Наргис косимова


Rivojlanishda va muloqotda kamchiligi bor kishilar


Download 0.72 Mb.
bet47/49
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1427513
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
BMI 23

Rivojlanishda va muloqotda kamchiligi bor kishilar

  1. Tushunish oson so’zlarni ishlating, aniq va ravon gapiring.

  2. Agar suhbatdoshingiz ular bilan tanishligiga ishonchingiz bo’lmasa, qolipga tushib qolgan va idiomatik jumlalarni ishlatmang.

  3. O’zingizni baland tutib gapirmang.

  4. Vazifalar yoki loyiha haqida gap ketganda, bir boshdan, navbatma navbat tushuntiring. Har bir masalani tushuntirganingizdan keyin suhbatdoshingizga o’ylab olish uchun imkon bering.

  5. Rivojlanishida kamchiligi bor katta yoshdagi kishi har qanday katta yoshdagi inson singari hayotiy tajribaga ega bo’lishini e’tiborga oling.

  6. Zarur bo’lsa tasvir yoki fotosuratlardan foydalaning.

  7. Rivojlanishda muammosi bor kishi bilan xuddi boshqalar bilan bo’lgani kabi muomala qiling. Suhbat jarayonida boshqa odamlar bilan muhokama qiladigan masalalaringiz, masalan: dam olish kunlari uchun rejalar, ta’tilni qanday o’tkazish, ob-havo, so’nggi yangiliklar kabi.

  8. Suhbatdoshingizning bevosita o’ziga qarab gapiring..

  9. Rivojlanishda muammosi bor kishilar ham muomalaga layoqatli ekanini, ular hujjatlarga, shartnomalarga imzo qo’yishlari, ovoz berishlari, tibbiy yordam ko’rsatilishiga rozilik bildirishlari mumkinligini e’tiborga oling.

Ruhiy muammolari bor kishilar

  1. Ruhiy muammolari bor kishilarga albatta qo’shimcha yordam ko’rsatish yoki boshqacharoq muomalada bo’lish kerak, deb o’ylash yaramaydi.

  2. Ruhiy muammolari bor kishilar bilan boshqalar kabi muomalada bo’ling. Xuddi shu shakldagi nogironligi bor kishilar bilan avval qilgan suhbatlaringiz asosida ularning hammasi haqida bir xulosa chiqarishga shoshilmang.

  3. Ruhiy muammolari bor kishilar tajovuzkor bo’lishadi degan fikr ham to’g’ri emas.

  4. Ruhiy muammolari bor kishilar dori qabul qilib yurishadi va qabul qilishlari shart degan fikr ham noto’g’ri.

  5. Ruhiy muammolari bor kishilar hujjatlarni imzolay olishmaydi va davolanishga rozilik bera olmaydilar deb o’ylash ham to’g’ri emas. Ularning muomalaga layoqatliligi qonun yo’li bilan belgilanadi.

  6. Ruhiy muammolari bor kishilar tushunishda va aqliy daraja bo’yicha boshqa odamlardan past turishadi, degan fikr ham noto’g’ri.

  7. Ruhiy muammolari bor kishilar ishlashlari mumkin emas, degan xulosa to’g’ri emas. Ular malaka va ko’nikma talab qiladigan ko’plab ishlarni bajara olishadi.

  8. Ruhiy muammolari bor kishilar o’zlari uchun nima yaxshiyu, nima yomonligini ajrata olishmaydi, deb o’ylamang.

  9. Ruhiy muammolari bor kishi tushkun ahvolda bo’lsa, undan astagina nima yordam bera olishingiz mumkinligini so’rang.

  10. Ruhiy muammolari bor kishilar stressdan chiqib ketishni uddalay olishmaydi, deb o’ylash noto’g’ridir.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling