SAHOBIY – Rasululloh (a.s.)ni imon keltirgan holda ko‘rgan va shu musulmonlik holida vafot etgan kishi.
SINAGOGA (yunoncha, «sinagoge» – «yig‘ilish», ibroniycha «beyt kneset» – «yig‘ilish uyi») – yahudiylikda asosiy ibodat va marosimlar o‘tkaziladigan joy.
SUNNAT – islom shariatiga ko‘ra, zimmaga yuklanmagan, lekin bajarilishi talab qilingan amal. U Payg‘ambar (a.s.)ning pokiza sayratlari, turmush tarzlari, diniy yo‘llaridir. Uchga bo‘linadi: qavliy, fe’liy va taqririy.
SUR – Ruh, ichki quvvat. Tangrichilikda u Tangri tomonidan insonga puflash orqali kiritilgan deb e’tiqod qilingan.
SYAO JEN – «kichkina odam» konfutsiylik ta’limotiga ko‘ra insonlarning boshlang‘ich tabaqasi, ya’ni oddiy xalqdan chiqqan, hech qanday bilimga ega bo‘lmagan shaxs. «Syao jen»dan bilim olish va marosimlarni to‘la–to‘kis bajarish orqali «Szen–tsze» darajasiga erishish mumkin bo‘lgan.
TAY–LYAO – Xitoydagi eng muqaddas qurbonlik marosimi. Unda uchta jonivor – qo‘y, xo‘kiz va cho‘chqalardan iborat «uchlik» qurbonlik keltiriladi.
TALYES – Yahudiylarda ibodat vaqtida yelkaga tashlab olinadigan choyshab. Taleslar odatda qora yoki ko‘k yo‘l–yo‘l oq matodan tikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |