16.7. Naryadning amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi hisobot:
16.7.1. Naryadning amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi yozma hisobot uni ijroga qabul qilgan shaxs tomonidan taqdim etiladi.
Naryadning amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi hisobot naryadni ijroga qabul qilgan shaxs tomonidan shaxsan o‘zi tomonidan ish joylariga borgan vaqtda va (yoki) ishlar ijrochilari va tezkor-dispetcherlik xizmati xodimlarining hisobotlari, raportlari va xabarlaridan olgan ma’lumotlari asosida tuziladi.
16.7.2. Naryadning amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi hisobot qisqa bo‘lishi, ishlarning amalga oshirilgan hajmi, mehnat xavfsizligi bo‘yicha qilingan ishlar va chora-tadbirlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida aniq tasavvur uyg‘otishi kerak. Hisobotda ish joylari va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan, naryadni amalga oshirish jarayonida bartaraf etishning imkoniyati bo‘lmagan uskunaning holatlariga bo‘lgan qaydlar aks ettirilishi kerak.
16.7.3. Naryadning amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi hisobot naryadni bergan, u bo‘yicha xulosa qiladigan rahbar tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
16.7.4. Naryadlarni berish kitobi to‘lib bo‘lgandan keyin bir yildan kam bo‘lmagan muddatda saqlanishi kerak. Naryadlarni berish kitobining to‘ldirilishi va saqlanishi uchun naryadlarni beruvchi rahbar javobgar bo‘ladi.
16.8. Xavfsizlikning qo‘shimcha talablari.
16.8.1. Agar kelgusidagi ishlarning murakkablik va xavflilik darajasi Zaboylar, kon qazilayotgan joylarining pasportlari yoki Ishlarni xavfsiz bajarish loyihalarida ko‘zda tutilgan chegaralardan chetga chiqmasa, naryadni beruvchi shaxs ishlar rahbariga (naryadni qabul qiluvchi-usta va shu kabilarga) naryadni telefon orqali berishi yoki unga naryadni ijrochilarga mustaqil ravishda berish huquqini berishi mumkin. Birinchi holda naryadni qabul qiluvchi ishlar rahbari olingan topshiriqni qayta bog‘lanish bo‘yicha qayta tekshiradi va o‘zining imzosi bilan naryadni bergan rahbarning familiyasini tasdiqlaydi, shundan keyin naryadni smena boshlig‘i (dispetcher) bilan kelishadi. Ikkinchi holda naryadni mustaqil rasmiylashtiradi.
16.8.2. Ishchining asosiy va asosiyga yaqin kasblari bo‘yicha o‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalari doirasiga kiruvchi ishlarga naryad berishda mehnat xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar ish joyidagi Ko‘rsatmalar dasturiga kiritilgan Yo‘riqnomalarning talablariga zid bo‘lmasligi kerak.
16.8.3. Ijrochi naryadni olishda uni beruvchi rahbardan yoki ish joyida ishlar mas’ul ijrochisidan ishlarni xavfsiz bajarish masalalari bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar olishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |