidan foydalanadigan inson

Aravachaga mixlanib qolgan

Aravachada harakatlanadigan inosn

Aravachaga mixlanib qolgan

Tug’ma nogironlik

Tug’ma defekt, baxtsizlik

Bolalikdan serebral shol inson

Serebral shol qurboni

Poliomielitni boshdan kechirgan

Poliomielitdan aziyat chekadi

Poliomielit oqibatidagi nogironlik

poliomielit oqibatida zarar ko’rgan

Mental og’ishi bor inson

Aqli noqis

Rivojlanishdan ortda qolgan bola

Aqli noraso

O’qitish qiyin bo’lgan bolalar

Aqli noqis, aqli noraso bolalar

Daun sindromi bor inson

Daun

Tutqanog’i bor inson

Tutqanoq

Tutqanog’i tutib turadigan odamlar

Tutqanoq

Ruhiy kasal insonlar

jinni

Ruhiy kasalligi bor inson

Aqli zaif

Mental salomatligi buzilgan odam

Ahmoq

Ko’zi ojiz inson

Ko’r

Yaxshi ko’rmaydigan inson

Shapko’r

Yaxshi eshitmaydigan inson

Garang

Muloqotga kirishish qiyin inson

Kar-soqov

Nutqida kamchiligi bor inson

Gung

Qo’lda boshqariladigan avtomashina

nogironlar mashinasi

Tilimiz odob-axloq bilan uzviy bog’liq. Ammo, xatto tilga e’tiborli bo’lib ham, agar suhbatdoshning nogironligi bilan bog’liq ayrim o’ziga xosliklar inobatga olinmasa, o’zingiz ham, suhbatdoshingiz ham noqulay ahvolga tushib qolishingiz mumkin. O’zingni qanday tutganing ma’qulligini bilmaganingda esa o’zingni noqulay, biqiq his etasan. Quyida nogironligi bor insonlar tomonidan shaxsiy tajribalaridan kelib chiqib yozilgan tavsiyalar keltirib o’tilgan.


NOGIRONLIGI BOR KIShILAR BILAN MULOQOT QILIShNING ASOSIY AXLOQIY QOIDALARI
Harakatlanish bilan bog’liq nogironligi bor shaxslar

  1. Nogironlar aravachasi uning egasining daxlsiz hududi ekanini yodda tuting. Ruxsatsiz unga suyanmang, uni itarmang, unga oyog’ingizni qo’ymang.

  2. Yordam bermoqchi bo’lsangiz, oldin «yordam kerakmi?» deb so’rang.

  3. Agar savolingizga ijobiy javob olsangiz, aynan nima qilish kerakligini so’rab oling.

  4. Agar sizdan aravachani itarib yurishni so’rashsa, uni sekin itarish kerakligini unutmang. Chunki aravacha tez harakatlanib ketish xususiyatiga ega.

  5. Tadbirlar rejalashtirilgan joylarga kirib-chiqish qulay ekaniga shaxsan ishonch hosil qiling. Ro’yxatdan foydalaning, odamlardan qanday muammo yoki to’siqlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida so’rang va ularni bartaraf etish choralarini ko’ring.

  6. Nogironlar aravachasida o’tirgan kishining yelkasiga qoqish tavsiya etilmaydi.

  7. Imkoni bo’lsa, suhbatdoshingiz bilan ko’z ko’zga tushib turadigan tarzda o’tirib oling.

  8. Agar me’moriy to’siqlar mavjud bo’lsa, bu haqda oldindan ogohlantirib qo’ying. Shunda suhbatdoshingizda qaror qabul qilish va rejalashtirib olish imkoniyati bo’ladi.

  9. Odatda, harakatlanish bilan bog’liq muammosi bor nogironlarda ko’rish, eshitish va tushunish bilan bog’liq muammolar bo’lmasligini yodda tuting. Asosiysi ularning harakatlanishiga moslashish kerak.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling