Narzulaaev Uluғbek ilmiy raxbar


II bob. PLANIMETRIYa KURSINI O’RGANISH JARAYoNIDA O’QUVCHILAR MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYaSI


Download 250.86 Kb.
bet4/14
Sana02.01.2022
Hajmi250.86 Kb.
#197732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-т

II bob. PLANIMETRIYa KURSINI O’RGANISH JARAYoNIDA O’QUVCHILAR MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYaSI

2.1. GEOMETRIYa DARSLARIDA MUSTAQIL TA’LIM

Matematikani o’qitishning samaradorligini oshirish yo’llaridan biri darsda o’quvchilarning mustaqil ishlash qobilyatini kuchaytirishdan iborat

Yaxshi, tajribali ‘edagoglarning amaliy faoliyatida o’quvchilarga matematikani o’rgatishdagi mustaqil ishlarning quyidagi asosiy turlari belgilangan:


  1. Matematik tushunchalarni ifodalash maqsadida sinfda qilinadigan ish.O’qituvchi rahbarligida o’tkaziladigan bu ish qo’yilgan savollarga o’quvchilarning bergan javoblaridan iborat bo’ladi.

  2. Darsliklar bilan sinfda va uyda ishlash.

  3. Masalar va misollarni yechishda qilinadigan ish.

  4. Maktabda yoki maktabdan tashqarida qilinadigan ish.

O’quvchilarning mustaqil ishlari sinf va uy mashg’ulotlari shaklida o’tkaziladi . Sinfda o’tkaziladigan mustaqil ish o’quvchilarni uy vazifasini mustaqil ishlashga tayyorlaydi .

Sinfda o’tkaziladigan mustaqil ishlar uchun: kichikroq nazorat ishi yoki interfaol usublardan foydalanish mumkin.

Kichikroq nazorat ishlari asosan: a) darsning boshida uy vazifasini tekshirish uchun, b) yangi mavzuni tushuntirib bo’lgandan keyin – uning o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun, d) dars oxirida–o’tilgan mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish uchun beriladi. Bu ishlar odatda yozma va og’zaki ko’rinishda 10-15 minutga mo’ljallab beriladi.

Yangi mavzu bo’yicha misollarni mustaqil yechishga tayyorgarlik odatda quyidagi tartibda olib boriladi : o’qituvchi mavzuni to’laqonli tushuntirish jarayonida butun sinfni doskaga jalb qilgan holda bir birini to’ldiruvchi bir nechta misollarni ishlanish jarayonini tushuntirib berishi lozim .O’quvchilar mustaqil ravishda mavzuga doir misollarni ishlashadi .Dars jarayonida mustaqil ishni barcha o’quvchilarni bilim darajalariga moslab berilishi ,mustaqil ishni bajarib bo’lgan qobilyatli o’quvchilarga qo’shimcha mukammalroq, fikrlashga majbur qiladigan misollar berilishi kerak,shunda bunday o’quvchilar darsda zerikmaydi.Darsga o’qituvchilar mustaqil ish tuzishda ko’’chilik o’quvchilarning bilim darajasini etiborga olmay qiyin misol yoki masalalardan foydalansa bu bolalarni darsga befarq qilib qo’yadi.

Sinfda o’tkaziladigan mustaqil ishlarda interfaol usullardan foydalanish mumkin.

Interfaollik - o’zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o’quvchi va o’qituvchi muloqatlarida sodir bo’ladi, bu usulning bosh maqsadi o’quv jarayoni uchun eng qulay sharoit yaratish orqali bilim oluvchining faol, erkin fikr yuritishiga muhit yaratishdir.

Bu jarayon o’quvchining intelluktual salohiyatini, imkoniyatlarini namoyon etadi va o’quv sifati hamda samaradorligini oshiradi, ta’min etadi. Interfaollik asosida o’tiladigan darsni tashkil etish shunday kechadiki, bu jarayonda birorta ham o’quvchi chetda qolmaydi, ya’ni, ular ko’rgan, bilgan, o’ylagan fikrlarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Interfaol usulning maqsad vazifalarini quydagicha ifodalash mumkin:

ta’lim oluvchilarni erkin, mustaqil, tanqidiy, tahliliy, mantiqiy, ijodiy fikrlashga va ular asosida to’g’ri qarorlar qilishga o’rgatish;

bilim oluvchilarni muammoli vaziyatlardan qiynalmay chiqa olishga, nazariy va amaliy hamda hayotiy to’shiriqlarni bajarishni uddalashga o’rgatish;

o’quvchilarni fikrlashga undash orqali, ularni izlanishga va ijodkorlikka yo’naltirish;

bilim oluvchidagi hamkorlikning samarali yo’llarini va kasbiy bilim, ko’nikma hamda malakalarni egallashga bo’lgan xatti-harakatlarini faollashtirish;

ta’lim oluvchilarni tashkilotchilik, boshqaruvchanlikka undash.

Interfaol usullardan foydalanishning maqsad va vazifalaridan keib chiqqan holda, quydagi vositalardan foydalanish mumkin:



kasbiy didaktik o’yinlar;

rolli o’yinlar;

interfaol o’quv adabiyotlari;

axborot kommunikatsiya;

metodik ko’rgazma;

kasbiy kom’yuterli o’yinlar.

Interfaol usullarga: charx’alak, klaster, aqliy hujum, muloqat texnalogiyasi, blist o’yin, debat, 6x6 uslubi, qarorlar shajarasi, zig-zag strategiyasi, insert strategiyasi, integratsiyalashgan dars usuli,boshqotirma, baliq skeleti sxemasi,nilufar guli, nima uchun usullari kiradi.

Bu usullardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz .


Download 250.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling