Narx vositasida raqobatlashuvda


Download 20.83 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi20.83 Kb.
#1358435
Bog'liq
N2 Atama


Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi raqobat oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.
Raqobat kurash usullari jihatidan nohalol va halol raqobat bo‘lishi mumkin. Nohalol raqobat davlat tomonidan taqiqlangan g‘ayriinsoniy usullardan foydalanib, bozordagi raqobatchilarga qarshi kurash olib borishdir. Nohalol raqobatda uning ayrim ishtirokchilari tomonidan josuslik, qo‘poruvchilik, reket, tuhmat, tovar belgisinio‘g‘irlash, hatto qotillik kabi usullardan foydalanib o‘z raqibini bozordan chiqarib yuborishga harakat qilishdir. Nohalol raqobatdan foydalanadigan ayrim firmalar o‘z tovarlariga mashhur firmalarning belgisini qo‘yib, xaridorlarni aldash bilan ham shug‘ullanadilar. Halol raqobat — bu bozor ishtirokchilarining davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar doirasida yo‘l berilgan usullardan foydalanib, o‘z faoliyatlaridan yuqori darajada foyda olishlari uchun o‘zaro kurashuvdir. Halol raqobatda, odatda, uning ishtirokchilari xalq tomonidan tan olingan, madaniy usullar qo‘llaniladi. Bu usullarning keng tarqalgani tovar va xizmatlarning narxi vositasida raqobatlashuvdir. Narx bilan raqobatlashuvda raqobatchilar o‘z tovarlariga oshqalardan arzonroq narx yoki qimmatroq narx qo‘yadilar. 
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi – «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Faqat shundagina uning tovarining
individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini beradi.
NARXSIZ RAQOBATLASHUV – raqobat kurashining bir turi, u tovarlarning texnik tasnifi va uning xossalarini (sifatini oshirish, qo’shimcha xizmatlarni taklif etish, dizayn va h.k.) o’zgartirish orqali amalga oshiriladi, shuningdek, unda reklama muhim o’rin tutadi.
Monopoliya-atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.
Monopoliya (yunoncha mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli.
Sof monopoliya - hech qanday raqobat mavjud bo'lmagan bozor tashkiloti. Agar sof monopoliya ta'rifiga murojaat qilsangiz, bunday bozor tashkiloti bilan mahsulotning yagona sotuvchisi, boshqa sanoat tarmoqlarida mavjud bo'lmagan analoglar yoki almashtirishlar mumkinligini bilib olishingiz mumkin. Sof monopoliya nomukammal raqobatning yorqin namunasidir.
Oligopoliya — tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi.
Oligopoliya (oligo... va yun. poleo — sotaman) — bozorni tashkil etish shakllaridan biri. Guruh monopoliyasi, oz sonli yirik korxona (firma)larning bozorda yoki bironbir xoʻjalik soxasida hukmronligi.
Monopsoniya — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda koʻp boʻlib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona isteʼmolchisi yoki xaridori mavjud boʻlgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga Asakadagi avtomobil zavodi yaqqol misol boʻla oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur boʻlgan koʻplab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega.
Sun’iy monopoliya - monopol foyda olish maqsadida tash- kil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.
Sun’iy monopoliya o‘z manfaatlari yo‘lida bozor muhiti tuzilishi- ni ataylab o‘zgartiradi, ya’ni:
  • bozorga yangi raqiblaming kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli to‘siqlar hosil qiladi (xomashyo va energiya manbalarini egal- lab oladi; banklaming yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);


  • ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga eri- shib, qolgan raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;


  • ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish im- konini beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llaydi;


  • o‘z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqo- batchilami bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.





Download 20.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling