16.8.4. Xodimdan kasbi, malakasiga muvofiq bo‘lmagan yoki o‘zi o‘qitilmagan ishlarni amalga oshirishni talab qilish taqiqlanadi.
16.8.5. Ijrochi ishlar bo‘yicha ko‘rsatmalarni faqat naryadni ijroga qabul qilgan rahbardan olishi kerak.
16.8.6. Naryad va xavfsizlik talablarini, shuningdek ishlarning xavfsiz bajarilishi ustidan bevosita rahbarlik va nazoratni amalga oshiruvchi shaxslarning ko‘rsatmalarini bajarmaydigan xodimlar naryad bo‘yicha ishlarni amalga oshirishdan chetlatilishi hamda zarur hollarda naryadlar kitobiga tegishli o‘zgarishlar kiritgan holda boshqa xodimlar bilan almashtirilishi kerak.
17. Konchilik ishlariga naryadlarni berishdagi qo‘shimcha talablar.
17.1. Konchilik ustasi ruxsat etuvchi etib tayinlangan vaziyatdan tashqari bir nafar konchilik ustasiga bir vaqtning o‘zida konchilik ishlariga naryad va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni bajarishga naryad-ruxsatnoma berish taqiqlanadi.
17.2. Naryadni bergan va uni ijroga qabul qilgan rahbarlar smena (sutka) davomida barcha ish joylariga, lozim bo‘lganda eng murakkab sharoitdagi ish joylaridagi ishlarga bevosita rahbarlikni amalga oshirishni ta’minlagan holda borishlari shart.
17.3. Shaxtalardagi uyum, ko‘chki, quduqlarning avariyali buzilishlarini ushbu ishlarga Loyihani ishlab chiqquncha va konning (shaxtaning) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlaguncha bartaraf etish ishlari konning (shaxtaning) bosh muhandisi bilan kelishilgan naryad-ruxsatnoma bo‘yicha va ishlar mas’ul rahbarining bevosita rahbarligi ostida amalga oshirilishi kerak. “... loyihasi” tasdiqlangandan keyin naryad “... loyihasi”ga havola qilingan holda odatiy tartibda beriladi. Shaxtalardagi uyum, ko‘chki, quduqlarning avariyali buzilishlar va Xavfi yuqori bo‘lgan ishlar ro‘yxati bo‘yicha boshqa ishlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarga ushbu ishlarni amalga oshirishdagi xavfsiz usullar va yo‘llarga maxsus o‘qishlardan o‘tgan xodimlar qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |