Narzulaaev Uluғbek ilmiy raxbar


- Mavzu: Trapetsiya Fan


Download 250.86 Kb.
bet6/14
Sana02.01.2022
Hajmi250.86 Kb.
#197732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-т

1- Mavzu: Trapetsiya

Fan: Geometriya

Sinf: 8

Vaqt: 45 daqiqa

Dars nomi: Bir-birimizdan o’rganamiz

Maqsad:

* To’rtburchak va uning xususiy xoli bo’lgan trapetsiya tushunchasi hamda uning elementlari bilan tanishtirish

* CHizmaga qarab to’rtburchak va uning xususiy xoli bo’lgan trapetsiya elementlarini ko’rsata olish, trapetsiyaning xossasini masalalar yechishda qo’llay olish

* Yangi mahlumot bilan ishlash, o’z fikrini aniq va lo’nda bayon qila olish, o’zgalarni tinglay olish qobilyatini shaklllantirish

Dars jihozi: Har bir guruh uchun 5-6 dona A4 qoғozi, yelim. Har bir guruhga kartochkalar (darsdan oldin kesib tayyorlab qo’yiladi).

To’rtta nuqta va bu nuqtalarni ketma-ket tutashtiruvchi to’rtti kesmadan iborat shakl to’rtburchak deyiladi.



Berilgan nuqtalar (A, V, S, Ye ) to’rtburchakning uchlari, ularni tutashtiruvchi (1, 2,3,4) kesmalar esa tomonlari deyiladi.





To’rtburchakning umumiy uchga ega bo’lgan tomonlari (1 va 2 umumiy V uchga ega, 3 va 4 umumiy Ye uchga ega) qo’shni tomonlari deb, umumiy uchga ega bo’lmagan tomonlari esa (1 va 3, 2 va 4) qarama-qarshi tomonlari deb aytiladi. (1,2,3,4 tomonlari, A, V, S, Ye uchlari)

Ikkita tomoni parallel, qolgan ikki tomoni parallel bo’lmagan to’rtburchak trapetsiya deb ataladi. (2 va 4 parallel tomonlar, 1 va 3 parallel bo’lmagan tomonlar)



Trapetsiyaning parallel tomonlari uning asoslari, parallel bo’lmagan tomonlari esa yon tomonlari deb ataladi.(2 va 4 tomonlari parallel, 1 va 3 tomonlari parallel emas)



Yon tomonlari uzunligi teng trapetsiya teng yonli trapetsiya deyiladi. Burchaklaridan biri to’ғri bo’lgan trapetsiya to’ғri burchakli trapetsiya deyiladi.



Dars jarayoni

1.O’tilgan mavzuni so’rash, savollar yordamida qisqacha takrorlash (8 daqiqa)

2.Guruhlarga bo’lish. O’quvchilar 6 kishilik guruhlarga bo’linadilar.Har bir guruh o’quvchilariga oldindan tayyorlab qo’yilgan kartochkalar tarqatiladi. O’quvchilarga qo’lidagi kartochkani yonidagi o’rtoqlariga ko’rsatmasligi va kartochkadagi mahlumotni diqqat bilan o’rganib chiqish kerakligi aytiladi.(5 daqiqa)

3.Tanishib chiqqandan keyin bir chekkadan har kim qo’lidagi kartochkani ko’rsatmasdan unda nima yozilganini, tasvirlanganini tushuntirib beradi.Tushuntirishda chizmalar chizib ko’rsatishi kerak.Tushuntirib bo’lishganindan keyin hamma bir-birining qo’lidagi kartochkalar bilan tanishib chiqadi.Undan keyin guruhlarga har bir kartochkadagi mahlumotlarga qarab ularni ketma-ket ustun shaklida qoғozga yelimlab chiqish topshiriladi.(10 daqiqa)

4.Taqdimot. Taqdimotda o’quvchilar kartochkalarni qanday qonuniyat asosida joylashtirib chiqqanliklarini tushuntirib berishadi. (8 daqiqa)

5.Muhokama.

Mashғulot davomida kimning fikrlarini tez va oson tushundingiz?

Qanday yangi tushunchalar oldingiz?

Trapetsiyaning asosiy elementlarini ayting?

Tushuntirishda chizmadan foydalanish sizga qanday yordam berdi?

Hamma to’rtburchak ham trapetsiya bo’la oladimi? (14 daqiqa)



Izoh. Agar guruhda o’quvchilar soni oltitaga yetmasa faolroq o’quvchilarga 2 ta kartochka berish mumkin.Muhokamadan keyin teorema va natija qisqacha tahriflab o’tiladi.

Ushbu mavzuni o’tishda quyidagi tarixiy mahlumotdan foydalanish maqsadga muvofiq.




Download 250.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling