Наргис косимова


Nutqida muammosi bor kishilar


Download 0.72 Mb.
bet48/49
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1427513
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
BMI 23

Nutqida muammosi bor kishilar

  1. Nutqida muammosi bor kishilarga e’tiborsiz munosabatda bo’lmang, ularni tushunish sizga ko’proq kerak.

  2. Nutqida muammosi bor kishilar bilan suhbatlashganda ularning gapini bo’lmang. U gapini tugatganiga ishonch hosil qilganingizdan keyingina gap boshlang.

  3. Suhbatni tezlashtirishga harakat qilmang. Nutqida muammosi bor kishilar bilan muloqot odatdagidan ko’ra qo’proq vaqtingizni olishiga tayyor turing.

  4. Suhbatdoshingizning yuziga qarab, vizual aloqani ham ushlab turing. Ushbu muloqotga butun diqqatingizni qarating.

  5. Nutqida muammosi bor kishilarning yonida kimdir kuzatuvchi bo’lib yurgan bo’lsa, savollaringiz, fikrlaringiz va e’tiboringizni o’sha odamga qaratmang.

  6. Suhbatdoshingizning gaplarini tushunmagan bo’lsangiz, o’zingizni tushunganga solib ko’rsatmang.

Jurnalist nogironligi bor kishilar bilan muloqot qilayotganida diqqatni muammoga, nogironlikka emas, balki odamga, uning imkoniyatlari va uni o’rab turgan ijtimoiy muhitga, uning yutuqlariga qaratish kerak. Nogironligi bor kishilar bilan ularni kamsitmagan holda muloqot qilish aynan ana shu prinsiplarga asoslanadi.
Nogironligi bor kishilar bilan muloqot qilish qoidalari
(Mazkur qoidalar AQSh ijtimoiy xizmat xodimlari tomonidan faoliyatlarida qo’llaniladi. Ular AQShning Hammaboplik milliy markazi mutaxassisi Karen Mayer tomonidan ishlab chiqilgan)

  1. Nogironligi bor kishi bilan muloqot qilganingizda uning kuzatuvchisiga yoki surdo tarjimonga emas, balki bevosita o’ziga murojaat qiling.

  2. Nogironligi bor kishi bilan tanishtirishganda uning qo’lini siqib qo’ying. Xatto qo’lida muammosi bor yoki protez qo’ldan foydalanadiganlar o’ng yoki chap qo’lni siqib qo’yishlari mumkin.

  3. Yaxshi ko’rmaydigan odam bilan uchrashganda o’zingizni va siz bilan birga kelgan kishilarni tanishtiring. Agar siz bir guruh odamlar bilan muloqot qilayotgan bo’lsangiz, har safar savolingiz yoki fikrlaringiz aynan kimga qaratilganini aytib o’tishni unutmang.

  4. Agar siz yordam taklif qilsangiz, uni qabul qilishguncha kutib turing, so’ngra qanday yo’l tutsangiz to’g’ri bo’lishini so’rab oling.

  5. Katta yoshlilar bilan xuddi kattalardek muomala qiling. Davradagi boshqa kishilarga ismi sharifini aytib murojaat qilayotgan bo’lsangiz, nogironligi bor kishi bilan ham xuddi shunday yo’l tuting. Nogironlik aravachasidan foydalanayotgan kishilarga alohida e’tibor qaratmang, ularning boshiga yoki yelkasiga qo’lingizni qo’ymang, ismlarini kichraytirib aytmang.

  6. Kimningdir nogironlik aravachachsiga suyanib turish aslida uning egasiga suyanib turishni bildiradi, bu esa uning asabiga tegishi mumkin. Aravacha, o’rindiq undan foydalanayotgan kishining daxlsiz hududidir.

  7. Muloqotda muammosi bor kishi bilan gaplashganda uni diqqat bilan eshiting. Sabrli bo’ling, u gapini tugatishini kuting. Uning gaplarini tuzatishga yoki uning o’rniga gapirishga urinmang. Zarurat bo’lganda javobi ham qisqa yoki bosh irg’ab qo’yish yoxud biror bir harakat bilan qaytariladigan savollarni bering. Agar suhbatdoshingizni tushunmagan bo’lsangiz, o’zingizni tushungandek qilib ko’rsatmang.

  8. Agar siz nogironlik aravachasi yoki qo’ltiqtayoqdan foydalanayotgan kishi bilan suhbatlashayotgan bo’lsangiz, ko’zingiz uning ko’ziga tushib turadigan tarzda joylashing, shunda muloqotingiz oson kechadi.

  9. Yaxshi eshitmaydigan kishining diqqatini tortish uchun qo’l silkib qo’ying yoki yelkasiga oxista turting. To’g’ri uning ko’ziga qarab aniq va ravon gapiring. Yaxshi eshitmaydigan odamlarning hammasi ham labdan o’qib olish qobiliyatiga ega bo’lmaydi. Labdan o’qiy oladigan kishi bilan suhbatlashganda, yuzingiz aniq ko’rinadigan, sizga yorug’lik tushib turgan joyga o’rnashing va sizga sigareta, ovqat, qo’llar halaqit bermasligiga e’tibor qarating.

  10. O’zingizni erkin tuting. Bexosdan noto’g’ri gapirib qo’ysangiz xijolat bo’lmang.

  11. Har qanday yordamchi vosita (hassa, nogironlar aravachasi, qo’ltiqtayoq) kimningdir mulki va buni hurmat qilish kerak. Ruxsatsiz ularga tegmang, joyidan olib boshqa yerga qo’ymang.

  12. Nogironligi bor kishi bilan muloqotda garchi uning kuzatuvchisi bo’lsa ham, bevosita o’ziga murojaat qilib gaplashing.

  13. Insonning nogironligiga emas, balki uning shaxsiga yoxud muhokama etilayotgan muammoga e’tibor qarating.

  14. Agar nima qilishni, qanday yo’l tutishni bilmasangiz, buni suhbatdoshingizdan so’rang. Ko’pgina kishilar noqulay ahvolda qolishdan ko’ra savollarga javob berishni afzal qo’rishadi.

  15. Nogironligi bor kishi bilan muloqotga kirishayotganingizda hayajonlanmang. Nogironligi bor va nogiron bo’lmagan kishilarning ham ismi sharifi bor.

  16. Nogironligi bor kishilar ham xuddi nogiron bo’lmagan insonlarni qiziqtirgan mavzu va masalalarga qiziqishlarini yodda tuting.

  17. Odatdagi balandlikda va aniq gapiring. Agar balandroq ovozda gapirishingizni istshsa, o’zlari buni so’rashadi.

  18. Nogironligi bor kishilar o’zlariga nima keragu, nima kerak emasligini, nima yoqishiyu, nima yoqmasligini, nimani uddalay olishlariyu, nimana eplay olmasliklarini yaxshi bilishadi.

  19. Nogironligi bor kishilar jamiyat hayotida ishtirok etishni xohlashadi. Sizning yondoshuvingiz bunga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qiling.

  20. Agar xatoga yo’l qo’ygan bo’lsangiz, odob doirasida uzr so’rang, xatoyingizni to’g’rilang, xulosa chiqaring va muloqtda davom eting.

Jamiyatda nogironligi bor kishining ijobiy va har tomonlama timsolini shakllantirish BMTning «Nogironlar huquqlari to’g’risida» Konvensiyasi talablaridan biri hisoblanadi. Jumladan, Konvensiyaning 8-moddasida shunday deyilgan: «Davlatlar nogironlar haqidagi ijobiy tasavvurlarni va jamiyat tomonidan ularning chuqurroq tushunilishini; nogironlar va ularning huquqlariga bag’ishlangan tarbiyaviy-tanishtiruv dasturlari o’tkazilishini rag’batlantirish majburiyatini oladi».
Nogironligi bor kishilarning iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan qonun va qoidalarni ishlab chiqish ularning jamiyatga integratsiyalashuvining muhim sharti hisoblansada, ammo u yetarli emas. Nogironligi bor kishining ijobiy timsolini yaratmay, stereotip va noto’g’ri qarashlarga qarshi kurashmay turib, nogironligi bor kishilarning jamiyat hayotining barcha jabhalariga to’liq integratsiyasiga va jalb etilishiga erishib bo’lmaydi.

OAV va kinoda nogironligi bor kishining ijobiy timsolini yaratish quyidagilarni anglatadi:


1. Nogironligi bor kishilarning barcha sohalarda teng huquqliligi;
2. E’tibor nogironligi bor kishilarning kamchiligiga emas, ularning qobiliyat va imkoniyatlariga qaratiladi;
3. Nogironligi bor kishilarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtiroki jamiyatning kuchli va xilma xil bo’lishini ta’minlaydi;
4. Nogironligi bor kishi ham xuddi atrofidagilar kabi hayot kechirish, xatto buning uchun maxsus vositlaardan foydalanish talab etilgan holatlarda ham ular bajargan ishlarni bajarish huquqiga ega.

1 http://www.lex.uz/pages/GetAct.aspx?lact_id=140860

2 https://ru.wikipedia.org/wiki/Инвалидность

3 История инвалидных обществ. http://independentfor.com/material/histunion.htm

4 История инвалидных обществ. http://independentfor.com/material/histunion.htm

5 История инвалидных обществ. http://independentfor.com/material/histunion.htm

6 Мисяк С.А. Запорожский медицинский журнал №5, том 2, 2006, с. 158

7 Мисяк С.А. Запорожский медицинский журнал №5, том 2, 2006, с. 159

8 Мисяк С.А. Запорожский медицинский журнал №5, том 2, 2006, с. 160

9 Мисяк С.А. Запорожский медицинский журнал №5, том 2, 2006, с. 161

10 www.redcrescent.uz

11 www.redcrescent.uz

12 Управление Верховного комиссара ООН по правам человека. Наблюдение за осуществлением Конвенции о правах инвалидов: Руководство для наблюдателей в области прав человека. Серия материалов по вопросам профессиональной подготовки № 17. 2010.

13 www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/disability.shtml

14 Международная Ассоциация социального обеспечения. Бюллетень социальной политики. 2012. С.23

15 Резолюция 37/53 Генеральной Ассамблеи от 3 декабря 1982 года. http://www.invalidnost.com/forum/11-2447-1

16 Стандартные правила обеспечения равных возможностей инвалидов, прилагаемые к резолюции 48/96 Генеральной Ассамблеи от 20 декабря 1993 года. http://www.invalidnost.com/forum/11-2447-1

17 Замечания общего порядка № 5 «Лица с какой-либо формой инвалидности»// Е/С. 12/1994/20, 1994

18 Стандартные правила обеспечения равных возможностей инвалидов, прилагаемые к резолюции 48/96 Генеральной Ассамблеи от 20 декабря 1993 года. 

19 Совет по правам человека. Доклад Верховного комиссара ООН по правам человека о ходе осуществления рекомендаций, содержащихся в исследовании о правах человека инвалидов. A/HRC/4/75. 17 January 2007. 

20 Совет по правам человека. Тематическое исследование Управления Верховного комиссара по правам человека Организации Объединенных Наций в целях повышения уровня информированности о Конвенции о правах инвалидов. A/HRC/10/48. 2009. 

21  Совет по правам человека. Тематическое исследование Управления Верховного комиссара Организации Объединенных Наций по правам человека по вопросу о роли международного сотрудничества в поддержке национальных усилий по реализации прав инвалидов. А/ HRC/16/38. 2010. 

22 Доклад Генерального секретаря “О состоянии Конвенции о правах ребенка” А/66/230, 2011.

23 Доклад Генерального секретаря “О состоянии Конвенции о правах ребенка” А/66/230, 2011.

24 http://www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/disability.shtml

25 World report on disability. World Bank. WHO; 2011: 261. 

26 http://uznews.uz/category/Social/792

27 Защищать социальные интересы людей с инвалидностью. http://m.xdp.uz/ru/news/?ID=12036. 05.05.2014


28 Защищать социальные интересы людей с инвалидностью. http://m.xdp.uz/ru/news/?ID=12036. 05.05.2014

29 Доклад на тему: «Конвенции ООН «О правах инвалидов», как фактор повышения активности общественных организации инвалидов» www.uz.undp.org/.../UN_Uzb_Presentation


30 Ходжаев Э. Надежды и чаяния людей с ограниченными возможностями. https://www.gazeta.uz/ru/2012/12/03/day

31 Ходжаев Э. Надежды и чаяния людей с ограниченными возможностями. https://www.gazeta.uz/ru/2012/12/03/day

32 В Узбекистане создано два колледжа для людей с ограниченными возможностями. http://www.uzinform.com/ru/news/20130918/19842.html. 18.09.2013 21:54

33 Защищать социальные интересы людей с инвалидностью. http://uzbekistonovozi.uz/ru/articles/index.php


34 lex.uz/pages/GetAct.aspx?lact_id=39857

35 С.Магдеева. Какими льготами могут воспользоваться люди с инвалидностью? darakchi.uz/article/1233-kakimi-lgotami-mogut-vospolzovatsa-ludi-s-invalidnostu


36 www.lex.uz/pages/GetAct.aspx?lact_id=2742238

37 Успехи достойного огромного внимания. uzbekistonovozi.uz/ru/articles/index.php?ELEMENT_ID=1087

38 Узбекистан на летних Паралимпийских играх 2016 — Википедия


https://ru.wikiped

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling